“hamkorbank” atb bank kartalarini foydalanishga berish va ularga xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida ommaviy oferta



Yüklə 213,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix19.04.2023
ölçüsü213,45 Kb.
#100655
1   2   3   4   5   6   7   8   9
53a3bec6563eb074945bd825a22b2a39

10. Fors – major holatlar 


_________________ _________________ 
10 
10.1. Yengib boʻlmaydigan kuchlar (fors-major) holatlari - bu taraflarning irodasi, xohishi 
va faoliyatlariga bogʻliq boʻlmagan tabiat hodisalari (zilzila, koʻchki, boʻron, qurgʻoqchilik 
va boshqalar), ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal, davlat manfaatlarini koʻzlab 
import va eksportni taqiqlash va boshqalar), xalqaro, banklararo va bankning elektron 
toʻlov hamda taʼminot tizimidagi nosozlik, bankning dasturiy taʼminot tizimiga qilingan 
tahdid (uchinchi shaxslar tarafidan qilingan hujumlar) sababli yuzaga kelgan sharoitlarda 
taraflarga qabul qilingan majburiyatlarni bajarish imkonini bermaydigan favqulotda, oldini 
olib boʻlmaydigan va kutilmagan holatlardir. 
10.2. Fors-major holatlari yuzaga kelgan vaqtda taraflar ushbu holatlar bartaraf etilguniga 
qadar shartnoma boʻyicha oʻzaro majburiyatlarini bajarishdan ozod boʻladilar. 
10.3. Yuzaga kelgan Fors-major holatlari haqida hamda ushbu holatlar yakunlanganligi 
haqida taraf ushbu holatlar yuzaga kelgan yoki bartaraf etilgan vaqtdan boshlab, 3 (Uch) 
bank kuni ichida bu haqda ikkinchi tarafni yozma ravishda xabardor qilishi lozim.
10.4. Fors-major holatlari yuzaga kelganligi yoki bartaraf etilganligi haqidagi 
xabarnomalar taraflarda mavjud boʻlgan barcha aloqa vositalari orqali yuborilishi mumkin.
10.5. Fors-major holatlari 30 kun mobaynida bartaraf etilmagan taqdirda taraflar ushbu 
shartnomani oʻzaro hisob-kitob qilgan holda muddatidan oldin bekor qilishga haqli 
boʻladilar. 
 
11. Nizolarning hal etilishi 
11.1. Taraflar mazkur shartnomani bajarish vaqtida yuzaga kelgan kelishmovchilik yoki 
nizolarni muzokara yoʻli bilan hal etadilar.
11.2. Oʻzaro kelishuv imkoniyati boʻlmaganda, huquqi buzilgan taraf tarafidan yuborilgan 
talabnoma yoki ogohlantirish xatiga ikkinchi taraf mazkur talabnoma yoki ogohlantirish 
xatida koʻrsatilgan muddat ichida javob berishi lozim. 
11.3. Talabnoma yoki ogohlantirish xati tarafga shaxsan topshirish, elektron pochta 
manziliga yuborish yoki pochta aloqa xizmati orqali shuningdek, BK foydalanuvchisi 
tomonidan taqdim qilingan telefon raqamiga xabarnoma yuborish yoʻli bilan amalga 
oshiriladi.
11.4. Tinch yoʻl bilan hal etilmagan nizolar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida 
belgilangan tartibda sud orqali hal etiladi. 

Yüklə 213,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin