42
Hozirgi vaqtda O‟zbekistonda 110 muzey bor. Ularning 28tasi (shu jumladan
yirik muzeylarning filiallari ham) vazirlik ixtiyorida. Turli kolleksiyaga ega
bo‟lgan muzeylarning mavjudligi O‟zbekistonning ijtimoiy va madaniy
rivojlanishini xususiyatlarini aks etdiradi.
Muzeylar madaniy, tarixiy, badiiy
me‟rosimiz, xalqlar dini va e‟tiqoti, ularning an‟analari bilan tanishtirib,
yoshlarimizni vatanparvarlikka va buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanishga o‟rgatadi.
Respublika muzeylarining ichida 3 ta muzey-qo‟riqxona: Samarqand, Buxoro,
Xiva («Ichan-Kala»); 3ta yirik badiiy muzeylari: O‟zbekiston Davlat san‟at muzeyi
(Toshkent shahari); Davlat xalq-amaliy san‟ti muzeyi, Nukus shaharidagi Saviskiy
nomidagi Davlat san‟at muzeyi mavjud.
O‟zbekistonda yagona bo‟lgan (Toshkent sh.) Tabiat muzeyi 120 yildan beri
mavjuddir. Muzey jamgarmasida 1.5 mln. ekponatlar bor. Qadimiy muzeylardan
biri- O‟zbekiston xalqlarining tarixi muzeyi respublika tarixini o‟rganish bo‟yicha
ilmiy tekshiruvlar olib boryapti. A.Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi juda
katta kitob va qo‟lyozma jamgarmasiga ega. O‟zbekiston
tibbiyot muzeyi
(Toshkent) tibbiyot bilimlari tashviqoti, ekologiya muammolari, sanitariya va
gigiyena tarixi bilan tanishtiradi. Abu Ali ibn Sinoga bagishlangan zali bor.
Toshkentda Olimpiya shon-sharafi muzeyi, Urush va
mehnat sharafi muzeyi,
kino san‟ati muzeyi tashkil qilingan; badiiy ko‟rgazma direksiyasi, RTVS
«O‟zeksposentr», U.Tansikbayev, Tamara xonum, A.Qahhor, G‟afur G‟ulom
muzeylari ishlaydi. Har bir viloyatda o‟lka muzeylari mavjud. Angren, Sirdaryo,
Urganchda badiiy galereyalar ochilgan.
Andijon, Namangan va boshqa bir qator shaharlarning o‟lkashunoslik
muzeylarida hozirgacha eskirgan ekspozitsiyalar mavjud. Bundan tashqari, Qarshi,
Urganch, Buxoro singari qadimiy tarixga ega shaharlar qanchalik ulug‟vor
bo‟lsada, ularda hozirgacha o‟zlarining o‟lkashunoslik muzeylari yo‟qligi
ta‟kidlandi.
O‟zbekiston madaniyati vazirligi xalqaro «Oltin meros» xayriya fondi,
Badiiy
akademiyasi bilan birgalikda muzeylarning kelajak faoliyatini yaxshilash dasturini
43
yaratdi. Respublikaning madaniy hayotidagi yutuqlarini tashviqot qilish maqsadida
«Moziydan sado» jurnali yaratildi. Xorij tajribasidan ma‟lumki muzeylardan
turizm faoliyatida keng foydalaniladi. Shu sababdan mavjud muzeylarimizni keng
targ‟ibot qilish orqali turizm maqsadida foydalanish hozirgi kunning dolzarb
masalasidir. Jahon
tibbiy turizmini rivojlantirishga omil bag‟ishlash maqsadida
Turkiya tibbiy turizm uyushmasi, Turkiya sog‟liqni
saqlash vazirligi hamda
Madaniyat va turizm vazirligining qo‟llab–quvvatlashida Tibbiy turizm bo‟yicha
to‟rtinchi xalqaro kongressni tashkil etdi.
Kongerss ishida dunyoning 25dan ortiq mamlakatidan kelgan mutaxassislar
butun dunyoda va alohida turli mintaqalarda tibbiy va davolash–sog‟lomlashtirish
turizmini rivojlantirish tamoyillarini muhokama qildilar.
“O‟zbekturizm” MK va Sog‟liqni saqlash vazirligi vakillaridan iborat bo‟lgan
O‟zbekiston delegatsiyasi tadbir doirasida respublikaning turistik salohiyati va
sog‟liqni saqlash tizimining rivojlaninshi to‟g‟risida axborot taqdim etdi. Bundan
tashqari, Turkiya tarafi vakillari bilan tibbiy turlarni amalga oshirish borasida
muntazam tajriba almashish to‟g‟risida muzokaralar olib borildi.
Kongress ishi davomida ta‟kidlandiki, yildan–yilga tibbiy turizm dunyoning
turli mamlakatlaridan o‟n minglab kishilarni jalb etmoqda, bunga turli kasalliklarni
davolashda yuqori malakali yordam ko‟rsatishga
tayyor xalqaro tibbiy
markazlarning ochiqligi prinsipli imkon yaratyapti. Tibbiy turizmning mashhur
bo‟layotganiga boshqa mamlakatda bir vaqtning o‟zida davolanish, dam olish va
uning o‟ziga xos madaniy jihatlari bilan tanishish imkoniyati ham omil
bag‟ishlayapti.
Shuni
aytish lozimki, O‟zbekiston davolash–sog‟lomlashtirish turizmini
rivojlantirish uchun noyob tabiiy resurslarga ega. Mamlakatda tabiatni muhofaza
qilish to‟g‟risidagi qonun hujjatlari e‟tirof etgan bir qator rekreatsiya zonalari
(Chimiyon–Chorvoq, So‟qoq, Oqsoqota–Parkent, Pargos–Oq tosh va boshqa
zonalar)
yer osti suv resurslari, shu jumladan turli kimyoviy tarkibli 60dan ortiq
ma‟danli suv manbalari, shuningdek shifobaxsh xususiyatlarga ega bo‟lgan
musaffo tog‟ havosi mavjud hududlar oz emas.
44
O‟zbekiston Respublikasi hududida turizmning
maxsus turlarni rivojlantirish,
ularni kengroq targ‟ib etish butunjahon turizm olamida yurtimizning omad sari
tashlangan samarali qadami bo‟lgan bo‟lar edi. Turizmdagi maxsus turlar hozircha
turizm
turlari
emas.
Maxsus
turlarning
ayrim
turlarini
hozirdanoq
ommaviylashtirishning katta imkoniyatlari bor. Masalan, tobora unutilib
borayotgan dorbozlik o„yinlarini qaytadan tiklash, doimiy dorbozlik maskanlarini
belgilash lozim. Bunday holatda turistlarni bu o„yinlarga taklif qilish vaqtlari aniq
bo„ladi.
Xuddi shuningdek, ko„pkari-uloq 2-3 oy davom etadigan, turistlarning
katta oqimlarini o„ziga jalb qiladigan g„oyat qiziqarli turistik obyekt. Bu turni
ommaviylashtirish uchun eng muhim muammo turistlarni kutib olish, xizmatlarni
tashkil qilish, joylashtirish, dam olish, ovqatlantirish va tunashi sharoitlarini tashkil
qilish ishlarining haligacha boshlanmaganligidir.
5-jadval
Dostları ilə paylaş: