“Qurilish Ekologiyasi” fanidan Kafedra


 Qurilish materiallari va ularni ishlab chiqaruvchi zavodlarning



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/19
tarix18.04.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#100040
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
-eferat-3.-atmosferani-sanoat

3. Qurilish materiallari va ularni ishlab chiqaruvchi zavodlarning 
uskunalariga ekologik talablar 
 
Hozirgi kunda biz sanoati rivojlangan davlatlar qatorida yetakchi o’rinlarni egallab turibmiz va 
shu bilan birga har bir davlatning sanoati rivojlangan sari undagi korxona va zavodlarning 
atmosfera va girosferaga zararli chiqindilar ko’p miqdorda chiqib ketmoqda. Dunyo va 
O’zbekiston Olimlari bu masala ustida tinmay izlanishmoqda va har bir zavod uskuna va 
qurilmalari atrof muxitga tasiri borasida tekshirilib Ekologik talabga javobga bergandan so’ng 
Korxonalar ishga tushirilmoqda. O’zbekistonning asosiy havosini zaxarlovchi omillardan keltirib 
otishimiz mumkinki Yoqig’lg’I chiqindilarni atmosferaga va oqava zararli suvlarni kanallar va 
daryolarga chiqarib yuboruvchi korxonalarni aytib o’tar edik. Hozirgi kunda yuqorida korsatib o’tilgan 
qonunlarda belgilangan holda Ekologik talablarga bo’ysunishga majburdirlar. 
Muammoni hal etish uchun avvalo ekologik xavfsizlik tushunchasi, 
oqibatlari hamda ekologik xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida 
aniq tasavvurga ega bo‘lish lozim. Ekologik xavfsizlikka ta’rif berishda 
ko‘pchilik uni tabiatni muhofaza qilish deb tushunadi. Vaholanki, ekologik 
xavfsizlikning ob’ekti ancha keng bo‘lib, u tabiiy xavf-xatar natijasida inson, 
jamiyat va davlatning ekologik manfaatlariga jiddiy zarar yetishi bilan 


izohlanadi. Shundan kelib chiqib, ekologik xavfsizlik deganda inson, jamiyat 
va davlatning ekologik manfaatlari, atrof tabiiy muhitning buzilishi natijasi-
da yetkazilgan va yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararning oldini olish va uni 
bartaraf qilish tushuniladi. Demak, insonning, jamiyatning, davlatning 
ekologik manfaatlari va atrof tabiiy muhit ekologik xavfsizlik ob’ektlari 
hisoblanadi. 
Hozirgi vaqtda ekologik xavf-xatar iqlim o‘zgarishi, havo haroratining 
ko‘tarilishi, bioxilmaxillikning kamayishi, yerning degradatsiyaga uchrashi, 
atrof tabiiy muhitning ifloslanishi, suv resurslarining taqchilligi hamda 
sifatining yomonlashuvi, cho‘llarning kengayishi, aholining ko‘payishi 
natijasida tabiiy zaxiralardan yanada ko‘proq foydalanish, texnika va sanoat 
korxonalarining rivojlanishida namoyon bo‘lmoqda. 
BMTning atrof-muhit bo‘yicha dasturi (United Nations Environment 
Programme — UNEP) ma’lumotiga ko‘ra, ekologik xavf-xatarning salbiy 
oqibati natijasida yer sharidagi daryolarning yarmi jiddiy ifloslangan, 
sayyoramiz aholisining 40 foizi ichimlik suvi yetishmasligidan aziyat 
chekmoqda, yana 20 yildan so‘ng toza suv tanqis resurs bo‘lib qolishi taxmin 
qilinmoqda. Hozir dunyo bo‘yicha deyarli 1 mlrd. aholi toza ichimlik suviga 
ega emas, 2030 yilga kelib ularning soni 2,7 mlrd. kishiga yetishi kutilayapti. 
Shuningdek, har yili 5 mln. kishi iflos va sifatsiz suvni ichishga majbur 
bo‘lmoqda. 
O‘zbekistonda ekologik xavf-xatarning oqibati sifatida Orol inqirozini 
ko‘rsatish mumkin. Buning sababi sanoatning o‘sishi, sug‘oriladigan 
yerlarning kengayishi natijasida suv iste’molining ko‘payishi, Amudaryo va 
Sirdaryo suvlarining Orol dengiziga kam quyilishida deb aytish o‘rinlidir. 
Inqiroz natijasida dengiz sathi 39 metrgacha pasaydi, suvning minerallashish 
darajasi 21 grammgacha oshdi, dengiz sohili 60-80 km.gacha chekindi, 
dengizdan har yili 75 mln. tonnagacha qum, chang va tuz tarqalmoqda. 
O‘tgan asrning 60–70-yillarida dengizda 30 xilga yaqin baliq mavjud edi. 
Hozir ushbu baliq turlarining 80 foizi yo‘qolib ketgan. Bundan tashqari, il-
gari Orol havzasida 500 dan ortiq qush turi mavjud bo‘lgan bo‘lsa, bugungi 
kunda 38 ta tur qolgan, xolos. 
Orol mintaqasida ekologik tanglikni bartaraf etish uchun suvni tejash 
texnologiyasiga rioya qilish (chunki bizda suv dunyo bo‘yicha belgilangan 
me’yordan 7–10 baravar ko‘p sarflanyapti), dengizga har yili 10–11 kub. km. 
suv quyilishiga erishish, chang va tuz maydonlari kengayishining oldini olish 
maqsadida saksovulzorlar barpo etish zarur. Bugungi kunda Tojikiston 
alyuminiy zavodi, Rog‘un va Qambar ota GESlarining qurilishi ham 
O‘zbekiston uchun xavfli ekologik xavf-xatar o‘choqlari hisoblanadi. 


Ekologik xavfsizlik barqaror taraqqiyotning asosiy omilidir. Ekologik 
xavfsizlikni ta’minlash maqsadida dunyo hamjamiyati tomonidan Barqaror 
rivojlanish konsepsiyasi ishlab chiqilib, unda atrof tabiiy muhitni muhofaza 
qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish asosiy masalalar sifatida 
e’tirof etildi. 
Ekologik xavfsizlikni, barqaror rivojlanishni ta’minlashda ekologiya qo-
nunchiligi muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo bugungi kunda ekologiya 
qonunchiligida qator kamchiliklar mavjud. Xususan, tabiiy resurslarni 
muhofaza qilish bo‘yicha ekologik talablar qonunda o‘z ifodasini topmagan, 
tabiiy resurslarga yetkazilgan zararni qoplash mexanizmi to‘la ishlab 
chiqilmagan, atrof tabiiy muhit sifati normativlari va standartlari 
takomillashtirilmagan. 
Shu sababli ekologiya qonunchiligini takomillashtirish choralari sifatida 
tabiat ob’ektlarini muhofaza qiladigan qonunlarni umumlashtirish, tabiiy 
resurslardan foydalanish bilan bog‘liq munosabatlarni esa tabiiy resurslardan 
foydalanish huquqining alohida sohalari: yer, suv, kon, o‘simlik va 
hayvonlarni muhofaza qilishga oid qonunlar bilan tartibga solish maqsadga 
muvofiq. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin