O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/127
tarix18.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#100116
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   127
Psixologiya

Ma’naviy (axloqiy) his-tuyg`ular - o`z mazmuniga ko`ra, kishining kishiga va 
kengroq ma‟noda olganda, jamiyatga munosabatini bildiradi. Shaxs ijtimoiy hayotining 
barcha jabhalarida uning xulq-atvorini boshqarib turadigan axloq normalari shu his-
tuygularning tevarak-atrofdagilardan obyektiv ravishda olib turadigan baholashning 
asosi hisoblanadi. 
Intellektual (aqliy) his-tuyg`ular - shaxsning bilish jarayoniga, uning 
muvaffaqiyatliligi va muvaffaqiyatsizligiga munosabatini ifodalaydi va aks ettiradi.
Estetik (nafosat) his-tuyg`ular -  subyektning hayotida yuz beradigan turli 
xildagi narsalarga va ularning sanhatda aks ettirilishiga nisbatan allaqanday ajoyib yoki 
bemani, fojiaviy yoki kulgili, olijanob yoki jirkanchli, nafosatli yoki xunuk narsa 
sifatida munosabatini aks ettiradi va ifodalaydi.
Inson ma‟naviy, intellektual va estetik tuyg`ularni faoliyat va muomala 
jarayonida boshdan kechiradi, bahzan ularda kishining sotsial voqelikka nisbatan butun 
hissiy munosabatlari boyligini mujassamlashganligi uchun ular yuksak his-
tuyg`ular deb ham ataladi.
Iroda haqida tushuncha. Shaxsning irodaviy sifatlari .
 Iroda - shaxsning oldiga qo`yilgan maqsadlarga erishishda qiyinchiliklarni 
yengib o`tishga qaratilgan faoliyati va xulq-atvorini ongli ravishda tashkil qilishi 
hamda o`z-o`zini boshqarishidir.
Iroda tabiat qonunlarini egallab oladigan va shu tariqa uni o`z ehtiyojlariga kura 
o`zgartirish imkoniyatiga ega bo`ladigan kishining mehnat faoliyatida paydo bo`ldi.
Harakatning oldindan mo`ljallanganligi kishining bo`lg`usi harakati natijasi uning 
faoliyati motiviga, ya‟ni u nima maqsadda harakat qilishiga javob berishi haqida qaror 
qabul qilishni nazarda tutadi, shunda harakat shaxsiy ma‟no kasb etadi va subyekt 
uchun faoliyat maqsadi sifatida namoyon bo`ladi. 
Irodaviy harakatlar murakkabligi bo`yicha farqlanishi mumkin: 
3-shakl 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin