O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/127
tarix18.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#100116
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   127
Psixologiya

Kayfiyatlar - ancha vaqt davomida kishining butun xatti-harakatiga tus berib 
turadigan umumiy hissiy holatini ifoda etadi. Kayfiyat shod-xurram yoki qayg`uli, 
tetiklik yoki lanjlik, xayajonlilik yoki mahyuslik, jiddiylik yoki yengiltaklik, jizzakilik 
yoki muloyimlik va xk. tarzda bo`ladi. 
Kayfiyat juda xilma-xil, yaqin va ancha uzoq turuvchi manbalarga ega bo`lishi 
mumkin. Turmushning butun borishidan, jumladan, ishda, oilada, maktabda 
munosabatlarning qanday yo`lga qo`yilganligidan, kishining hayot kechirishi yo`lida 
paydo bo`layotgan har qanaqa ziddiyatlar qay tarzda bartaraf etilishidan qanoat hosil 
qilishi yoki qanoatlanmaslik kayfiyatlarning asosiy manbalari hisoblanadi. Kishining 
uzoq vaqt yomon yoki lanj kayfiyat bilan yurishi uning hayotida biror narsaning 
ko`ngildagidek emasligini ko`rsatadi. 
Kayfiyat kishining butun fe‟lini bir muncha vaqtgacha bir rangga solib turuvchi 
umumiy bir ruhiy holatdir. Ko`p hollarda kishining kayfiyatiga, uning uchun juda 
muhim bo`lgan bir voqea orqasida tug`ilgan ma‟lum bir hissiyot sabab bo`ladi. Ertalab 
eshitilgan noxush xabar kishining ta‟bini kechgacha xira qilib, iztirobga solib, 
kayfiyatini buzushi mumkin. Ishda topilgan jiddiy muvaffaqiyat bir necha kungacha 
kishini shodlantirib, kayfiyatini chog` qilishi mumkin. Hissiyotning shunday qobiliyati 
borki, hissiyot uni tug`dirgan narsadan o`tib, bu narsa bilan aloqador bo`lgan boshqa 
narsalarga ham yoyiladi. Buning natijasida kishida kayfiyat deyilgan umumiy bir ruhiy 
holat paydo bo`ladi.


99 
Stress yoki kuchli hayajonlanish - psixologik tahrifga kura affekt holatiga yaqin 
turadigan, lekin boshdan kechirilishining davomliligiga ko`ra kayfiyatlarga yaqin 
bo`lgan his-tuyg`ular boshdan kechirilishining aloxida shakli (ingl. «stress» - zo`riqish) 
hissiy zo`riqishdan iboratdir. Hissiy zo`riqish xavf-xatar tug`ilgan, kishi xafa bo`lgan, 
uyalgan, taxlika ostida qolib ketgan kabi vaziyatlarda ro`y beradi. Umuman olganda, 
stress tez-tez uchrab turadigan hodisadir. Unchalik ahamiyatga ega bo`lmagan stresslar 
muqarrar va zararsiz bo`lib, xaddan tashqari ortib ketgan stress esa shaxs uchun ham, 
korxona va tashkilotlar uchun ham qiyinchiliklar, qo`yilgan maqsadlarni qo`lga 
kiritishda muammolar keltirib chiqaradi. 
Stress deganda insonning atrofdagi stimullarga yoki tashqi ta‟sirlarga jismoniy, 
kimyoviy va psixologik reaktsiyalari majmui tushuniladi. Bunda atrof-muhitdagi 
kuchlar insonning fiziologik va psixologik funktsiyalarini muvozanatdan chiqaradi. 
Stress holatini jismoniy, psixologik omillar majmui, ya‟ni stressorlar keltirib 
chiqaradi. Hayotda stresslar bo`lib turishi tufayli ularni boshqarishni, ular keltirishi 
mumkin bo`lgan zararni kamaytirishni bilish zarur.
Uzoq davom etadigan va barqaror bo`lgan emotsional holatlardan biri – 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin