Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 8 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
56
August, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
JISMONIY YUKLAMALARGA ADAPTATSIYA JARAYONIDA
TALABALAR ORGANIZMINING FUNKSIONAL IMKONIYATLARI
Shuxratilla Inoyatovich Allamuratov
O‟zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Bioximiya kafedrasi mudiri
Dilfuza Faxriddin qizi Sultonova
O‟zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti doktaranti
liliya77027@gmail.com
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada jismoniy yuklamalarga moslashish (adaptatsiya) jarayonida
organizm funksional jarayonlarining o‟zgarishlarini o‟rganish borasidagi mavjud
adabiyotlar, maqolalar, ilmiy tadqiqot ishlari bilan tanishildi. Bunda so‟nggi yillarda
dunyo mamlakatlari va yurtimizda olib borilayotgan
ilmiy tadqiqot natijalari
keltirilgan.
Kalit so’zlar: jismoniy yuklama, adaptatsiya, antropometrik va fiziometrik
ko‟rsatkichlar, qon bosimi, puls soni, tana vazni.
ABSTRACT
In this article
, the experience of self-study of body processes in the process of
physical load adaptation (learning) was introduced with available literature, articles,
and scientific works. In this, the last countries of the world and the scientific research
that is going on in us.
Keywords: physical load,
adaptation, anthropometric and physiometric
indicators, blood pressure, pulse rate, body weight.
KIRISH
Bugungi kunga kelib mamlakatimizda barcha sohalar shiddat bilan rivojlanib,
taraqqiy etib borayotgan paytda ta‟lim, madaniyat va
sport sohalariga ham katta
e‟tibor qaratilmoqda. Bu sohalarning yanada rivojlantirish maqsadida qator chora-
tadbirlar olib borilmoqda, shu bilan birga ularning
qonuniy poydevorlari ham
mustahkamlanmoqda. Sport sohasiga e‟tibor qaratar ekanmiz,
O„zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to„g„risida»gi qonunini
hayotga joriy etib, jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirish
kontseptsiyasi ishlab chiqildi. O„tgаn 5
yil mоbаynidа
yurtimizning shаhаr vа tumаnlаridа, оlis qishlоq jоylаridа bir-