1-rasm
O’zbekiston Respublikasining Qoraqalpog’iston respublikasi va Xorazm viloyati
kesimlarida google map ilovasidan olingan balandlik rakursidagi rasmi.
Ushbu rasmda:
Rasmdan ko’rinib turganidek respublikamizning
ushbu hududlarida asosiy
qamrovni barxan qumlari egallab turibdi. Barchamizga ayonki bizning
respublikamizda asosiy devorbop qurilish materiali sifatida gil tuproq asosidagi
keramik g’isht ishlatiladi, keramik g’isht devor barpo qilish uchun mukammal
material bo’lishi mumkin ammo masalaning yana bir tomoni borki unga befarq qarab
bo’lmaydi. Bu jihat shundan iboratki keramik g’isht
uchun asosiy hom-ashyo
sanaladigan gil tuproq (soz tuproq) zahiralarining respublikamiz hududid kamayib
borayotgani va ushbu tuproqning aksaryat qismi unumdor ekani masalaga jiddiy
yondoshish kerak ekanligini taqazo etadi.
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasida keramik g’isht ishlab chiqaruvchi
951 ta korxona mavjud bo’lib ular bir yil davomida deyarli 3,1 milliard standard
g’isht ishlab chiqarish quvvatiga ega. Va ushbu zavodlardagi
ishlab chiqarishning
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
398
yillik o'sish sur'atlari to'qqiz o'n foiz atrofida o'zgarib turadi. Yuqoridagi
raqamlarning nihoyatda katta ekanligi mamlakatimizda ananaviy g’isht o’rniga silikat
g’isht ishlab chiqarish va undan keng ko’lamda foydalanish kerakligini anglatadi.
Shu o’rinda silikat materiallarning ba’zi bir xususiyatlariga to’xtalib o’tamiz,
sun’iy tosh materiallar va buyumlarga sement asosidagi beton hamda qorishma, gips,
ohak va magnezial bog‘lovchilar asosidagi kompozitlar kiradi. Sun’iy tosh
materiallari olishda to‘ldirgichlar sifatida kvars qumi, shlak, kul, pemza yog‘och
qipig‘i va tolasi, qog‘oz sanoati chiqindisi va boshqalar ishlatiladi. Bu materiallarni
ishlab chiqarish umumiy texnologiyasi bog‘lovchilar va to‘ldirgichlarni aralashtirib
qorishma tayyorlash, qoliplash va qotishini tezlashtirish
kabi asosiy jarayonlardan
iboratdir. Ohak (silikat) bog‘lovchisi asosida silikat, ohak-shlakli va ohakkulli
g‘ishtlar, silikatli hamda ko‘piksilikatli va boshqa zich hamda yacheykali silikat
betonlar va temirbetonlar tayyorlanadi. Gips asosida pardevor plitalar, gipsbeton
toshlar,
qoplama listlar, arxitektura qismlari va h.k. kompozitsion buyumlar olinadi.
Ohak va gips asosida olinadigan ekologik toza kompozitsion buyumlarning ravnaq
topishi uchun kvars qumi va boshqa to‘ldirgichlarning serobligi, mineral bog‘lovchi
xomashyo zaxirasining beqiyosligi, ishlab chiqarish jarayonining energiya
tejamkorligi to‘la avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash imkoniyati asosiy sabab
bo‘ladi.
Silikat buyumlar ohak yoki u asosidagi aralash bog‘lovchilar, qum,
kukun
giltuproqli qo‘shimchalar va suv qorishmasini qoliplash va reaktor-avtoklavlarda 0,8–
1,3 MPa bosim ostida va 175–200°C bug‘ yoki bug‘-havo aralashmasi haroratda
ishlov berib tayyorlanadi. Ohak bog‘lovchi kvars qumi va suv aralashmasidan
tayyorlangan buyum avtoklavda ishlov berilganda kalsiy gidrosilikat hosil bo‘ladi:
Ca(OH)
2
+SiO
2
=mH
2
O=CaO·SiO
2
·nH
2
O
Qorishmani tashkil etuvchilarning tarkibiga qarab turli gidrosilikatlar hosil
bo‘ladi: tobermorit 5CaO·6SiO
2
·5H
2
O, kuchsiz kristallangan gidrosilikatlar: (0,8–
1,5) CaO·SiO
2
·H
2
O va (1,5–2) CaO.SiO
2
·H
2
O. Yuqori miqdorda ohakli
qorishmalardan gillebrandit 2CaO
2
·SiO
2
·H
2
O hosil bo‘ladi.
Avtoklav gorizontal holda joylashgan po‘lat silindr bo‘lib,
yon tomonlari zich
yopiladigan qopqoqlar bilan jihozlangan (2-rasm). Avtoklavning pastki qismiga
buyum ortilgan vagonetkalar yurishga mo‘ljallangan relslar yotqizilgan. Avtoklav,
issiqlikni saqlash maqsadida, issiqlik izolatsiyasi materiallari bilan qoplanadi.
Avtoklav ishlov berish jarayonini boshqarish va avtomatik nazorat qilish maqsadida
maxsus moslama, profesessor yoki kompyuterlar bilan jihozlanadi.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
399
2-rasm
Avtoklavning umumiy ko’rinishi.
Xulosa qilib shularni aytish mumkin:
- silikat materiallar shaklining bir hil silliqlikda bo’lishi ulardan foydalanish
jarayonida, qurilishda qo’llashda ortiqcha urinish va
mehnat talab qilmaydi;
- Devorbop materiallar ishlab chiqarishda hom-ashyo bazasining tahlili shuni
ko’rsatadiki mamlakatimizda devorbop materiallar ishlab chiqarish uchun gil tuproq
zahirasining yetarli emasligi va barhan qumlarining hom-ashyo zahirasi yetarli
darajada ekanligi va mustahkam devorbop materiallar olish imkoniyati bor ekanligini
ko’rsatib berdi;
Foydalanilgan adabiyotlar
1. R.A.Rahimov - Devorbop materiallar va buyumlar. Darslik
2. N.A.Samig’ov – Qurilish materiallari va buyumlari. Darslik
3. R.A.Rahimov, G.R.Ma’rupova - Сухие Строительные Смеси с
Применением Ультрадисперсных Активных Минеральных Добавок На Основе
Золы Рисовой Лузги. Ilmiy maqola.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
400