_________________ _________________
5
4. Taraflarning majburiyatlari
4.1.
BK foydalanuvchisi quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:
4.1.1. Mazkur shartnoma shartlariga muvofiq BKdan foydalanish.
4.1.2. BK PIN-kodini belgilash, almashtirish va uni hech kimga maʼlum qilmaslik.
4.1.3. Agar PIN-kod uch marta notoʻgʻri kiritilgan boʻlsa, BK foydalanuvchisi darhol
emitentga ariza bilan murojaat qilishi va oʻzining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini
taqdim etish.
4.1.4. Mazkur shartnoma oʻz kuchini yoʻqotgandan keyin BKni hech qanday shartlarsiz
bankka qaytarish.
4.1.5. Bank xizmat haqlarini belgilangan tariflar doirasida toʻlash.
4.1.6. Emitent bank hamda toʻlov tizimi dasturlaridagi texnik nosozliklar va xatoliklar
natijasida BKda ortiqcha mablagʻlar hosil boʻlib qolsa, ushbu mablagʻlarni
emitent
bankka qaytarish.
4.1.7. Shartnomaning majburiy shartlariga rioya qilish:
a) uyali aloqa raqami oʻzgargan taqdirda, bu haqda darhol bankka yozma xabar
berish;
b) turar joyi va/yoki pasport maʼlumotlari, ismi sharifi familiyasi oʻzgarganda,
shuningdek, karta yoʻqotilgan yoki oʻgʻirlangan taqdirda, darhol bankka yozma/yoki
elektron xabar berish.
4.1.8. PIN-kodli
konvertning berilishida, BK foydalanuvchisi PIN-kodli konvertga
tashqi shikast yetkazilmaganligini tekshirish.
4.1.9. BK foydalanuvchisi qoʻshimcha BK Saqlovchisini ushbu shartnoma shartlari va
bank tarifi bilan tanishtirish.
4.1.10. Oʻzbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan
olingan daromadlarni
legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurollarini
tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarida
nazarda tutilgan tegishli hujjatlarni bankning talabiga binoan taqdim etish;
bankning
soʻrovi, tegishli hujjatlarni taqdim etish;
4.1.11. Harakatsiz omonatlar boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish omonatchi
tomonidan toʻliq yoki qisman talab qilinganda, bank rahbari nomiga harakatsiz omonat
hisobvaragʻini tiklash boʻyicha yozma ariza taqdim qiladi.
Harakatsiz omonat
hisobvaragʻi boʻyicha barcha operatsiyalar omonatchi yoki uning qonuniy vakilining
shaxsini tasdiqlovchi hujjati tekshirilgan holda arizasiga asosan amalga oshiriladi.
4.2.
Bank quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:
4.2.1. BK foydalanuvchisining KHni BK boʻyicha
amalga oshirilgan barcha
tranzaksiyalari boʻyicha tegishli buxgalteriya amaliyotlarini amalga oshiradi..
4.2.2. Tegishli tarzda rasmiylashtirilgan toʻlov hujjatlari olingan kundan eʼtiboran bir
bank ish kuni ichida BK foydalanuvchisining foydasiga tushgan pul mablagʻlarini KHga
kirim qilish.
4.2.3. BK foydalanuvchisining KHdan tranzaksiyalar boʻyicha bir ish kuni mobaynida
toʻlovlarni olish va hisobvaraq boʻyicha koʻchirmalarda ularni aks ettirish.
4.2.4. BK foydalanuvchisidan BK yoʻqolganligi yoki oʻgʻirlanganligi toʻgʻrisida
yozma/yoki ogʻzaki murojaat olingan taqdirda,
BKdan foydalangan holda
operatsiyalarning amalga oshirilishini toʻxtatib qoʻyish choralarini koʻrish.
4.2.5. BK foydalanuvchisiga BKga xizmat koʻrsatish boʻyicha undiriladigan vositachilik
haqining miqdori uni undirish tartibi toʻgʻrisida xabardor qilish.
4.2.6. Bank BK foydalanuvchisining telefon raqamiga tariflarga oʻzgartirish kiritish
kuchga kirishidan kamida oʻn kun oldin, xabarnoma yuborish hamda oʻzgartirishlarni
bankning «www.hamkorbank.uz» saytiga kiritib borish.
_________________ _________________
6
4.2.7. Bank tomonidan BK boʻyicha amaliyotlar toʻxtatib qoʻyilganda,
bank amaliyot
toʻxtatilgan sanadan boshlab keyingi ish kunidan kechiktirmagan holda BK boʻyicha
amaliyotlar toʻxtatilganligi va uning sabablari yuzasidan xabarnoma (maʼlumotnoma)
yuboradi. Xabarnoma bank kartasi foydalanuvchisining uyali aloqa raqamiga
yuboriladi.(SMS tarzidami yoki Push tarzidami, hozirgi kunda amalda bo‘lyaptimi?)
Dostları ilə paylaş: