МЕЖДУРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ АКАДЕМИЧЕСКИХ НАУК 83
2)
ta’lim (tarbiya)mazmuni;
3)
ta’lim (tarbiya)jarayoni (xususiy tarbiya va ta’lim);
4)
lar (o‘qitishningtexnika vositalari);
5)
tarbiyaviy ishlarni tashkiliy shakllari.
Innovatsiya chuqurroq bilim olish, o‘rganish, o‘zlashtirish, keng hajmdagi
bilimlarni olishga qaratilmog‘i yaxshi natijalar berishi mumkin.
Bular doimiy pedagogik muammo bo‘lib kelayotgan: o‘quv-tarbiyaviy faoliyat
motivatsiyasini oshirish, dars jarayonlarida o‘quv materialni hajmini oshirish,
o‘quv jarayonini jadallashtirish, vaqtni tejash, ko‘proq ilg‘or metodlardan
foydalanish, o‘quv-tarbiyaviy ishlarda interfaol usullardan foydalanish, ilg‘or
texnologiyalarni qo‘llash, axborotkommunikatsiya texnologiyalarni joriy
qilishdan iborat. Yuqori natijalar beradigan yangi g‘oyalar, yangi nazariy bilimlar
beruvchi, shaxsni rivojlanishiga olib keluvchi, tom ma’nodagi innovatsiyalarni
yaratish, izlash, joriy etish talab etiladi.
Ko‘plab umumiy va xususiy loyihalarni tahlil etib, pedagogik nazariya va
amaliyotga tadbiq etilish xususiyat va holatlarini o‘rganish asosida
umumpedagogik innovatsiyalarni quyidagi ko‘rinishlarini belgilash mumkin:
1.
Juda yangi bo‘lmasa-da, doimiy faol bo‘lgan, o‘zining g‘oyasi, ahamiyati
jihatdan eskirmagan, o‘quv jarayonini optimallashtirishga xizmat qiladigan
o‘quv-tarbiya texnologiyalari.
2.
Gumanistik pedagogika mohiyatini ifodalovchi texnologiyalar.
3.
Pedagogik tizim jarayonidagi boshqaruvlarni yangi g‘oya, yondashuvlar
asosida tashkil etilishini ta’minlovchi texnologiyalar.
4.
Yangi g‘oyalar, axborot vositalari va ommaviy kommunikatsiyalarga
asoslangan texnologiyalar.
Innovatsion faoliyat– pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olg‘a boshlovchi,
taraqqiyettiruvchi, zamon bilan birga qadam tashlashga yordam beruvchi kuch
sanaladi.
Innovatsion faoliyat– bu ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba-sinov
ishlarini olib borish yoki boshqa fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda
yangi texnologik jarayon yoki yangi takomillashtirilgan sharoitda yangi mahsulot
yaratish bilan yakunlanadi. Innovatsion faoliyatning asl mazmuni amalda yangi
texnologiyaning shakllanishi bo‘lib, uning natijasi innovatsiya sifatida yuzaga
kelgan ixtironi loyihaga, loyihani texnologiyaga aylantirishga yo‘nattirilgan
faoliyatdir