PARMALASH VA STANOGINING TUZILISHI VA ISHLASH PRINSPLARI.
II.3. Parmalashdagi qirqish jarayoni.
To‘g‘ri ariqchali parmalar cho‘yandan va boshqa mo‘rt mate- riallardan yasalgan buyumlarga chuqurligi parma diametriga 2–3 baravar keladigan teshiklarni parmalash uchun mo‘ljallangan. Bundan chuqurroq teshiklar parmalash uchun bu xildagi parmalarni ishlatib bo‘lmaydi, chunki bu holda qirindi teshikdan chiqa olmaydi.
Qiya ariqchali parmalar ham uncha chuqur bo‘lmagan teshiklarni parmalash uchun ishlatiladi, chunki qiya ariqchalarning bo‘yi qirindining chiqishi uchun qisqalik qiladi. Bunday parma ishlaydigan qismining uzunligi parma diametriga 1, 5 baravar keladi.
Vintsimon ariqchali parmalar teshikdan qirindilarni tez chiqaradi, xususan, qovushqoq materiallarni parmalashda qirindi teshikdan yaxshi chiqadi. Parma ariqchasining bosh qismi (uzunligi parmaning 1,5–2 diametricha keladigan qismi) to‘g‘ri chiziq bo‘ylab, qolgan qismi esa vint chiziq bo‘ylab yo‘nalgan bo‘ladi.
Qattiq qotishmadan yasalgan plastinkali parmalardan foydalan- ganda ish unumi juda ortadi.
Parmalash jarayonida qirindi hosil bo‘lishi va parma burchaklarini joylashishi 16-rasm, ada ko‘rsatilgan. Detalni parmalab teshgan vaqtda parma aylanishi bilan birga o‘z o‘qi bo‘ylab ilgari siljiydi deb yuqorida aytilgan edi. Parmaning ana shu harakati vaqtida kesuvchi qirraning hamma nuqtalari vint chizig‘ini chizadi, binobarin, qirqilayotgan yuzada ham vint chizig‘i hosil bo‘ladi. Agar bu yuzadagi vint chizig‘ini yoysak (17- rasm, d), u AV 1 qiya holatni oladi va uning burchagi parmaning surish miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Hosil bo‘lgan ikkita burchakning yig‘indisi, ya’ni gorizontal chiziq bilan orqadagi kesuvchi yuza o‘rtasida hosil bo‘lgan haqiqiy burchak x hamda gorizontal chiziq bilan kesish yuzasi o‘rtasida hosil bo‘lgan burchak 2 ning yig‘indisi parmaning charxlash burchagini tashkil etadi.
Detalni parmalayotganda parmaning ikkita kesuvchi qirrasi ikkita alohida qirindini qirqib tushiradi (17-rasm, b). Parmaning bir marta to‘la aylanishida (ya’ni bir aylanish chastotasida) qanday qalinlikda metall qatlami kesilgan bo‘lsa, shuning yarmini bitta kesuvchi qirra va yarmini ikkinchi kesuvchi qirra kesgan bo‘ladi. Qirqish yoki kesish jarayonining asosiy elementlari kesish tezligi, surish (parmaning ilgari siljishi) va kesish chuqurligidan iborat.
Parmaning bir aylanishi (bir aylanish chastotasi) da yo‘nilgan qirindi Fning ko‘ndalang kesimini taxminan quyidagi formula bilan hisoblab chiqarish mumkin:
F= 2a Bmm2,
bu yerda: a — qirindining qalinligi, mm hisobida; B — qirindining eni, mm hisobida.
Kesuvchi asbobning chidamliligi. Kesuvchi asbobning chidamliligi deganda, o‘tmas bo‘lguncha ishlagan mashina ish vaqti, boshqacha aytganda, uning bir charxlashdan ikkinchi charxlashgacha qancha vaqt ichida to‘xtovsiz ishlashi tushuniladi.
Kesish rejimi deganda, kesish tezligi bilan surishni birgalikda tushunish kerak. Kesish rejimini shunday tanlash kerakki, u asbobni bevaqt yeyilishdan saqlasin hamda stanokdan detallarni ko‘plab chiqarib olsin, ya’ni yuqori unum bilan ishlashini ta’minlasin. Eng ma’qul ish rejimini tanlash uchun tavsiyanomalarda maxsus jadvallar mavjud.
Parma materialini tanlashda, ishlanadigan detalning materialini va ish rejimini nazarda tutish kerak.
Parmalarni charxlash usuli xilma-xildir, charxlangan parmaning ko‘ndalang qirrasi va tasmasi (lentochkasi) yaxshilanadi (ya’ni qo‘shimcha charxlanadi). Charxlash turlari quyidagilar normal charxlash (bir marta charxlash). Po‘latni, po‘lat quymani va cho‘yanni parmalash uchun ishlatiladigan parmalar shunday charxlanadi va Nharfi bilan belgilanadi;
parmani normativ asosda charxlash bilan birga, ko‘ndalang qirrani ham qo‘shimcha charxlanadi. Mustahkamligi 50 kg/mm2 gacha bo‘lgan, lekin kuyindidan tozalanmagan po‘lat quymalarni parmalash uchun ishlatiladigan parmalar shunday charxlanadi. Charxlashning bu turi NP harflari bilan belgilanadi;
parmani normativ asosda charxlash bilan birga ko‘ndalang qirrani va tasmaning enini qo‘shimcha charxlanadi. Po‘latni va mustahkamligi 50 kg/mm2 dan oshiq bo‘lgan hamda kuyindidan tozalangan po‘lat quymani parmalash uchun ishlatiladigan parmalar shunday charxlanadi. Charxlashning bu turi NPL harflari bilan belgilanadi;
ikkiyoqlama (dvoynoy) charxlash bilan birga, ko‘ndalang qirrani qo‘shimcha charxlash. Mustahkamlik chegarasi 50 kg/mm2 dan oshiq bo‘lgan va kuyindidan tozalanmagan po‘lat quymani hamda kuyindidan tozalanmagan cho‘yanni parmalash uchun ishlatiladigan parmalar shunday charxlanadi. Charxlashning bu turi DP harflari bilan belgilanadi;
ikkiyoqlama charxlash bilan birga, ko‘ndalang qirrani va tasmaning eni charxlanadi. Po‘latni va mustahkamlik chegarasi 50 kg/mm2 dan oshiq bo‘lgan hamda kuyindidan tozalangan po‘lat quymani va kuyindidan tozalangan cho‘yanni parmalash uchun ishlatiladigan parmalar shunday charxlanadi. Charxlashning bu turi DPLharflari bilan belgilanadi.
Normativ asosda charxlashda parmaning tig‘ida (kesuvchi qismida) bitta ko‘ndalang va ikkita kesuvchi qirra hosil bo‘ladi, ikkiyoqlama (dvoynoy) charxlashda esa bitta ko‘ndalang qirra va to‘rtta siniq chiziq ko‘rinishidagi kesuvchi qirra hosil bo‘ladi.
Parmaning kesuvchi qismi charxlangan sari ko‘ndalang qirrani ham qo‘shimcha charxlab, bo‘yi qisqartiriladi; shunday qilinmasa, uning bo‘yi ortaverar edi. ◻asmani charxlab, uning parma tig‘idagi eni kamaytiriladi.
Diametri 12 mm gacha bo‘lgan parmalar N ko‘rinishida charxlanadi. Diametri 12 mm dan oshiq parmalar uchun charxlashning boshqa ko‘rinishlari qo‘llaniladi.
Parmalarni ularning kesuvchi qirralari batamom o‘tmas bo‘lib qolishiga yo‘l qo‘ymay, o‘z vaqtida charxlash kerak. ◻eshik parmalanayotgan vaqtda parmaning g‘ichirlashi yoki hushtak chalgandek ovoz chiqarishi uning o‘tmas bo‘lganini bildiruvchi belgidir.
Parma maxsus stanoklarda yoki oddiy charxlash stanoklarida moslama yordamida yoki qo‘lda charxlanadi (20-rasm).
Parmani maxsus ustaxonalarda charxchi mutaxassislar charxlashi shart; biroq slesarlar ham charxlash qoidalarini yaxshi bilishlari va zarur bo‘lganda parmani charxlash stanogida qo‘lda charxlay bilishlari lozim.
Parmani qo‘lda charxlaganda chap qo‘l bilan uning kesuvchi qismi (konusi) yaqinidan, o‘ng qo‘l bilan esa quyrug‘idan ushlanadi. Parmaning kesuvchi qirrasi charx toshining yon yuzasiga tutiladi, so‘ngra o‘ng qo‘lni ravon harakat qildirib, parmaning orqa yuzasi to‘g‘ri qiyalantiriladi va tegishli shaklga kelguncha charxlanadi. Charxlagan vaqtda parmani charxtoshga qattiq bosmasdan yupqa metall qavatini yedirtirish kerak. Kesuvchi qirralarning uzunligi bir xil bo‘lishiga va bir xil burchak hosil qilib charxlanishiga e’tibor berish kerak. Kesuvchi qirralarining uzunligi yoki qiyalik burchagi har xil bo‘lgan parmalar teshikni o‘zining diametridan kattaroq qilib parmalaydi (19-rasm, d).
Parmaning orqa yuzasi charxlangach, uning kesuvchi qirralari turli bo‘lishi kerak, ko‘ndalang qirraning qiyalik burchagi diametri 15 mm gacha bo‘lgan parmalar uchun 50°, bundan katta diametrli parmalar uchun esa 55° bo‘lishi lozim.