O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/127
tarix18.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#100116
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   127
Psixologiya

undovchi
 
tormozlash, to`xtatuvchi
 


102 
qarshi boglanishligi e‟tiborga olinadigan bo`lsa - muvaffaqiyatsizlikdan qutulish 
motivatsiyasi muvaffaqiyat motivatsiyasidan kattaroq kuchga ega bo`ladi demak, 
tavakkalchilik - qaror qabul qilish uchun muhim ahamiyatga ega bo`lgan voqeadir.
Irodaning asosini, xuddi umuman subyektning faolligi kabi, uning xatti-
harakatlari va ishlarining ko`p tarmoqli va xilma-xil motivlashtirilishiga sabab 
bo`luvchi ehtiyojlari tashkil etadi. 
Irodaviy harakatda uni motivlashtirishning barcha uchta tomoni - faollik manbai, 
uning yo`nalganligi va o`z-o`zini boshqarish vositalari namoyish kilingandir. 
Shunday qilib, ehtiyojlar bir xil harakatlarning bajarilishini belgilaydigan va 
boshqalarining bajarilishiga xalaqit beradigan har xil motivlarga aylanadi. Irodaviy 
harakatlarning sabablari hamisha ozmi-ko`pmi darajada anglanilgan harakterda 
bo`ladi. U yoki bu ehtiyojning qanchalik anglanilganiga bog`liq holda intilish va 
istakni ham farq qilsa bo`ladi. Yetarli darajada anglanilmagan ehtiyojdan iborat 
faoliyat motivi - intilishdir. Faoliyatning motivi sifatida ehtiyojning yetarli darajada 
tushunib yetilganligi bilan harakterlanashi - istakdir. Malakali yosh muxandis mehnat 
unumdorligini yanada oshirish istagini bildirib, yangi ilg`or texnologiya yordamida o`z 
chizmalarini yanada takomillashtirish to`g`risida o`ylaydi, o`z ish jadvalini qayta 
ko`rib chiqib, har bir harakatini hisobga oladi. 
Irodaviy xatti-harakatning so`nggi jihati - ijrodir. Unda qaror harakatga aylanadi, 
irodaviy xatti-harakatda yoki ishlarda kishi irodasi namoyon bo`ladi.
Irodaviy xatti-harakatning eng muhim bo`g`inlari - qaror qabul qilish va uni ijro 
etish - ko`pincha alohida hissiy holatning irodaviy zo`r berish sifatida tavsiflanadigan 
holatning kelib chiqishiga sabab bo`ladi. Irodaviy zo`r berish bu hissiy xayajon shakli 
bo`lib, kishining harakatga qo`shimcha motivlarni vujudga keltiruvchi, gohida yo`q 
bo`luvchi yoki yetarli bo`lmagan ichki resurslarini (xotirasi, tafakkuri, hayoli) safarbar 
etuvchi sabablardir. Irodaviy zo`r berish natijasida bir xil motivlarning harakati 
to`xtatlib, boshqalarining harakatini haddan ziyod kuchaytirish mumkin bo`ladi. Burch 
hissi bilan tug`ilgan irodaviy kuch-g`ayrat tashqi to`siqlarni bartaraf etishga va harakat 
qilishga safarbar etadi. Irodaviy kuch-g`ayrat ishlatish natijasida dangasalik, qo`rquv, 
charchash kabilar ustidan qozonilgan g`alaba anchagina hissiy zavq beradi, o`z 
ustingdan erishilgan g`alaba kabi boshdan kechiriladi. Tashqi to`siq yengib o`tish 
lozim bo`lgan ichki qiyinchilik, ichki qarshilik kabi boshdan kechiriladigan bo`lsa u 
irodaviy zo`r berishni talab qiladi. Irodaviy kuch-g`ayrat sarflash odati matonatli fe‟l-
atvorni shakllantirishning majburiy sharti bo`lib xizmat qiladi. 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin