7-Mavzu: O’lka tarixini o’rganishda toponomik tadqiqotlarning o’rni. Rejasr



Yüklə 152,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix17.04.2023
ölçüsü152,4 Kb.
#99063
1   2
7-Mavzu O’lka tarixini o’rganishda toponomik tadqiqotlarning o’

Toponimikaning tilshunoslik, tarix, geografiya, arxeologiya va boshqa 
fanlarga aloqadorligi uning muhim xususiyatlaridandir. Toponimikaga oid 
ma’lumotlar tadqiq qilinayotganda tarixiy ma’lumotlarga, ayniqsa arxeologiyaga 
oid tekshirish natijalariga suyangan holda ish ko’rish zarur. Chunki toponimika 
ko’pincha tarixiy dalillarga va isbotlarga muhtoj. Masalan, biror yodgorlikning 
nomini o’rganish uchun, albatta, uning qaysi davrda yaratilganligini va nima 
sababdan shu nom berilganligini tarixiy davr sharoiti, muhiti nuqtai nazaridan 
tadqiq qilish talab etiladi. Tadqiqotning yozma manbalarga ko’pincha 
arxeologiyaga oid ma’lumotlarga suyangan holda ish ko’rish usuli nomlarning 
qo’yilgan davrini aniqlashga va nomlarning paydo bo’lishini o’rganishga qo’l 
keladi. Bir nomning o’zgarishini kuzatmoq uchun birmuncha vaqt ketadi. 
Shuni unutmaslik kerakki, geografik nomlar ijtimoiy hodisa bo’lib, jamiyat 
taraqqiyoti bilan mustahkam bog’liqdir. Ma’lum bo’lishicha, har bir tuman 
toponimikasi murakkab tarixiy jarayon bilan bog’liq bo’lib, yer ostida ko’plab 
madaniy qatlamlar mavjudligi uni sinchiklab tadqiq qilishni talab etadi. 
Toponimika metodologiyasiga muvofiq uni fan sifatida o’rganish uchun 
toponimlarning paydo bo’lishiga doir ma’lumotlardan foydalanish, nomlarning 
mavjud bo’lgan barcha formalarini aniqlash, nom va atamalarni o’sha joy bilan 
bog’liq holda tanlash va eng muhimlarini o’rganish zarur. 
Toponimik asoslarga vaqt, manbalar va yo’nalishlar bo’yicha joylarga 
aholining ko’chishi, o’rnashishi kiradi. Toponimlar aniq tarixiy jarayon bo’lib, u 
aholining ko’chishi, madaniy, iqtisodiy va til munosabatlari bilan vujudga keldi, 
so’ng tarqala boshlaydi. Toponimika jamiyatning muomala vositasi bo’lgan tilni, 
uning iqtisodiyotini, madaniyatini va tarixiy taraqqiyotini o’rganish jarayonida 
o’sib, rivojlanib boradi. 
Toponimik nomlar manbai va ularni o’rganishda qo’llanilgan uslub va 
usullarning to’g’riligini aniqlash maqsadida yozma va boshqa manbalar 
qo’lyozmalar, akt materiallari, aholi joylashgan chegaralarni aks ettiruvchi bosh 
(asosiy) va maxsus haritalar hamda ilmiy safar haritalari bilan solishtirib chiqiladi. 
Toponimikada ham, moddiy va madaniy yodgorliklar o’rganilganidek, oddiydan 
murakkabga, ya’ni bugungi kundan asrlar ichkarisiga kirib borish zarur. Bilish 
murakkab dialektik jarayondir, chunki bu usul bilan madaniy qatlamlarning eng 
qadimiysidan boshlab, to navqironigacha nomlarning manbai asta-sekinlik bilan 
ochiladi va nomlarning «yoshi» aniqlanadi. O’z navbatida toponimik nomlar tarix 
uchun ham bebaho manbadir. Geografik nomlar uzoq muddatli bo’lib, ma’lum 
hududdagi u yoki bu xalqning tili haqida guvohlik beradi. Nomlar ma’lum bir 
aholining hamjihatligi yoki tarqoqligiga ham bog’liqdir. 
Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida nomlar juda kam bo’lgan, keyinchalik aholi 
paydo bo’lib, qo’yilgan nomlar ham ko’p vaqtlar o’tishi bilan boshqa nomlarga 
o’zgartirilib yuborilgan yoki butunlay yo’q bo’lib ketgan. Yozma manbalardagi 
toponimikaga oid ma’lumotlar tahlil qilinganda buni yaqqol ko’rish mumkin. Bu 
voqyeani hozirgi vaqtda ham aniq ko’rishimiz mumkin. Ayrim shahar va 
qishloqlarning eski nomlari o’rniga yangi nomlar qo’yiladi, bu eski nom nima 
uchun yo’qotildi-yu, nima uchun yangi nom qo’yildi, buning sabablarini ham 
aniqlash mumkin. 


O’tmishda esa yangi zamindor (yer egasi) paydo bo’lishi bilan ko’pincha 
aholi eski geografik nomlar o’rniga shu zamindorning nomini qo’yishgan. 
Dialektologiyadan farqli Ular oq toponimikaga oid ma’lumot to’plashda, 
joylarning nomlarini o’rganishda aholidan yoppasiga so’rash uslubi qo’llaniladi. 
Faqat shunday uslub bilangina turli daralar, kichik soy va anhorlar, jarliklar, ko’llar 
va boshqa shunga aloqador bo’lgan nomlarning miqdorini aniqlash mumkin, 
xoloSamarqand Shunday joylarning hammasi aholi yashaydigan joylarning 
kartasiga yoki aholi joylari ro’yxatiga kiritilmagan, ehtimol kiritilmasa ham kerak. 
Toponimikaning eng katta xizmati shundaki, u hujjatxona hujjatlarini sinchiklab 
o’rganish, xalq og’zaki ijodi asosidagi ayrim tomonlar va nixoyat hyech qanday 
manbalarda aks ettirilgan noma’lum joylarni bizga ma’lum qiladi. Toponimikaga 
oid ma’lumotlar yig’ishda va joy nomlarining kelib chiqishini o’rganishda 
etnografiya ham katta rol o’ynaydi. 
Toponimikaning ayrim toifalari va tizimlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni 
o’rganish yo’li bilan toponimlarni tavsiflash toponimik tadqiqotlarning asosini 
tashkil etadi. Ko’pgina mutaxassis toponimistlar mahalliy toponimlarni har 
tomonlama regional tadqiq qilishga katta e’tibor beradilar. Bunda, albatta, mikro 
va makro toponimikani o’zaro taqqoslash zarur. Toponimika vazifalarini aniqlar 
ekanmiz, ma’lum joyning geografik nomi tarixi tUlar oq, shu o’lkada yashagan 
xalqlar tarixi bilan bog’liq holda aniqlanishini uning asosiy maqsadi qilib olishimiz 
zarur. Bundan tashqari, toponimikaga oid tadqiqot ma’lumotlaridan 
foydalanilayotganda o’sha o’lka xalqlarining tilini o’rganish, arxeologiya va 
etnografiyaga oid ma’lumotlarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir. 
Toponimikaga 
oid 
tadqiqot 
olib 
borilayotgan 
tumanning 
tabiiy 
geografiyasini, o’tmish tarixini, til tarixini yaxshi bilish shart. Toponimikani 
o’rganishda yuqoridagilarga amal qilingan taqdirdagina tadqiqotchi o’z maqsadiga 
erishishi mumkin. Tadqiqotni toponimikaga oid ma’lumotning yaratilgan davri va 
tarixini aniqlashdan boshlash kerak. 
Hozirgi vaqtda toponimistlar joy nomlarini faqat etimologik va semantik 
jihatdangina emas, balki so’z yasalishi jihatidan ham tahlil qilmoqdalar. 
Antrotoponim kishining ismi, familiyasi, laqabini (masalan, Mahmud Koshg’ariy, 
Munis Xorazmiy), antrotoponimika kishi ismi, shahar, qishloq, ovul va shu kabi 
joylarning nomidan olingan toponimlarni (masalan, Toshkentboy, Qo’qonboy, 
Xo’jaqul), etnotoponim esa qabila, urug’-aymoq nomiga qo’yilgan nomlarni 
(masalan, Qozoqboy, Qirg’izboy, O’zbek) o’rganadi. 
Dalvarzin, Qo’ng’irot, Nukus, Mitan va hokazolarni istisno qilganda, barcha 
toponimlar ikki va undan ortiq tarkibiy qismdan (komponentdan) iborat. Bunday 
qaraganda hyech qanday qo’shimchasiz faqat bir so’zdan iboratday tuyuladigan 
Jizzax, Qo’qon, Yozyovon, G’alcha kabi toponimlar aslida ikki komponentdan 
tuzilgan. 
Biroq, Qarshi (saroy, qasr), Hisor (qo’rg’on), Buxoro (bihara — 
ibodatxona), chim (qo’rg’on)
,
yon (bekat), yop (kanal) kabi nomlar mustaqil 
toponimlar shaklida uchraydi. Ba’zan esa qum, zax, supa kabi geografik atamalar 
ham hyech qanday qo’shimchasiz toponimlar xosil qilgan. Biroq ana shunday 
birgina geografik atamadan tuzilgan nomlar ko’pincha shu toponimlarning xalq 


og’zida qisqartirilgan shakli bo’lib chiqadi. Masalan, Qumqishloq deyish o’rniga 
Qum; Zahar iq deyish o’rniga Zax, Supatepa deyish o’rniga Supa deb qo’ya 
qolishadi. Biroq hyech qanday qo’shimchasiz Tol, Pidana (yalpiz), Yantoq, Tulki 
kabi nomlar ma’naviy jihatdan aslida bu o’simlik va hayvonlarga hyech qanday 
aloqasi bo’lmasligi, ko’pincha tamomila boshqa so’zlarning fonetik jihatdan 
o’zgarishi natijasida shu shaklni olgan bo’lishi mumkin. 
Yuqorida aytilganlardan shunday xulosaga kelish mumkin: toponimika uch 
prinsipga asoslanadi: 1)toponimlarning paydo bo’lish tarixini o’rganish;. 
2)toponimlarning 
geografiyaga 
oid 
ma’lumotlarini 
aniqlash; 
3)asosiy 
qidirilayotgan toponimlarning barcha nomdagilarini ilmiy asosda alohida-alohida 
o’rganib, 
ulardan 
xulosa 
chiqarishdir. 
Bu 
prinsiplar 
qo’llanmaning 
muqaddimasidan to xotimasigacha yoritib borilgan. 
1. 
O’zbekiston Respublikasida ma’muriy hududiy tuzilish toponimik
obyektlarga nom berish va ularning nomlarini o’zgartish masalalarini hal
yetish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi qonuni Toshkent 1996 yil 30- 
avgust 
2. 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O’zbekiston 
Respublikasidagi Ma’muriy - hududiy birliklar aholi punktlari tashkilotlar va 
boshqa toponimik obyektlarning nomlarini tartibga solish to’g’risidagi qarori. 
Toshkent –1996 yil 31-may 
3. 
―O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining‖ O’zbekiston 
Respublikasidagi ma’muriy hududiy birliklar aholi punktlari tashkilotlariga
va boshqa toponimik obyektlarga nom berish ishlarini tartibga solish 
to’g’risidagi 2004-yil 11 – avgust 383 sonli qarori 

Yüklə 152,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin