“Qurilish Ekologiyasi” fanidan Kafedra


"Knauf" O'zbekistonda quruq qurilish qorishmalarni ishlab



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/19
tarix18.04.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#100040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
-eferat-3.-atmosferani-sanoat

"Knauf" O'zbekistonda quruq qurilish qorishmalarni ishlab 
chiqaruvchi yangi zavod
Germaniyaning "Knauf" kompaniyasi yaqin 5 yil ichida Buxoro viloyatida quruq qurilish 
qorishmalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi zavod qurishni hamda amaldagi 
gipsokarton ishlab chiqarish quvvatlarini oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sputnik 
nashri muxbiriga "Knauf Gips Buxara" kompaniyasi bosh direktori Dmitriy Deripalko 
ma`lum 
qildi

Deripalkoning aytishicha, kompaniya bu zavodni 3 bosqichda barpo etadi. Bu ishlar 
natijalariga ko'ra, korxona quruq qorishmalarni ishlab chiqarish hajmini 2 barobarga
gipsokarton zavodi quvvatlarini modernizatsiya qilgandan keyin gipsokarton ishlab 
chiqarish hajmini 30 foizga oshira oladi. 
Deripalkoning fikricha, hozirda respublikada "Knauf" mahsu lotlariga talab har 
doimgidan yuqoriroq bo'lib, bu mahsulotlar namunaviy uylar, ko'p qavatli binolar va 
boshqa yirik infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishda keng qo'llanmoqda.
Deripalkoning ta`kidlashicha, kompaniya 2015 yili 24 mln kvadrat metr gips okarton va 
50 ming tonna quruq qurilish qorishmasi ishlab chiqargan. Qurilish materiallarning 
katta qismi mahalliy bozorda sotilgan. 
"Knauf" O'zbekistonda 2005 yildan boshlab faoliyat yuritib keladi: kompaniya o'sha yili 
"Buxorogips" zavodining yirik aksioneriga aylanib, o'z zimmasiga zavodni rivojlantirish 
va modernizatsiyalash bo'yicha investitsion majburiyatlarni olgan. Zavod 2009 yilda 
jiddiy rekonstruksiya qilingandan keyin quruq qorishmalar ishlab chiqarishni 
boshlagan. Kompaniya ikki yildan keyin Buxoro viloyatida gipsokarton listlari ishlab 


chiqaruvchi zavod ochgan. Nemis kompaniyasi O'zbekistondagi faoliyati davomida 
yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish uchun umumiy hisobda 63 mln dollar 
sarflagan. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin