Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 8 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 61 August, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal ketin, turli vaqt oraliqlarida kirishadi. Shuning uchun ham avval tayyorgarlik, keyin
oddiy elemetar harakatar bajariladi. Shu tarzda organizm jismoniy mashqlarga tayyor
holatga keltiriladi.
Yuklamalar yo„nalishi va shiddatini yurak-qon tomir urishi tezligi nuqtai
nazaridan asoslash to„g„risidagi taklif ham mavjud. Bunda yurak faoliyatining asosiy
mezoni sifatida yurak qisqarishi tezligi (YuQT) qabul qilingan. Mutaxassislar fikriga
ko„ra yugurishda shiddatning I darajada shug„ullanish umumiy yugurish
chidamliligini oshirmaydi, fakatgina “sarflangan” kuchlarni tiklaydi (YuQT 114-132
ur/min), II darajada shug„ullanish umumiy chidamlilikni oshiradi (YuQT 174
ur/min). III darajada umumiy yugurish chidamliligini shiddatli mashg„ulotga
moslashtiradi (YuQT 150-174 ur/min).
Tadqiqotlar 2022-yilning mart-aprel oylarida
Chirchiq Davlat Pedagogika
instituti, O‟zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va Sport Universitetining talabalari
ustida olib borildi. Bunda talabalarning antropometrik va fiziometrik ko‟rsatkichlari
aniqlanib, jismoniy yuklamalarga adaptatsiya (moslashish) vaqtida bu ko‟rsatkichlar
qay darajada o‟zgarishi kuzatildi.
Tadqiqotlar davomida,
nafas sinamalari – Martine sinamasi, Gench sinamasi,
kombinatsiyalangan Serkin sinamasi, Rozental sinamasi (
O‟TS ni 15 sek. interval
bilan 5 marta o‟lchash
), Kushelevskiy – Zislina sinamasi,
Kombinatsiyalangan
Letunov sinamasi (Yurak qon tomir tizimini turli intensivdagi va davomiylikdagi
bo‟lgan jismoniy yuklamalarga qobiliyatini aniqlashga asoslangan sinama), PWC170
testi, Ortostatik sinama (Vegetativ asab tizimini funktsional holatini tekshirish
sinamasi) lari batafsil o‟rganilib, amaliy mashg‟ulot darslarida talabalarda sinab
ko‟rildi.
Tajriba boshi va oxirida talabalarning jismoniy salomatlik holati, organizmning
funksional oʼzgarishlar indeksini hisoblash (G.L. Аpanasenko, 1988) formulasida
amalga oshirildi (Excel dasturida).
Talabalar organizmining jismoniy rivojlanish ko‟rsatkichlari tana massasi
indeksi (Ketle indeksi) asosida amalga oshirildi(1-jadval).