“hamkorbank” atb bank kartalarini foydalanishga berish va ularga xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida ommaviy oferta


tarkibiy tuzilmalar, shu jumladan, bank xizmatlari markazlari/bank xizmatlari



Yüklə 213,45 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/9
tarix19.04.2023
ölçüsü213,45 Kb.
#100655
1   2   3   4   5   6   7   8   9
53a3bec6563eb074945bd825a22b2a39

tarkibiy tuzilmalar, shu jumladan, bank xizmatlari markazlari/bank xizmatlari 
ofislari/ Boshqarmalar/Boʻlinmalar. 
 
2. Shartnomaning predmeti (Umumiy qoidalar) 
2.1. Mazkur shartnoma bank tarafidan BK orqali oʻzaro hisob-kitoblar boʻyicha xizmatlar 
koʻrsatish yuzasidan bank bilan BK foydalanuvchisi oʻrtasida oʻzaro munosabatlarni 
tartibga soladi.
2.2. Bank BK foydalanuvchisi vaqtincha foydalanishga beradi va bank kartasi yordamida 
oʻzaro hisob-kitoblar boʻyicha xizmat koʻrsatadi. 
2.3. BK foydalanuvchisi bank xizmatlarini ushbu shartnomaning shartlariga muvofiq 
toʻlaydi. 
3. Shartnoma shartlari
3.1. Taraflar mazkur shartnoma boʻyicha oʻzlarining yuridik manzili, (doimiy roʻyhatdan 
oʻtgan manzili), ismi, sharifi, familiyasi va uyali aloqa raqami(lari), pasport maʼlumotlari 
(tarafarning rekvizitlari) shartnomaning muhim sharti deb belgilab olishdilar. 
3.2. Bank BK emissiyasini jismoniy shaxslar mazkur shartnomani toʻliq hajmda qabul 
qilish toʻgʻrisidagi arizaga asosan amalga oshiradi. 
3.3. BK shartnoma tuzilgan paytdan boshlab 3 (Uch) ish kuni mobaynida, ushbu 
shartnomaning shartlariga muvofiq bank tarifida koʻzda tutilgan summalar toʻlanishi sharti 
bilan emissiya qilinadi. 
3.4. BK foydalanuvchisi mazkur shartnomani toʻliq hajmda qabul qilish toʻgʻrisidagi 
arizani tegishli filialga taqdim qilishi bilan zarur hollarda ssuda hisobraqamini ochishga 
roziligini bildirgan hisoblanadi. 
3.5. KH boʻyicha maʼlum davrga oid koʻchirma, faqat BK foydalanuvchisining arizasiga 
binoan taqdim qilinadi. 
3.6. BK Toʻlov tizimi tomonidan oʻrnatilgan, lekin virtual kartalar 1 (bir) yildan oshmagan 
muddatga, xalqaro Visa va Union pay tizimidagi kartalar 3 (uch) yildan oshmagan 
muddatga, UzCard va Humo tizimidagi kartalar esa 5 (besh) yildan oshmagan muddatga 
beriladi. 
3.7. BKni olish uchun bankda milliy soʻm yoki xorijiy valyuta (AQSH dollari yoki 
Yevro)da KHni ochish lozim. 
3.8. KHni bloklanishi KH boʻyicha operatsiya oʻtkazilishini toʻxtatishga olib keladi hamda 
ushbu KH boʻyicha ochilgan barcha BKlardan foydalanish huquqini yoʻq qiladi. 
3.9. Bloklangan BK boʻyicha operatsiya oʻtkazilishini toʻxtatish ushbu KH boʻyicha 
ochilgan boshqa BKlardan foydalanish huquqini yoʻq qilmaydi. 
3.10. KHning yopilishi ushbu KH boʻyicha ochilgan barcha BK larning yopilishiga olib 
keladi. 
3.11. BK foydalanuvchisi ushbu shartnoma shartlariga muvofiq bank oldidagi 
majburiyatlari yuzasidan, shuningdek, Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda 
BK foydalanuvchisi nomiga rasmiylashtirilgan barcha KHlar orqali pul mablagʻlarini 
yechib olishga roziligini bildiradi. Bank tomonidan BK va KH yopish toʻgʻrisida ariza 
qabul qilingandan soʻng bank toʻlov topshiriqnomasi boʻyicha kelib tushgan pul 
mablagʻlarini karta hisobraqamiga kirim qilmaydi. Bunday toʻlovlar bank tomonidan 
toʻlovchining maʼlumotlari boʻyicha qaytariladi. 
3.12. Emissiya qilingan BKni mijoz bank ofisiga tashrif buyurgan holda yoki kuryer orqali 
yetkazib berilishini tanlash huquqiga ega.


_________________ _________________ 

3.13. BK emissiya qilingan sanadan boshlab BK foydalanuvchisi tomonidan bankdan 3 
(oy) mobaynida olib ketilmagan taqdirda, BK yoʻq qilinadi va bank tarifi asosida olingan 
ustama haqi BK foydalanuvchisiga qaytarilmaydi. 
3.14. BKni qayta chiqarish BK foydalanuvchisining arizasi asosida BK foydalanuvchisi 
tomonidan bankdan olib ketilmagan BKning muddati tugagunga qadar bank tomonidan 
yangi muddatga qayta chiqarilishi mumkin. 
3.15. BK foydalanuvchisi tomonidan bankdan olib ketilmagan BKning ishlash muddati 
tugaganda yangi muddatga BK qayta chiqarilmaydi. 
3.16. BK foydalanuvchisining nomiga qoʻshimcha BK uning arizasi asosida asosiy BK 
bilan birga yoki asosiy BK chiqarilganidan soʻng chiqarilishi mumkin. 
3.17. BKning muddati tugamasdan turib BKni qayta chiqarish uchun zaruriyat tugʻilganda 
BKni qayta chiqarish uchun bankka ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
3.18. BK yangi ishlatish muddati bilan chiqariladi va ushbu BK muddati BK chiqarilgan 
oydan boshlanadi. 
3.19. BKni yoʻqotish/sindirish, BK ning mexanik shikastlanishi, BK foydalanuvchisining 
BKda koʻrsatilgan familiyasi va yoki ismi oʻzgarishi va muddati tugaguncha boshqa 
sabablarga koʻra, BKning qayta chiqarilishi BK foydalanuvchisining arizasi asosida Bank 
tariflarida koʻrsatilgan tegishli ustama haqi olinishi sharti bilan amalga oshiriladi. 
3.20. Garov depoziti bank tarifiga asosan KHga kirim qilingan birinchi mablagʻdan ushlab 
qolinadi. Garov depoziti uchun birinchi kirim qilingan pul mablagʻi yetmagan taqdirda 
keyingi kirim qilingan pul mablagʻidan ushlab qolinadi. 
3.21. Shartnoma shartlariga muvofiq, KHga kirim qilingan pul mablagʻlaridan haq olinishi 
mumkin. 
3.22. BK foydalanuvchisi BKni yoʻqolganligi yoki undan ruxsatsiz foydalanilganligi fakti 
aniqlanishiga darhol bu haqda bankka 0 800 1 200 200 yoki 1256 (Oʻzbekiston boʻylab 
pullik) qisqa raqamli telefoniga bogʻlanib xabar beradi va oʻzining shaxsni tasdiqlovchi 
hujjat (pasport/ID karta, yoki kodli soʻzni taqdim etish) orqali tegishli maʼlumotlarni 
taqdim qiladi. Bunda BK yoʻqolganligi yoki undan ruxsatsiz foydalanilganligi toʻgʻrisida 
xabarnoma olinganidan keyin bank darhol BKni blokirovka qiladi. 
BK foydalanuvchisi BKni yoʻqolganligi yoki undan ruxsatsiz foydalanilganligi fakti 
aniqlanishiga mustaqil ravishda “Hamkor mobile” ilovasi orqali ham BKni Blokirovka 
qilishi mumkin. 
3.23. BK foydalanuvchisi toʻlov xizmatlari haqidagi axborotni hamda muzkur shartnoma 
yuzasidan vujudga kelishi mumkin boʻlgan masalalar yuzasidan 24 soat mobaynida 0 800 
1 200 200 yoki 1256 (Oʻzbekiston boʻylab pullik) raqam orqali ma`lumot olishi mumkin. 
3.24. BK foydalanuvchisi mazkur shartnomani toʻliq hajmda qabul qilish toʻgʻrisidagi 
arizada koʻrsatib oʻtgan telefon raqami orqali bank bilan aloqaga chiqish vositasi sifatida 
kelishib olganligini anglatadi.
3.25. BK foydalanuvchisi BKga tegishli boʻlgan rekvizitlarni, shu jumladan, 16 raqamdan 
iborat boʻlgan karta raqami amal qilish muddati (xalqaro toʻlov tizimlariga xos boʻlgan 
CVN (CVV/SVC) kodlar) elektron toʻlov tizimlari orqali BK foydalanuvchisi koʻrsatgan 
aloqa vositasiga yuborilgan maxfiy tasdiqlash kodini (shu jumladan har qanday uchinchi 
shaxslar tomonidan BK foydalanuvchisining aloqa qurilmasiga kelib tushgan tasdiqlash 
kodlari) hech kimga oshkor qilmasligi hamda aloqa qurulmasi uchinchi shaxslarga 
topshirganida BKdan foydalanish huquqini beruvchi mobil ilovalarni maxfiy kod bilan 
himoyalash choralarini koʻrishi zarur. 
3.26. BK yuzasidan amalga oshiriladigan toʻlovlar uch ish kunidan yigirma besh ish 
kuniga qadar boʻlgan muddat ichida toʻlov tizimlarida amalga oshiriladi (Clearing) 
3.27. BK foydalanuvchisi mazkur shartnomani toʻliq hajmda qabul qilish toʻgʻrisidagi 
arizani Bankka taqdim qilish bilan birga Bank tomonidan tariflarga oʻzgartirish kiritib 
borilishiga roziligini bildiradi. 

Yüklə 213,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin