Bosqichlari


«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix17.04.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#99151
1   2   3   4
ZDIF17053

«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy 
izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
 
Bu saylovlarda orttirilgan katta amaliy va huquqiy tajriba, shuningdek, milliy va 
xalqaro kuzatuvchilar tomonidan bildirilgan tavsiyalar saylov qonunchiligini 
takomillashtirishda muhim o'rin tutdi. 
2014 yili O'zbekiston Konstitutsiyasining 117-moddasiga tuzatishlar kiritilib, 
Markaziy saylov komissiyasiga konstitutsiyaviy maqom berildi hamda uni 
shakllantirish va mustaqil faoliyatini amalga oshirishning kafolatlari belgilandi. 
Markaziy saylov komissiyasi a'zolarining vakolati muayyan muddat bilan 
cheklanmagani va mahalliy vakillik organlari hamda parlament palatalari 
tomonidan 
shakllantirilishi 
uning 
faoliyati 
mustaqilligining 
muhim 
kafolatlaridan biridir. 
Yangi Oʻzbekiston ham saylov qonunchiligini kodifikatsiya qilish yoʻlini tanladi. 
Qonunchilikni kodifikatsiya qilish masalasi tizimli ravishda yagona meʼyoriy-
huquqiy hujjatlarni yaratish va amaldagi qonunchilikni chuqur hamda har 
tomonlama qayta koʻrib chiqish barobarida, eskirgan normativ-huquqiy 
hujjatlarni bekor qilish, yangi huquqiy qoidalarni ishlab chiqish va milliy 
huquqiy tizimni kompleks ravishda rivojlantirishni talab etadi. 
Xususan, xorijiy davlatlarda saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi 
oddiy qonunlar, konstitutsiyaviy qonunlar yoki saylov kodekslarini qabul qilish 
yoʻli bilan tartibga solinadi. Shu bilan birga, dunyoning 30 dan ziyod 
mamlakatlarida saylovlarni Saylov kodeksi yordamida huquqiy tartibga solish 
modeli qoʻllaniladi. 2019 yilda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 
tashabbusi bilan saylovga oid mavjud beshta qonun va o'nlab qonunosti hujjatini 
o'zida jamlagan yaxlit Saylov kodeksi qabul qilinishi saylov amaliyotini yangi 
sifat bosqichiga ko'tarish uchun muhim huquqiy zamin yaratdi. Saylov kodeksi 
qabul qilinishi bilan, eng avvalo, saylov qonunchiligi normalarini tizimlashtirish, 
ya'ni kodekslashtirish orqali bir-biriga o'xshash normalar bartaraf etildi, ushbu 
qonunchilik tarmog'i unifikatsiyalashdi. 
Mazkur Kodeks mamlakatning barcha siyosiy kuchlari hamda partiyalari, 
fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokida umumxalq muhokamasi asosida ishlab 
chiqildi. Unda YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi 
hamda Yevropa Kengashining Venetsiya komissiyasi, chet ellik kuzatuvchilar, 
SHHT, MDH, IHT kabi bir qator xalqaro tashkilotlar missiyalarining 
Oʻzbekistonda oʻtgan saylovlar boʻyicha tavsiyalari hisobga olingan. Xususan, 
2016 — 2019-yillarda Oʻzbekistonda boʻlib oʻtgan saylovlar boʻyicha YEXHT 
Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosining 29 ta tavsiyasi 
Oʻzbekiston saylov qonunchiligida toʻliq, sakkiztasi qisman bajarilgan, qolganlari 
esa, ekspertlar tomonidan oʻrganilmoqda. 


213 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin