O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/127
tarix18.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#100116
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   127
Psixologiya

 
Mashg„ulot mazmuni: 
Nazariy qism:
His-tuygular haqida umumiy tushuncha va ularning ifodalanishi  
Inson idrok etish, hayol surish va fikrlash jarayonlarida faqat voqelikni bilib 
qolmay, balki shu bilan birga hayotdagi u yoki bu narsalarga qanday bo`lmasin 
munosabat bildiradi. Unda ularga nisbatan u yoki bu tarzda his-tuyg`u paydo bo`ladi. 
Bunday ichki shaxsiy munosabatning manbai - faoliyat va munosabat jarayonlari 
bo`lib, u ana shunday jarayonlarda ro`y beradi, o`zgaradi, barqaror tus oladi yoki 
yo`qoladi.
Hissiyot - kishining o`z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib 
olayotganiga yoki nima bilan mashg`ul bo`layotganiga nisbatan o`zicha turli xil 
shaklda bildiradigan ichki munosabatidir.Hissiyotni boshdan kechirishning turli 


97 
shakllari - emotsiya, affekt, kayfiyat, turli hayajonlanish, stress mavjud. Ehtiros, tor 
ma‟nodagi so`z bilan aytganda, his-tuyg`ular - shaxsning emotsional soxasini tashkil 
etadiki, ular kishi xulq-atvorini tartibga solib turadi, bilishning jonli manbai, odamlar 
o`rtasidagi murakkab va ko`pqirrali munosabatlarning ifodasi bo`lib hisoblanadi. 
 Hissiyot yoki emotsiya deb kishining bilmoqchi va qilmoqchi bo`lgan 
narsalariga o`z munosabatlarini tuyg`ularidan kechirishini, ya‟ni muhitdagi narsa va 
hodisalarga, o`z ishlariga, o`ziga va o`zining qilgan harakatlariga bo`lgan 
munosabatlaridan tug`ilgan tuyg`ularga aytiladi. Bir narsadan huzurlanish yoki 
behuzur bo`lish, suyunush, qayg`urish, muhabbat, qahru-g`azab, g`ayrat va shijoat, 
qo`rqish, iztirob, tashvish, xotirjamlik kabi hollarning har qaysisi hissiyot yoki 
emotsiyaning bir misolidir.
Hissiyot manbalari haqiqatda mavjud bo`lgan har xil narsa va hodisalarki, odam 
o`z hayoti va faoliyatida bu narsa va hodisalarga to`qnashadi. Biroq har bir narsa va 
hodisani odam bevosita o`zi idrok qilmaguncha, yoki biron boshqa yo`l bilan uni 
bilmaguncha, bu narsa va hodisalar hissiyot manbai bo`lolmasligi aniqdir. Biron 
narsaga qandaydir munosabatda bo`lmoq uchun uni biron jihatdan bilmoq kerak. Shu 
sababli hissiyot hamisha sezgi, idrok, xotira yoki hayol obrazlari, fikr shu kabi bilish 
jarayonlari bilan birgalikda kechadi.
Hissiyotlar ta‟sirchanligi bilan ajralib turadi. Ular xatti-harakatlarga, fikr-
mulohazalar bildirishga turtki beradigan kuch bo`lib, kuch-g`ayratlarni oshirib 
yuboradi va stenik deb ataladi. Boshqa bir hollarda emotsiyalar sustligi, loqaydligi 
bilan ajralib turadi, his- tuyg`ularning boshdan kechirilishi kishini bushashtirib 
yuboradi va bu holat psixologiyada astenik deb ataladi (masalan, qo`rqqanidan 
oyoqlari qaltirashi, kuchli his-tuyg`uga berilib, hayolga cho`mib, o`zi bilan o`zi ovora 
bo`lib qolish hollari). 
Inson psixologiyasini bilish uchun, uning psixikasida hissiyot tomonidan bo`lgan 
farqni bilish juda muhim. Birovni yaxshi tanimoq uchun uning fikrini va harakatlarini 
bilish bilangina kifoyalanmay, balki uning hissiyoti qandayligini ham bilish kerak. 
Insonlarning hissiyotidagi farqlari quyidagi bo`lishi mumkin: 
 1-shakl 


Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin