Temperament formulasi. Maqsad: Shaxsni temperament tipini aniqlash. Zarur materiallar


Sangvinik temperament (qon - grekcha sanduC)



Yüklə 463,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix17.04.2023
ölçüsü463,33 Kb.
#99315
1   2   3   4
Sangvinik temperament (qon - grekcha sanduC) — hissiyotning tez, kuchli 
qo‘zg‘aluvchanligi lekin beqaror bo‘lishi bilan farq qiladi. Sangvinik temperamentli 
kishilarning kayfiyati tez-tez o‘zgarib, bir kayfiyat o‘ziga teskari bo‘lgan ikkinchi bir 
kayfiyat bilan tez almashib turadi. Sangviniklardagi psixik protsesslar, xoleriklardagi 
singari tez o‘tadi. Bu xil temperamentli kishilar ildam, chaqqon, serharakat va 
jo‘shыin bo‘ladilar. Sangvinik temperamentli kishilar tevarak-atrofdagi voqealardan 
tez ta’sirlanadilar va muvaffaqiyatsizliklar hamda ko‘ngilsiz hodisalardan uncha 
qattiq xafa b
щlmaydi. Ular ko‘p ishga tez va g‘ayrat bilan kirishadigan bo‘ladilar, 
lekin ishdan tez soviydilar. Bir zayldagi ishlarni uzoq, davomli suratda bajarishga 
moyil bo‘lmaydilar.
Sangvinik temperamentli bolalap juda serharakat, ildam va chaqqon bo‘ladilar. 
Ular har qanday ishga qatnashish uchun doim tayyor bo‘ladilar. Ko‘pincha, bir 
qancha vazifalarii birdaniga bo‘yinlariga oladilar. Lekin, har bir ishga ishtiyoq bilan 
tez kirishganliklari singari, boshlagan ishdan tez qaytishlari ham mumkin. 
Sangviniklar chin ko‘ngildan va’dalar berishlari, lekin, ko‘pincha, va’dani unutib, uni 
bajarmasliklari ham mumkin. Bu xil temperamentli bolalar o‘yinlarga tez va zavq 
bilan kirishadilar, lekii o‘yin davomida, o‘z rollarini tez-tez o‘zgartirib turishga moyil 
bo‘ladilar. Ular darrov xafa bo‘lishlari va yig‘lashlari mumkin, lekin ular xafalikni 
tez unutadigan bo‘ladilar. Ularning yig‘isi kulgi bilan tez almashadi.
Flegmatik temperament (balg‘am - grekcha phegma) — hissiyotning juda 
sekin, kuchsiz qo‘zg‘alishi va uzoq davom etmasligi bilan farq qiladi. Flegmatik 
temperamentli kishilar hissiyotlarining tashqi ifodasi kuchsiz bo‘ladi. Bu xil 
temperamentli .odamlarni xursand qilish, xafa qilish yoki g‘azablantirish ancha qiyin.
Flegmatiklarning psixik protsesslari sust bo‘ladi. Bu xil temperamentli 
odamlar nihoyat og‘ir, yuvosh, bosiq, harakatlari salmoqli bo‘ladi. Agar bir faoliyatga 
kirishsalar, uni qat’iyat bilan davom ettiradilar.
Flegmatik temperamentli bolalar yuvosh, mo‘min-qobil bo‘ladi. Ular 
ko‘pchilikka kam aralashadigan, tortinchoq va hech kimga tegmaydigan, birovni 
ranjitmaydigan bo‘ladilar. Agar birov ular bilan urish chiqarmoqchi bo‘lsa, o‘zlarini 
chetga olishga harakat qiladilar. Ular shovqin-suronli, harakatli o‘yinlarga moyil 
bo‘lmaydilar. Bu xil temperamentli bolalar jizzaki bo‘lmaydilar va odatda ular o‘yin-
kulgilarga moyil emaslar
Flegmatik temperamentli kishilar (bolalar) tashabbus ko‘rsatishga moyil 
bo‘lmaydilar, lekin ular faoliyatini yo‘lga qo‘yilsa, ancha qunt bilan ish ko‘radilar, 
yaxshi o‘qib ketishlari mumkin.  


Far.D.Uning Eksperimental Psixologiya o’qituvchisi M.J.Rajabovning Eksperimental Psixologiyadan Labaratoriya ishlari to’plamidan 


Yüklə 463,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin