103
qamrab oladi. Hayol badiiy, konstruktorlik, ilmiy adabiy, muzikaviy va umuman ijodiy
faoliyatining zarur tomoni sifatida namoyon bo`ladi.
Hayol tasavvurning avval idrok qilinib xotirada qolgan materiallardan vujudga
keladi. Hayolning asosiy vazifasi hamisha sezgi va idrok yo`li
bilan hosil qilingan
narsalarni qayta ishlovidan iboratdir.
Hayol yo`q narsadan ijod qila olmaydi. Tug`ma
garang odam tovushni hech tasavvur qila olmagandek, tug`ma ko`r ham hech mahal
ranglarni hayoliga keltirib tasavvur qila olmaydi.
Hayolda oddiy bir stol yasash uchun stolning qanday shaklda bo`lishini, uning
balandligini,
kengligini, oyoqlari qanday maxkamlanishlarini, ovqatlanish stoli,
labaratoriya stoli yoki yozish stoli sifatida o`zining belgilangan
xizmatiga qanchalik
javob berishini oldindan tasavvur qilish lozim. Qisqa qilib aytganda, ishni boshlashdan
oldin bu stolni tayyor ko`ra bilish talab qilinadi.
Hayol inson ijodiy faoliyatining zarur elementi bo`lib, mexnatning oxiri va oraliq
maxsulotlarda o`z ifodasini topadi, shuningdek muommali vaziyat noaniqlik ko`rsatgan
hollarda xulq-atvor dasturini tuzishni tahminlaydi. SHuning bilan birga hayol aktiv
faoliyatni programmalashtiruvchi emas, balki uning o`rnini
almashtiruvchi timsollar
hosil qilish vositasi sifatida yuzaga chiqadi.
Hayol tafakkur bilan chambarchas bog`langandir. Hayol ham tafakkur singari
kelajakni oldindan ko`rish imkoniyatini beradi.
Tafakkur bilan hayol o`rtasidagi umumiylik hamda ular o`rtasidagi farqlar
nimalardan iborat?
Hayol tafakkur singari, muammoli vaziyatda, ya‟ni masala
yechishning yangi usullarini qidirib topishda yuzaga keladi.
Tafakkur singari hayol
shaxsning ehtiyojlariga asoslanadi. Ehtiyojlarni qondirishning real jarayonidan oldin
ehtiyojlarni qondirishning soxta, hayoliy jarayoni sodir bo`ladi, ya‟ni bu ehtiyojlarning
qondirilishi mumkin bo`lgan vaziyatni jonli, yorqin tasavvur qilish mumkin.
Hayol shunday jarayonki, u xatto tafakkur uchun kerak bo`lgan to`la
va zarur
bilimlar bo`lmagan joyda ham biror qarorga kelish hamda muommali vaziyatdan
chiqish imkonini beradi. Fantaziya tafakkurning qandaydir bosqichlaridan «sakrab
o`tish» va so`nggi natijani tasavur qilish imkonini beradi.
Hayol o`zining aktivligi va faoliyati bilan harakterlanadi. Hayolning
passiv
Dostları ilə paylaş: