87
4. Kinoyaviy qo‘llangan so‘z yozma nutqda qanday ajratilishi mumkin?
5. Og‘zaki nutqda kinoyaviy qo‘llangan so‘zning
talaffuzini tu-
shuntiring.
102-mashq.
Biron badiiy asardan kinoyaviy qo‘llangan so‘z va iboralarga
misollar toping. Ularni gap ichida daftaringizga ko‘chirib
yozing.
IfODALILIK VA O‘XshATIshLAr
1-topshiriq.
Berilgan gaplardagi
oltindek (-day)
so‘zining o‘xshatish
unsuri sifatida ifodalilikni kuchaytirishdagi ishtirokini izoh-
lang.
1. O‘shanda bo‘ychan o‘spirin
otasi bilan birga ekib, parvarishlagan
bug‘doy
oltindek
sarg‘ayib pishayotgan edi.
(G‘ulom Karimiy) 2. Yaproq
quyosh nurida
oltindek
tovlanib, yengil tebranganicha ko‘kka dadil bo‘y
cho‘zib turardi.
(O‘. Umarbekov) 3. Bular so‘zlab
bergan har bir hikoya,
O‘zi shundoqqina
oltinday
kitob.
(Zulfiya)
2-topshiriq.
Berilgan gaplardagi o‘xshatishlarni izohlang, ularni yara-
tishda ijodkor mahorati haqida gapiring.
1. So‘fining tani shu topda Arabiston tog‘larining
saratondagi tosh-
lariday qizib yonardi.
(Cho‘lpon) 2. Xayollar qo‘ymaydi o‘z holimizga –
Lo‘livachchalardek yopishqoq, kir-chir.
(Iqbol Mirzo)
O‘xshatishlar nutqda katta badiiy-uslubiy imkoniyatlarga ega
bo‘lganligi uchun nutqning ifodaliligini ta’minlaydigan alohida vosi-
ta vazifasini bajaradi.
O‘xshatishlar to‘rt
unsurdan tarkib topadi, ya’ni: 1) o‘xshatiladi-
gan narsa (yoki subyekt); 2) o‘xshatish etaloni; 3) o‘xshatish asosi;
4) o‘xshatishning shakliy ko‘rsatkichi. Masalan,
Yigit musichadek beo-
zor ekan o‘xshatishida
yigit o‘xshatiladigan narsa,
musicha o‘xshatish
etaloni,
beozor o‘xshatish asosi,
-dek qo‘shimchasi esa o‘xshatishning
shakliy ko‘rsatkichidir.
88
O‘xshatishlarning ikki turi farqlanadi: 1) erkin o‘xshatishlar;
2) tur g‘un (doimiy) o‘xshatishlar.
Badiiy-estetik qimmat, lingvopoetik salmoq nuqtayi nazaridan
er
kin o‘xshatishlar yozuvchining mahoratini namoyon etuvchi vosi-
talardan biri sifatida badiiy nutqda alohida o‘rin tutadi.
Yozuvchi
o‘zining badiiy tasvir maqsadiga muvofiq ravishda xilma-xil origi-
nal o‘xshatishlar yaratadi, bu o‘xshatishlar kutilmaganligi, ohorliligi
bilan o‘quvchini
rom etadi, muayyan ruhiy yoki jismoniy holat,
xususiyat, predmetlarni o‘quvchi ko‘z o‘ngida yaqqol gavdalanti-
radi. Masalan,
Miryoqub ikki kishining pichirlashib gaplashganini
eshitdi, yuragi objuvoz likopiday ura boshladi (Cho‘lpon) gapidagi
o‘xshatish – yozuvchining o‘z ijodi mahsuli. Mana bu o‘xshatish-
lar ham erkin badiiy o‘xshatishlardir:
Maydalab o‘rilgan sochlardek
egatlarga taralgan suvlar – nay ko‘ksidan oqayotgan ohanglar kabi
sirli-sirli jildiraydilar (Ismoil To‘lak).
Turg‘un o‘xshatishlarda o‘xshatish etalonida ifodalangan obraz
barqarorlashgan bo‘ladi, bunday o‘xshatishlar, garchi muayyan shaxs
yoki ijodkor tomonidan qo‘llangan bo‘lsa-da, vaqtlar o‘tishi bilan
til
jamoasida urfga kirib, doimiy ifodalar sifatida turg‘unlashgan,
umumxalq tilidan joy olib ulgurgan bo‘ladi. Bunday o‘xshatishlar
xuddi tildagi tayyor frazeologik birliklar kabi nutqqa olib kirila-
di. Masalan,
Uning bu xislati ham hammaga otning qashqasiday
ma’lum
(Cho‘lpon);
Bolalari qo‘rqqanlaridan baqadek qotib qolishdi
(M. Nizanov) gaplaridagi o‘xshatishlar turg‘un o‘xshatishlardir.
Turg‘un o‘xshatishlar ham nutqning ifodaliligini ta’minlashda
alohida o‘rin tutadi.
Dostları ilə paylaş: