Sharq filologiyasi va falsafa fakulteti


Ishning nazariy va amaliy asoslari



Yüklə 421,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix20.04.2023
ölçüsü421,06 Kb.
#101191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Sharq filologiyasi va falsafa fakulteti kurs ishi

Ishning nazariy va amaliy asoslari. Tadqiqotning nazariy asoslarini
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari, Aristotelning ilmiy-
falsafiy, ijtimoiy-axloqiy, siyosiy asarlari, rossiyalik va g‘arb mutafakkirlarining 
Aristotel ijodiga oid tadqiqotlari, turli yillarda nashr etilgan ilmiy-monografik 
risolalari, asarlari tashkil etadi. 
Tadqiqotning uslubiy asoslarini xolislik, tizimlilik, nazariy-deduktiv xulosa 
chiqarish, analiz va sintez, tarixiylik va mantiqiylik, qiyosiy tahlil kabi ilmiy-
falsafiy tamoyillar tashkil etadi. 
 
Ishning nazariy va amaliy ahamiyati. Tadqiqotning nazariy ahamiyati 
shundaki, uning xulosalaridan ijtimoiy-falsafiy tafakkurni kengaytirishda, mustaqil 
fikrni shakllantirishda, falsafa tarixiga bo‘lgan ijobiy munosabatni shakllantirishda 
foydalanish mumkin. 
Tadqiqotning amaliy ahamiyati esa, hozirgi kunda turli ta’limotlarni 
o‘rganib, atroflicha tahlil qilib, zamonamiz talabiga binoan to‘g‘ri xulosa chiqarish 
va ulardan yoshlarimizni ilmiy-ma’naviy dunyoqarashlarini kengaytirishda, 
barkamol inson qilib yetishtirishda foydalanishda namoyon bo‘ladi. 
Kurs ishining strukturasi. Ish kirish, ikki bob, to‘rt band, xulosa va foydalanilgan 
adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, umumiy hajmi 35 betni tashkil qiladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



I – Bob. Aristotel ta’limotining jahon falsafasi taraqqiyotida tutgan o‘rni 
1.1. Aristotelning hayoti, ijodi va falsafa tarixida tutgan o‘rni 
Pelopones jangi Qadimgi Yunonistondagi shahar — davlatlarning chuqur 
inqirozga yuz tutishiga olib keldi. Yunon shaharlari o‘rtasida to‘xtovsiz, uzoq 
davom etgan o‘zaro urushlar turli tabaqalardan iborat jamiyatda boylar bilan 
kambag‘allar, oligarxlar bilan oddiy fuqarolar o‘rtasidagi ziddiyatlarning yanada 
keskinlashuviga olib keldi. 
O‘zining harbiy yurishlari bilan jahonga dong‘i kstgan Aleksandr 
Makedonskiy o‘z davrida qudratli hisoblangan Fors davlati ustidan g‘alaba 
qozongach, janubi-g‘arbiy Osiyoning ko‘pgina qismini zabt etib, Yevropa va 
Osiyo xalqlarini birlashtirgan buyuk davlatni barpo etadi. 
Ana shunday bir davrda ilm-fanning rivojlanishiga o‘zining bebaho hissasini 
qo‘shgan buyuk mutafakkirlardan biri Aristotel (milodimizdan avval 384—322) 
edi. Aristotel antik davrdagi yunon falsafasi va ilm-fani taraqqiyotida yangi davrni 
yaratdi. Aristotel quldorlar sinfining o‘rtamiyona vakili bo‘lgani uchui 
demokratiya tarafdori edi. 
Aristotel Egey dengizi bo‘yidagi Frakiyaning Stagira shahrida tug‘ilgan. 
Uning otasi Makedoniya podshosi Aminta II ning saroy tabibi edi. U 15 yoshlik 
chog‘ida ota-onasidan judo bo‘ladi. Aristotel har tomonlama o‘qimishli homiy qo‘l 
ostida ta’lim-tarbiya ko‘radi. O‘n yetti yoshida ustozi va do‘sti Platon tashkil etgan 
Akademiyaga o‘qishga kirib, yigirma yil davomida, yani Platon vafotigacha shu 
dargohda ta’lim oladi. Manbalarda keltirilishicha, Aristotel Platonning do‘stlari va 
shogirdlari orasida aql-zakovati, ilmga bo‘lgan qiziqishi bilan alohida ajralib turar 
edi. Aristotel juda bilimdon bo‘lganligi sababli ustozi Platon bilan turli 
masalalarda bahslashib turar, ayrim hollarda unga e’tiroz ham bildirar edi. 
Haqiqatparvar mutafakkir o‘z ustozining falsafa borasida yo‘l qo‘ygan xatolariga 
befarq qaray olmagan. 
Aristotel Makedoniya podshosi Filippning iltimosiga binoan, uning o‘g‘li 
Aleksandrga 3 yil davomida ta’lim-tarbiya berib boradi. Hoknmiyatni boshqarish 



16 yoshli Aleksandrga qolgach, davlat ishlari uning ta’lim olishiga imkon 
bermaydi. Otasidan qolgan qudratli davlatni kengaytirish maqsadida Aleksandr 
Makedonskiy Sharq va G‘arbga yurishlar uyushtirib, jahonning ko‘pgina qismini 
zabt etishga muyassar bo‘ladi. Ana shunday g‘olibona yurishlarida o‘zining eng 
yaqin maslahatchisi sifatida Aristotelni ham birga olib yuradi. O‘n ikki yil safardan 
keyin Aristotel 334 yili ellik yoshida Afinaga qaytib keladi. 
Tarixiy adabiyotlar va ilmiy manbalarda yozilishicha, Aristotel Aleksandr 
Makedonskiy bilan yurishlar chog‘ida juda katta ilmiy ishlar uchun ma’lumotlar 
to‘plash bilan shug‘ullangan. Ana shu materiallari asosida o‘zining asosiy 
asarlarini umrining so‘nggi yillarida yozgan. Aristotel Afinaga ulug‘vor 
Makedoniya saroy ahillari bilan do‘stona munosabatda bo‘lgan, hurmatli va obro‘li 
kishi sifatida qaytib kelgandi. Tarixiy manbalarda ko‘rsatilishicha, Makedoniya 
podshosi Aleksandr Aristotelni tabiiy-ilmiy tadqiqot ishlarini keng olib borishi 
uchun moddiy jihatdan ta’minlab turgan. Ana shu imkoniyatlar tufayli Aristotel 
milodimizdan avvalgi 335 yili Afinada o‘zining xususiy maktabi — Likkeyni 
ochishga erishadi. Maktab Appolon Likkey ibodatxonasi yaqinida ochilgani uchun 
shunday nomlangan. Aristotel bu maktab bog‘ida o‘z shogirdlari bilan sayr qilib
ma’ruza o‘qir edi. Keyinchalik uning sayr qilib ma’ruza tinglovchi shogirdlarini 
perepatetiklar (ya’ni sayr qilib yuruvchilar) deb atadilar. Aristotel tashkil etgan 
maktab juda katta kutubxoiaga ham ega bo‘lgan ekan. 
Aleksandr Makedonskiy hayotiniig so‘nggi yillarida Aristotelning Afina 
zodagonlari bilan munosabati ancha yomonlashadi. Aleksandr Makedonskiyning 
o‘limidan keyin Aristotelning Afinada qolishi juda xavfli bo‘lib qoladi. Chunki 
o‘sha davrda Yunonistonda, xususan, Afinada Aleksandr Makedonskiy 
hukmronligiga qarshi qattiq kurash boshlangan edi. Shuning uchun Aristotel 
milodimizdan avvalgi 323 yili ta’qiblardan qochib, Afinani tark etadi va Evbey 
orolidagi Xalkidaga ko‘chib keladi. Oradan bir yil o‘tgach, 322 yili o‘sha yerda 
vafot etadi
7

7
Ғарб фалсафаси. –Тошкент: Шарқ, 2004. –Б. 123. 



Aristotel vafotidan ilgari Afinadagi o‘z kutubxonasini shogirdi Teofrastga 
qoldirganligi hamda o‘ziga yaqin bo‘lgan kishilarga, hatto o‘z qullariga ham 
mehribonlik qilganligi uning vasiyatida o‘z ifodasini topgan. 
Aristotel faqat ulkan faylasufgina emas, balki ko‘pgina fan sohalarida qalam 
tebratgan zabardast mutafakkir edi. U mantiq, psixologiya, falsafa, etika, ritorika, 
tabiiy fanlar bo‘yicha o‘lmas asarlar yozib qoldirgan. Aristotel ilmiy tadqiqotlar 
olib borgan, tekshirilgai barcha fan sohalari borliqni o‘rganishga qaratilgan. 
U mantiqqa oid barcha asarlarinn «Organon» nomli yirik to‘plamiga 
kiritgan. Aristotelning fikricha, mantiq o‘ziga xos bilim quroli bo‘lib, falsafaning 
muqaddimasi hisoblanadi. 

Yüklə 421,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin