Sharq filologiyasi va falsafa fakulteti



Yüklə 421,06 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix20.04.2023
ölçüsü421,06 Kb.
#101191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Sharq filologiyasi va falsafa fakulteti kurs ishi

 
 
 
 
 
 


27 
2.2 Abu Nasr Forobiy va Ibn Sinoning borliq haqidagi qarashlariga 
Arastuning ta’siri 
Yangi aflotuncha tamoyillar Kindiy, Roziy, Forobiy va Ibn Sino falsafiy 
qarashlarida namoyon bo‘lgan. Kindiy tafakkurida ko‘proq Arastu unsurlari 
ustunlik qilsa, Abu Bakr Zakariyo Roziyda Aflotun qarashlari kuchliroq edi. 
Biz bilamizki, falsafadagi asosiy masala “nega borliq mavjud?” degan savoldir. 
Mazkur savolga beriladigan javobga qarab, falsafa tarixida turli davrlarda bir-
biridan farqlanuvchi falsafiy qarashlar vujudga kelgan. Arastu bu savolga shunday 
javob berganki, uning javobi Aflotun javobining o‘zginasi emas. Ammo, uning 
javobiga munosabati va aloqasi bor. Forobiyning bu masalaga bergan javobi, 
yunon falsafasining bu ikki buyuk namoyondasi javobidan tubdan farq qiladi.
Forobiyning fikricha, borliq xudodir va faqat ugina mohiyatlarga vujud 
bag‘ishlaydi. Forobiy falsafa tarixida birinchi bo‘lib mavjudotlarni ikki qismga: 
aqliy vujudga va mohiyatga, mohiyatlarni esa to‘qqiz javhar va oraz (aksidensiya) 
tushunchasiga taqsim qiladi. Vaholanki, Arastuning o‘nta kategoriyasi, vujud 
ma’quloti bo‘lib, mohiyat tushunchasi emas. Binobarin, bunday taqsimlash tarzi 
ahamiyatsiz va shunchaki bir ish emas. Uni hikmat asoslariga kiritilgan juz’iy 
o‘zgartirishgina deb emas, balki islom falsafasidagi asosiy masalalarga qo‘yilgan 
yechimlar rejasi, deb qabul qilmoq kerak. Shunga asosan endi haqiqat va sababiyat 
tushunchalari mutlaqo boshqacha ma’no kasb etadi. Forobiy aytganidek, haq 
xudodir va haqiqatning boshqa ma’nolari uning asarlarida xuddi shu ma’noda 
qo‘llaniladi. Zero, barcha mavjudotlar ilmi ilohiyda mavjud bo‘lib, nimaiki ilohiy 
qazoda bor bo‘lgan bo‘lsa, qadar darajasiga tushib qolgan, deydi u
25
. Xuddi 
shuningdek, haqni azaliy, deganda, alloma aynan mana shu ma’noga asosiy 
e’tiborni qaratadi. Bunga qo‘shimcha sifatida yana shuni aytish mumkinki, 
sababiyat ham uning asarlarida boshqacha ko‘rinish va talqinga ega bo‘lib, ko‘proq 
faollik ma’nosini kasb etadi. Bu ma’nolarning hech birini yunon faylasuflari 
asarlaridan topa olmaymiz. Agar diqqat bilan kuzatsak, shu narsa ma’lum 
25
Ризо Доварий Ардаконий. Форобий – муассис фалсафайе исломи. –Б.123-124 (форс тилида). 


28 
bo‘ladiki, islom falsafasida yunon falsafasiga xos bo‘lmagan biror yangi masala 
o‘rtaga qo‘yilsa, bu faqat diniy mulohazadan kelib chiqibgina shunday qilingan, 
deyish mutlaqo noto‘g‘ridir. Chunki, aksariyat hollarda bunday masalalar yangi 
usulning zaruriyati tufayligina yangicha tarzda qo‘yilgan, xolos. Shuning uchun 
ham Forobiyni ma’lum ma’noda islom falsafasining muassisi, ya’ni asoschisi, deb 
bilmoq kerak.
Forobiy “Al-jam’e bayne royil hakimin” “Ikki hakim qarashlari o‘rtasidagi 
jamlanma”
26
kitobining muqaddimasida ushbu mulohazalarini qayd etadi: 
“Ko‘rdimki, zamona ahli olamning ibtidosi va uning paydo bo‘lishi, shuningdek, 
yaratilganlik va azaliylik masalalarida bir-birlari bilan nizo qiladilar, xohladimki, 
ushbu nizolarni bartaraf qilsam”
27
.
Forobiy bu nizolarni qanday qilib bartaraf etdi?-degan savol tug‘iladi. Haqiqat 
shundan iboratki, u Aflotun qarashlarini ham, Arastu fikrlarini ham isbot qilib 
o‘tirmadi, balki ularning har ikkisi qarashlarini o‘z falsafasi asosida tafsir qildi. 
Uning bu tafsiri faqat ilohiy bilim bilangina chegaralanmaydi, balki falsafaning 
barcha tarkibiy qismlarini ham qamrab oladi.
Forobiy fikricha, nazariy ma’rifat “Birinchi ibtido”ni tushunish asosi bo‘lib, 
unga binoan barcha mavjudotlar, Undan va uning uchun vujudga kelgandirlar”. 
Forobiy falsafa va hikmatni madaniy jamiyatni boshqarish uchun shart deb bildi va 
jiddu-jahd bilan moddiy olamdan chiqib, yuqori darajadagi olamga qadam qo‘yish, 
deb tavsifladi.
Forobiy fikricha, nazariy hikmat, ya’ni xudovandni tanish ilmi uzoqdagi sabab 
bo‘lsa, ilmning o‘z zoti, ya’ni borliq dunyodagi voqealarning sabab va oqibat 
aloqalarini bilish yaqindagi sabablardandir. Uning yozishicha, “hikmat afzal 
mavjudotlar haqidagi afzal ilmdir”
28
.
Forobiy aqidasiga ko‘ra, moddadan uzoqlashish Plotin uslubidagi ruhning 
badandan uzoqlashishi ma’nosida emas, balqi jismoniy zaruriyat va moddiiyotdan 
aqliy amallar sari izlanish natijasida borliqning eng oliy mavzusi bo‘lgan birinchi 
26
Форобий, Абу Наср. Икки ҳаким қарашлари ўртасидаги жамланма. –Байрут. 1960 (араб тилида)
27
Ризо Доварий Ардаконий. Форобий – ислом фалсафаси муассиси. –Б.133 (форс тилида). 
28
Забиҳулло Сафо. Ислом маданиятида ақлий илмлар тарихи. –Теҳрон, 1923, 1-жилд, –Б.188. (форс тилида) 


29 
sababga aqlan yaqinlashishdir. Moddadan poklanish tushunchasi Forobiy 
falsafasida shunday ma’noga egadirki, unda inson o‘z zehnini shunday 
sayqallashtirishi kerakki, bundan keyin uni hech qanday moddiy narsa o‘ziga jalb 
qila olmasligi lozim va uning barcha zarracha va qismlari yuqoridagi olam tomon 
to‘planib, doiraviy shakldagi harakat bilan bir-biridan ajraluvchi mavjudotlarni 
bosib o‘tib, qudratli vujud nuqtasi bo‘lgan birinchi sabab tomon yuzlanishi zarur.
Forobiy “aql bilquvva” va faol aqlni moddadan holi ravishda idrok etmagan. U 
moddaning foniy bo‘lishi bilan yo‘qoladi, -deb hisoblaydi. Faqat foydalanilgan 
aqlgina tushunchalarni faol aqlning fayzi tufayli bevosita va moddadan beniyoz 
holda qo‘lga kiritib, uni idrok eta oladi. Bu shuning uchun ham yuz beradiki, uning 
taalluqli joyi moddadan holi bo‘lgan mavjudlik bo‘lganligidan faol aql bilan 
birlashgandan so‘ng faqat shu aqlgina yashab qolib, qiyomat kunining lazzat yoki 
alam, mukofot yoki uqubatlarining mazasini totib ko‘radi. Bunday nuqtai nazarni 
ta’kidlash, shuni isbotlaydiki, Forobiy Aflotunga qarshi o‘laroq, hech bir nafsoniy 
qusurlarni, jumladan, shahvoniy, g‘azabli fe’l va xatti-harakatlarni, hatto hasad, 
berahmlik, baxillik va karomatli ishqni ham yaxshi ham, yomon ham 
hisoblamaydi. Uning fikricha, bu aytilganlarni baxt-saodat yoki badbaxtlikdagi 
o‘rni va maqomiga qarab, xayr (yaxshilik) yoki sharr (yomonlik) holatiga 
aylantirish mumkin
29
.
Vujud, mavjudot tarkibi, ilmlar tasnifi Ibn Sinoning borliq, mavjudot haqidagi 
ontologik ta’limotini Forobiy ta’limotining davomi, rivoji deb ta’riflash mumkin.
Ibn Sino vujudni ikkiga: zaruriy vujud-vojib ul-vujud va mumkin ul-vujud – 
vujudi mumkinga ajratadi. Zaruriy vujud hamma mavjud narsalarning 
boshlang‘ichi – birinchi sababi – ya’ni Allohdir, undan kelib chiquvchi boshqa 
borliq narsalar vujudi mumkindir
30
.
Birinchi yagona vujuddan kelib chiquvchi vujudlar, mavjud borliqning turli 
tuman shakllari, boshlang‘ich yagona vujudning ifodalanishidir. Asta-sekin kelib 
chiquvchi borliq shakllari, ya’ni so‘nggi vujudlar sabab-oqibat munosabati 
29
Абу Наср Форобий. Фазилат, бахт-саодат ва камолот ҳақида. –Т.: Ёзувчи. 2002, –Б.39.
30
Хайруллаев М.М. Абу Али ибн Синонинг илмий-фалсафий ва ижтимоий қарашлари. Ўзбекистонда 
ижтимоий-фалсафий фикрлар тарихидан лавҳалар. –Т.: Ўзбекистон, 1995. –Б.63.


30 
shaklida o‘zaro bog‘liqdir. Birinchi vujudning xislatlari undan kelib chiquvchi 
barcha vujudlarga o‘tib boradi. Vujud haqidagi fikrlar, mavjudot shakllarining 
o‘zaro bog‘lanishi, emanatsiya Ibn Sinoning “Kitob ash-shifo”, “Kitob an-najot”, 
“Donishnoma” kabi asarlarining metafizika bo‘limida har tomonlama bayon 
etilgan.
Ibn Sino vujudi mumkinni javhar (substansiya) va oraz (aksidensiya)ga ajratadi. 
Javhar turli ko‘rinishlarga ega bo‘lib, u sodda va murakkabdir. Sodda javhar 
boshlang‘ich unsurlar – olov, havo, suv, yerdan iborat, shuningdek, modda va 
shaklning birligidan tashkil topib tabiat, o‘simlik, hayvonot, inson shaklida 
mavjuddir
31
deydi.
Ibn Sinoning borliq haqidagi qarashlarida biz asosan Beruniy bilan 
yozishmalarida Arastu izdoshi ekanligini bilib olamiz. 


Yüklə 421,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin