9-mavzu. Soha bo`yicha belgilangan mavzu asosida ilmiy tadqiqot olib borish jarayonlari. Reja



Yüklə 241,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix17.04.2023
ölçüsü241,43 Kb.
#99406
1   2   3
9-mavzu

Rеfеrаt – badiiy yoki ilmiy 
manba asosida tayyorlangan
, ma’lum bir mavzu yuzasidan ma’lumot 
beruvchi qo‘llanma ma’nosida kelsa, ikkinchisi – aniq bir ilmiy ish yoki kitob haqida qisqacha 
tushuncha beradi. Shu bilan birga u matnning aynan ko‘chirmasi emas, balki o‘rganilayotgan 


mavzuning mohiyatini ochib beruvchi mustaqil tadqiqot ishidir. Qoidaga ko‘ra, referat 
ko‘rilayotgan mavzu yuzasidan bir qancha nuqtai nazarlarni o‘zida jamlaydi hamda muallifning 
shaxsiy fikrini ham aks ettiradi. 
Referat qismlarining tuzilishi va uning ustida ishlash bosqichlari: 
Odatiy tartibga ko‘ra referat ustida ishlashning boshlang‘ich qismini tanlangan mavzuning izohi 
ochib berishi lozim. Unda mavzuning dolzarbligi, ushbu mavzu yuzasidan hozirgacha fanga 
ma’lum bo‘lgan va o‘z 
tasdiqini topgan faktlar
, natijalar; olimlarning uni o‘rganish 
ustida olib 
borgan ishlari
; adabiy manbalardan keltirilgan misollar, 
foydalanilgan materiallar

o‘rganilayotgan mavzuning amaliy yoki ilmiy tasdiqini topgan masalalari o‘z aksini topadi. 
Referat quyidagi bo‘limlardan tashkil topadi: 
1. Titul varag‘i – ma’lum tartibga ko‘ra referatning nomi( mavzusi), loyihaning ilmiy 
rahbari, uning muallifi ismi sharifi hamda uni qaysi bir o‘quv muasasasiga taalluqli 
ekanligini ko‘rsatishi lozim. 
2. Reja – o‘z o‘rnida, referatning bo‘limlari (qismlari)ning nomlanishi va aniq raqamlar 
orqali belgilanishi asosida tuziladi. 
3. Kirish qismi – o‘rganilayotgan mavzuning muqaddimasi bo‘lib, nimaga asosan 
aynan shu 
mavzu tanlangani
, uning maqsad va vazifalari, foydalanilgan adabiyotlarning tahlilini 
to‘liq qamrab oladi. 
4. Asosiy qism – bu referatning eng muhim qismi hisoblanadi va o‘zida mavzuning asl 
mohiyatini aks ettiradi. U bo‘limlardan iborat bo‘lib, har birida alohida bir muammo yoki 
mavzuning aniq bir tomoni ko‘rib 
chiqiladi
, hamda unga muvofiq nazariy mulohazalar, 
muallifning shaxsiy mushohadalari va tadqiqotlari keltiriladi. 
5. Xulosa – bu qism referat uchun umumlashtiruvchi so‘nggi so‘z vazifasini bajaradi. Unda 
amalga oshirilgan ilmiy ishning natijasi keltirib chiqariladi va kelgusida tavsiyalar 
beriladi. 
Adabiyotlar ro‘yxati – foydalanilgan adabiyot va ilmiy ishlar ( 
kitoblar
, matnlar, jurnal va 
monograflar)ni qamrab oladi. 
6. Referat hajmi - 14-15 bet (A4 format)dan iborat bo‘lishi kerak. 
7. Taqriz sаylаnmа bаyоnning bir turi. 
U bаdiiy
, ilmiy, mеtоdik vа bоshqа аsаrlаrgа bеrilgаn 
bаhоdir. Taqrizdа аsаr tаnqidiy tаhlil еtilаdi, shu nuqtаi nаzаrdаn bаhоlаnаdi. Аsаrning 
yutuqlаri hаm, nuqsоnlаri hаm ko‘rsаtilаdi. Tаqrizchi o‘zining dа’vоlаrini turli dаlillаr 
аsоsidа isbоtlаy bоrаdi, аsаrgа ilmiy izоhlаr bеrаdi. 
8. Taqriz yоzish оdоbi хоlislikni, hаqiqаtdаn chеtlаshmаslikni tаlаb еtаdi. Tаqriz qilinаyоtgаn 
аsаrning 
yutuq vа kаmchiliklаri
, nаzаriy vа аmаliy аhаmiyati hаqqоniy ko‘rsаtilishi lоzim. 
Аsаrgа bаhо bеrishdа muаllifning shахsiyati, оbro‘si еmаs, bаlki uning (аsаrning) 
хususiyatlаri, аhаmiyati ko‘zdа tutilаdi. 
9. Taqriz yozishda quyidagi sxemaga amal qilinadi: 
10. 1.Tezis (umumiy holati) va uni ochib berish. 
11. Kitob (film, teatr)ning baholanishi. 
12. Taqrizning boshlang‘ich qismida quyidagi konstruksiyalardan foydalaniladi: Kitob (film, 
teatr)da hikoya qilinadi. 
13. Kitob (film, teatr)da muammolar ko‘tariladi. 
14. Taqrizni baholash qismida quyidagi konstruksiyalardan foydalaniladi: 
15. Men … hisoblayman - 


16. Mening fikrimcha… 
17. Mening nazarimda… 
18. … menga yoqdi. 
19. …menda katta taassurot uyg‘otdi. 
20. Kitob (film, teatr) …o‘rgatadi. 
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi “Iqtisodiy fanlar” kafedrasi dotsenti Sh.R.Qobilov 
va boshqalar tomonidan Akademiya kunduzgi ta’lim tinglovchilari uchun tayyorlangan 
“Iqtisodiyot nazariyasi” o‘quv dasturi hamda ushbu dastur asosida tayyorlangan ishchi 
o‘quv 
dasturiga
 
T A Q R I Z 
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – 
yengilmas kuch” asarida “Taraqqiyotimizning har bir yo‘nalishi bo‘yicha maxsus adabiyotlar 
yaratish to‘g‘risida fikr yuritib, ko‘pchilik darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari saviyasi talab 
darajasida emasligini” qayd etgan edi. 
Yaratilgan darsliklar
, qo‘llanmalarning barchasi yangicha 
qadriyatlar va demokratik prinsiplar hamda biz barpo etishga intilayotgan erkin fuqarolik 
jamiyati talablariga javob beradigan munosabatlar sifatida ijtimoiy gumanitar fanlarning asosiy 
tadqiqot mavzulariga aylanishi lozim. Mualliflar tomonidan tuzilgan o‘quv dasturi yuqoridagi 
talablarni inobatga olib, taraqqiyotning umumiy asoslari, bozor iqtisodiyoti mohiyati va uning 
qonun- qoidalari, mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot hamda bugungi jahon xo‘jaligi va unda 
O‘zbekistonning o‘rni kabi masalalarni o‘rganish ehtiyojidan kelib chiqqan. 
O‘quv dasturi hamda u asosida tuzilgan ishchi o‘quv 
dasturi kirish
, o‘n to‘rtta mavzuni o‘z 
ichiga olgan to‘rt bo‘limdan iborat. Mualliflar tinglovchilarning iqtisodiy taraqqiyotning 
mazmuni, umumiy asoslari, jamiyatda ro‘y berayotgan demokratik islohotlar va modernizatsiya 
jarayonlari mohiyatini tushunib yetishi, iqtisodiyotning sir-asrorlarini idrok etishi hamda 
O‘zbekiston va jahon mamlakatlari iqtisodiy taraqqiyotining o‘ziga 
xos jihatlari
, mohiyati, 
rivojlanish bosqichlari haqidagi bilimlarni shakllantirish maqsadini ko‘zlagan. 
Shuningdek, o‘quv dasturi “Iqtisodiyot nazariyasi” fanini o‘rganishda nazariya bilan 
amaliyotning uzviy bog‘lanishi, O‘zbekiston iqtisodiyotida yuz berayotgan hodisalar talqin 
etilishi va izohlanishi talablari ham inobatga olingan. Iqtisodiy bilimlarni berishda va 
tinglovchilarning mustaqil ravishda o‘zlashtirishlarida umumiylik va milliylikning uyg‘unligini 
ta’minlash nazariyasi real iqtisodiy hayot bilan uzviy bog‘lash nazarda tutilgan. 
Mualliflar har bir mavzuni o‘rganishda tinglovchilarning mustaqil ishlashlarini e’tiborga olib, 
yangi avlod adabiyotlari ham keltirganlar. Bu tinglovchilarning adabiyotlar bilan mustaqil 
ishlashlarida qulaylik yaratadi. O‘quv dasturi tinglovchilarni amaldagi qonunlarni o‘rganishga 
ham undaydi. 
Mualliflar fan bo‘yicha o‘quv dasturi va ishchi o‘quv dasturini iqtisodiyot nazariyasidagi ilg‘or 
tafakkur asosida tuzganlar. Ayniqsa bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri, mamlakatimizda 
demokratik 1991-yildan 2000-yilgacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga oladigan birinchi bosqich, 
iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-
gumanitar 
sohalarni izchil isloh qilish
, aholi turmush darajasining muntazam oshib borishini 
ta’minlash, 2001-yildan 2010- yilgacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga olgan ikkinchi bosqich-
mamlakatimizni faol demokratik yangilash, isloh etish va modernizatsiya qilish bosqichlari o‘z 
aksini topgan. Ishchi o‘quv dasturida esa mamlakatimizning hozirgi rivojlanish bosqichi 
O‘zbekiston taraqqiyotining yangi rivojlanish strategiyasi, deb qarash, uning ahamiyatini ochib 
berish masalalari o‘rin olgan. 


Yuqoridagilarni 
inobaga olib
, O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi “Iqtisodiy fanlar” 
kafedrasi dotsenti, polkovnik Sh.R.Qobilov va boshqalar tomonidan tayyorlangan “Iqtisodiyot 
nazariyasi” fanini o‘rganish bo‘yicha o‘quv dasturini chop etishga tavsiya etaman. 
Toshkent moliya instituti 
“Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi mudiri, 
iqtisod fanlari doktori
, professor T.Jo‘rayev 

Yüklə 241,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin