O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya


Diqqat to‟g‟risida tushuncha. Diqqat turlari



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/127
tarix18.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#100116
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   127
Psixologiya

Diqqat to‟g‟risida tushuncha. Diqqat turlari. 
Diqqat - shaxsning faolligini hamda uning obyektiv borliqdagi predmet va 
hodisalarga tanlovchi munosabatini belgilaydi. Diqqatda odam psixikasining 
moslashtiruvchi vazifasi namoyon bo‟ladi. Agar diqqat bo‟lmasa, odamda aniq 
maqsadga qaratilgan amaliy faoliyat ham bo‟lmaydi. 
Diqqat muayyan sharoitlarda va vaziyatlarda mo‟ljal olish imkonini beradi. 
Bunday sharoitlarni hisobga olish odam amalga oshirayotgan faoliyatning ongli 
ravishda kechishini va uning sermahsul bo‟lishini ta‟minlaydi. Har qanday masalaning 
va har qanday hayotiy vazifaning hal kilinishi odamdan o‟z diqqatini ana shu 
masalaning mazmuniga hamda uni bajarish uchun qilinadigan harakat usullariga 
qaratishni talab qiladi. 
Demak, diqqat qolgan barcha psixik jarayonlardan sezilarli darajada farq qiladi. 
Uning o‟ziga xosligi shundan iboratki, u aks ettirish formasi singari psixik faoliyatning 
mustaqil turi emas, balki boshka psixik jarayonlarning uyushgan faolligidir. 
Diqqat inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning va 
ularni samaradorligini ta‟minlovchi muhim shartlardan biridir. Kishi faoliyati 
qanchalik murakkab, serzahmat, davomiylik jihatdan uzoq muddatli, mas‟uliyat hissini 
taqozo qilsa, u diqqatga shunchalik yuksak shartlar va talablar qo‟yadi. Inson 
ziyrakligi, farosatliligi, tez payqashi, sinchkovligi, dilkashligi uning turmush sharoitida, 
shaxslararo munosabatida muhim omil sifatida xizmat qiladi. 
Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning xatti-
harakatlari ham uning ishtirokida sodir bo‟ladi.
Shuni alohida ta‟kidlab o‟tish kerakki, diqqat sezgi, idrok, xotira, tafakkur, 
xayol, nutq kabi alohida psixik jarayon emas. Diqqat barcha psixik jarayonlarda 
qatnashadi, ularning mahsuldorligini oshirishga ta’sir etadi. Shu boisdan diqqat 
qaratilgan obyektlar ong to‟plangan nuqtasida aniq, yaqqol aks ettiriladi. Demak, 


69 
diqqat - aqliy jarayonlarning sifati, mahsuldorligi va samaradorligini ta‟minlovchi 
insonning ichki aktivligidan iboratdir. Shuningdek, u har qanday inson faoliyatining 
zaruriy shartidir.
Psixologiyada diqqatning obyektiga ko‟ra quyidagi turlarga bo‟lish mumkin: 


Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin