Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 8 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 58 August, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal emotsional
stress,
semirish kabilar ko`proq o`smirlik va talabalik davrida kuzatilmoqda .
F.Z.Merson fikriga ko‟ra, (1983) – organizm “adaptiv reaksiya”sining
energetik aloqadorligi asosiy hisoblanib, hujayraning irsiy apparatining faollashuvi
ko‟rinishida kechadi. Bu esa o‟z navbatida mitoxondrial tizim va shunga mos
tuzilmalardagi ishlash shiddatining o‟sishiga olib keladi.
T.V. Serova, (2019)organizm funksional o'zgarishlarining xususiyatlarini
ochib berdi. Ya‟ni, turli xil mashqlarni bajarishda talabalarning ko'rsatkichlari
yo'nalishlari: kuchli jismoniy mashqlardan keyin yurak tezligining keskin pasayishi
(1-5 s dan keyin), jismoniy yuklamadan keyin tiklanish davri 1-2 daqiqa; arterial qon
bosimining keskin ortishi, nafas harakatlari tezlashib yurak qisqarishi ya‟ni, puls
sonining ortishi holatlari kuzatiladi. Tiklanish 2 minutdan 3 minutgacha; aerobik
mashqlarda - yurak urish tezligi kamaymaydi mashqni 20 soniya yoki undan ko'proq
bajargandan so'ng, tiklanish davri 3 dan 8 minutgacha davom etadi.
Sportni belgilovchi morfogenetik omillar orasida somatometrik ko‟rsatkichlar
muhim rol o‟ynaydi (
Peterson J., Kaarma H., Koskel S., Raschka C., Beyer K.,
Graczyk J.
). Ular organizmning ta‟minot tizimlari, jismoniy imkoniyatlari, tiklanish
intensivligi, jismoniy sifatlarning rivojlanishi, moslasish jarayonlari va energiya
samaradorligiga bevosita ta‟sir ko‟rsatadi.(
Tkachuk M. G., Dusenova A. A.,
Gruzdeva N. S., SobolevA. A., Yakusheva Y. І., Sarafinyuk L.A.
)
Bular sportchining morfogenetik belgilarini ya‟ni konstitutsiyaviy xususiyatlarini o‟z
ichiga oladi. Konstitutsiya – organizmning genotipi ta‟sirida hosil bo‟lgan
morfofunksional xususiyatlari majmuasidir. U ekzogen ta‟sirlar bilan o‟zgartirilgan,
shu jumladan, muayyan sport faoliyatining o‟ziga xos xususiyatlari o‟zlashtiriladigan
jarayon hisoblanadi (
Levandovska J., Busko K., Pastuszak A., Boguszevska K.,
Pezala M., Zukov V.
).
Turli xil tadqiqotlarda somatotopik ko‟rsatkichlarni aniqlashda ko‟pincha
quyidagi to‟rtta xususiyat hisobga olinadi: yog‟ va suyak rivojlanishi, tana vaznining
mushak komponentlari va ko‟krak qafasi aylanasi. L.V.Muzurovaning bolalar va
o‟smir yoshlarga qaratilgan tadqiqotida 17-19 yoshli yigitlarda ko‟krak qafasining
turli parametrlarini o‟rganish bilan tananing oldingi-orqa, ko‟ndalang, oldingi
uzunligi konstitutsiyasi har xil. Ammo ko‟krak qafasining xususiyatlari yuqori
darajadagi mahoratga ega bo‟lgan ayol sportchilar turli konstitutsiyaviy turlarga
nisbatan kam.
I.I.Olimjonov
va
hammualliflar
(2010)
tomonidan
nomotopik
yurak
aritmiyasi bo`lgan bolalarning jismoniy rivojlanganligi Pine,