55
Xulosa.
Etnik
madaniyat, xalq an'anaviy ijodi hozir zamonaviy san'at bilan
uyg‘unlashib, modernizatsiyalashib, o‘z navbatida xalq ijodi ham zamonaviy
san'atni xalqqa, ko‘pchilikka yaqin, tushunarli qilish orqali rivojlanish yo‘lidan
bormoqda. Shuning uchun etnik madaniyatni faqat uzoq o‘tmishga taalluqli,
o‘zgarmaydigan san'at, ijod turlari,
marosimlar, an'analar, bayram va
tomoshalar deb qaramaslik, balki, uni xalq ijtimoiy hayoti bilan mudom
dialektik bog‘liq u bilan birga transformatsiyaga uchrab, kishilarning ma'naviy-
madaniy qiziqishlari va innovatsiyalar ta'sirida modernizatsiyalashib keladigan
voqelik sifatida qarash kerak. Lekin, etnik madaniyatdagi o‘zak, ya'ni o‘zbek
xalqiga xoslik mudom saqlanib qoladi. Respublikamiz madaniyatshunoslari
madaniyatda ikki, ya'ni,
bir tomondan, o‘zgarmaydigan ichki (o‘zak qatlam)
va ikkinchi tomondan, tashqi ta'sirlar, ijtimoiy-tarixiy rivojlanish, ob'yektiv
omillar ta'sirida o‘zgarib turadigan ustki qatlam mavjud deganida yuqoridagi
jarayonlarni nazarda tutgan.
Ijtimoiy-madaniy infrastrukturani yangi talablar va ko‘rsatkichlar asosida
qayta tashkil etmay, nodavlat madaniyat o‘choqlarini ma'naviy
hayotimizning
tarkibiy qismiga aylantirish qiyin. Xalqimiz madaniy-maishiy xizmat soxasida
xususiy oshxona, kafe, kompyuterxonalar va videoxonalar ochmoqda. Ushbu
izlanishlarni xalq etnik madaniyatiga ham tadbik etish maksadga muvofivdir.
Birok, biz xalq etnik madaniyatini o‘rganish va targ‘ib qilish mutloq pullik
madaniy xizmat-kommersiya orqali rivojlanadi, degan fikrni bildirishdan
uzoqmiz. Xalq ijodi va san'atida azaldan ixtiyoriylik
hamda pullik xizmat
ko‘rsatish yonma-yon kelgan, ularning qachon pullik va kqachon ixtiyoriy
bo‘lishini tomonlar o‘zaro kelishgan tarzda xal etgan. Ushbu etno
madaniy
an'anaga amal qilish, bizning fikrimizcha, etnik madaniyatning o‘z
ichki
qonunlariga muvofiq rivojlanishini ta'minlaydi. Etnik madaniyatning rivojlanishini
oilaviy yoki maxalla doirasi bilan cheklab, chegaralab bo‘lmaydi, aks holda
etnik madaniyat oilaviy-maishiy marosimlardangina iborat bo‘lib qoladi. U
56
butun jamiyatni, xalqni, millatni ijodiy-madaniy jarayonlar sub'yektiga
aylanishini hamda maxsus ijtimoiy-madaniy institutlar (ma'naviyat va
madaniyat saroylari,
xalq ijodiyoti uylari, teatrlar va b.)ning faol ma'naviy-
ma'rifiy va targ‘ibot ishlarini talab etadi.
O‘zbek etnik madaniyatini rivojlantirish xalqimizning nafaqat tarixiy-
madaniy qadriyatlarni sevishi, ulardan xabardor bo‘lishi, xuddi shuningdek,
ularning etnomadaniy hayotda faol sub'yektlar sifatida qatnashishini
ta'minlaydigan ijtimoiy omillarga am bog‘lashdir. Ushbu omillarga kishilarning
ma'lumoti, bo‘sh vaqti va undan foydalanish ko‘nikmalari, madaniy
qiziqishlari, ijtimoiy- madaniy institutlarga qatnashi, uy-joy sharoiti kabilar
kiradi.
Madaniyat bilan sivilizatsiya o‘rtasida umumiylik ya'ni birlik mushtaraklik
bor. Ular orasida yana tafovutlar (farq)lar ham mavjud. Umumiylik shundaki,
ikkisi ham tarixiy taraqqiyot jarayonida xalq ommasi yaratgan,
tarixan tarkib
topgan, moddiy va ma'naviy boyliklar, qadriyatlar yig‘indisi negizida rivojlanadi.
Madaniyat bilan sivilizatsiya orasidagi tafovut shundaki, sivilizatsiya inson
bilan insoniyat jamiyatining madaniy o‘zgartiruvchilik moddiy va ma'naviy
madaniyatni yaratuvchilik faoliyatining bir bosqichi, darajasidir.
Xulosa qilib aytganda o‘zbek etnomadaniyati jahon sivilizatsiyasidagi roli
beqiyosdir.