7-Mavzu: O’lka tarixini o’rganishda toponomik tadqiqotlarning o’rni. Rejasr



Yüklə 152,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix17.04.2023
ölçüsü152,4 Kb.
#99063
  1   2
7-Mavzu O’lka tarixini o’rganishda toponomik tadqiqotlarning o’



7-Mavzu: O’lka tarixini o’rganishda toponomik tadqiqotlarning o’rni. 
Rejasr 
1. Toponimika – joy nomlari haqidagi fan.
2. O’lkashunoslikda makro va mikro toponimlar.
3. O’lkadagi joy nomlarining kelib chiqishi haqidasr
Tayanch tushunchlar. 
 Toponimika, “Zamin tili”, geografik nomlar, mikro toponomika, nomsiz 
obyekt, fanlararo aloqadorlik, toponimika metodologiyasi, antrotoponimika, 
lingvinistika, dialektologiya.
Foydalanilgan adabiyotlar. 
 
Karimov I., "Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q", T. ―Sharq‖, 1998.
 
Karimov I., "Yuksak ma’naviyat– yengilmas kuch", T. ―Ma’naviyat‖, 2008.
 
Nabiyev A, "Tarixiy o’lkashunoslik", T., ―O’qituvchi‖, 1996. 
 
Nafasov T. O’zbekiston toponimlarining izohli lug’ati, T. ―O’qituvchi‖, 
1988.
 
Kabirov.J., Sagdullayev.A, O’rta Osiyo Arxeologiyasi, ―O’qituvchi‖, 1990.
 
Saidov A. O’zbekistonda turizm: istiqbol va muammolari, T., ―Mehnat‖, 
1992.
 
Xo’jamov M., Lafasov M.,Mulladjanova R., Tarixiy o’lkashunoslik va 
turizm, T., ―Mumtoz so’z‖, 2011.
 Xolmurodov A., Xolmurodov D. Tarixiy o’lkashunoslik fanini o’qitishda 
mahalliy materiallardan foydalanish (Jizzax viloyati misolida). T.: 2014. 
 
Do’simov Z. , Egamov H. ―Joy nomlarining qisqacha izohli lug’ati‖ T.: 
―O’qituvchi‖, 1977.
TOPONIMIKA (yun. topos — joy va onyma — ism, nom) — onomastika joy 
nomlari (geografik atoqli nom-lar)ni, ularning paydo bo’lishi yoki yaratilish 
qonuniyatlarini, rivojlanish va o’zgarishini, tarixiy-etimologik manbalari va 
grammatik xususiyatlarini, ularning tuzilishini, tarqalish hududlari hamda atalish 
sabablarini o’rganuvchi bo’limi. Muayyan bir hududdagi joy nomlari majmui — 
toponimiya, alohida olingan joy nomi esa toponim deb ataladi. Toponimlar ham, til 
leksikasining bir qismi sifatida boshqa hamma so’zlar singari til qonuniyatlariga 
bo’ysunadi, lekin o’zining paydo bo’lishi va ba’zi ichki xususiyatlari jihatidan 
jamiyatning kundalik moddiy va ma’naviy holati, iqtisodiy turmushi, orzu va 
intilishlariga aloqador bo’lib, ma’lum darajada boshqa guruh so’zlardan farq qiladi. 
Shu bilan birga, toponimlarda milliy tilimizga xos bo’lgan qadimiy fonetik, leksik 
va morfologik elementlar ko’proq saqlangan bo’ladi. Joyning tabiiy geografik 
sharoiti (relyef), aholining etnik tarkibi, kishilarning kasbi va mashg’uloti, 
qazilmasr boyliklar, tarixiy shaxslar va voqyealar toponimlar vujudga kelishining 
asosiy manbalari hisoblanadi. 
Toponimika geogr., tarix, etn. bilan chambarchas aloqada rivojlanadi. 
Toponimiya til tarixi (tarixiy leksikologiya, dialektologiya, etimologiya va b.)ni 
tadqiq etishda muhim manba hisoblanadi, chunki ba’zi toponimlar (ayniqsa, 


gidronimlar) arxaizm va dialektizmlarni o’zgartirmasdan barqaror saqlab qoladi, 
ko’pincha muayyan hududda yashagan xalklarning substrat tillariga borib taqaladi. 
Toponimika xalklarning tarixiy o’tmishi xususiyatlarini jonlantirishga, ularning 
joylashish chegaralarini belgilashga, tillarning o’tmishdagi tarqalish hududlarini, 
madaniy va iqtisodiy markazlar, savdo yo’llari va sh. k. geografiyasini tavsiflashga 
yordam beradi. Toponimlarning amaliy transkripsiyasi, ularning dastlabki asosga 
ko’ra hamda bir xil yozilishi, boshqa tillarda berilishi toponimikaning amaliy jihati 
hisoblanadi. Toponimlar yirik yoki mayda obyektlarning nomlari ekanligiga qarab 
makrotoponimlar va mikrotoponimlarga ajratiladi: makrotoponimlar — keng 
hududlar, katta obyektlar (materiklar, okeanlar, tog’lar, cho’llar, daryolar, 
shaharlar, qishloqlar va sh.k.)ning atoqli otlari; mikrotoponimlar — kichik 
obyektlar (jarliklar, tepaliklar, quduqlar, ko’chalar, qo’rg’onlar va sh.k.) ning atokli 
otlari. Lekin toponimlarni bunday tasnif qilish shartli, chunki ko’pincha 
makrotoponim bilan mikrotoponimni farqlash qiyin. 
Turli xil geografik obyektlarni atovchi nomlarning kategoriyalariga muvofiq 
ravishda toponimikaning quyidagi bo’limlari ajratiladi: gidronimika — suv 
havzalari: daryo, kanal, soy, ariq, buloq, ko’l kabilarning nomlarini o’rganuvchi 
soha; o y k o n i m i k a — aholi yashash maskanlari va ularning qismlari: qishloq, 
mahalla, guzar, ko’cha, ovul, qo’rg’on nomlarini o’rganuvchi soha; oronimika — 
yer yuzasining relyef shakllari: tog’, cho’qqi, qoya, qir, tepa, qiya nomlarini 
tekshiradigan soha; urbanonimika — shahar ichidagi har qanday obyektlar 
nomlarini o’rganuvchi soha; kosmonimika — Yerdan tashqaridagi obyektlar 
(osmon jismlari) nomlarini o’rganuvchi soha va b. 
So’nggi 40—45 y. ichida toponimikaning nazariy va amaliy asoslari ishlab 
chiqildi, toponimika sohasida bir qancha tadqiqotlar maydonga keldi. Bunda rus 
olimlaridan V. A. Nikonov, A. V. Superanskaya, ASR P. Dulzon, E. M. Murzayev, 
V. N. Toporov, O. N. Trubachev, o’zbek nomshunoslaridan H. Hasanov, E. 
Begmatov, T. Nafasov, Qorayev, 3. Do’simov va b.ning xizmatlari katta bo’ldi. 
O’zbekistan toponimiyasi 20-asrning 60-y.laridan ilmiy asosda o’rganila 
boshlandi: Qashqadaryo, Xorazm, Toshkent, Surxondaryo, Samarkand, Marg’ilon, 
Qo’qon, Buxoro, Boysun, Mirzacho’l, Shahrisabz, Nurota hududlaridagi joy 
nomlari tadqiq etildi, toponimikaga oid bir necha lug’atlar, risola va 
monografiyalar nashr etildi. H. Hasanovning «Yer tili» (1977), Qorayevning 
«Geografik nomlar ma’nosi» (1978), 3. Do’simovning «Xorazm toponimlari» 
(1985), T. Nafasovning «O’zbekistan toponimlarining izohli lug’ati» (1988), N. 
Oxunovning «Joy nomlari ta’biri» (1994) va b. shular jumlasidandir. 
1917 yilga qadar toponimika mustaqil fan sifatida o’rganilmay, uning 
vazifasini tarixiy geografiya fani bajarib kelardi. 
Toponimika geografik nomlar, kishi ismlarini o’rganadigan fan sifatida 
maydonga keldi. Toponimikani «zamin tili», ya’ni yer tili deb ham atashadi.
Geografiyaga oid atamalar turdosh otlar toponimika tarkibiga to’lig’icha 
kirmaydi, ammo ular toponimikani o’rganishda katta ahamiyatga egadir. Nomsiz 
«obyekt» -toponim emaSamarqand Toponimika geografiyaga oid joylarni emas, 
balki ularning nomlarini o’rganadi. 



Yüklə 152,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin