International Islamic Academy of Uzbekistan
Volume 3 | IIAU Conference 1 | 2022
Google Scholar indexed
Scientific-Theoretical and Practical Issues of
Psychology of Religion in Uzbekistan
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-252-253
252
May 21
https://ares.uz/ Republican Scientific and Practical Conference
BUXORO AMIRLIGINING TA’LIM TIZIMI
Xusniddin Xolmatov,
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tayanchi doktoranti
Yurtimizdagi Buxoro,
Samarqand, Termiz, Nasaf, Xiva, Toshkent, Marg‘ilon
kabi shaharlar musulmon sharqidagi ilmiy-madaniy markazlar qatorida shuhrat
qozongan. Samarqand ro‘yi zaminning sayqali bo‘lsa, Buxoro islom dinining quvvati
va qudrati sifatida butun olamga ma’lum. Buxoro madrasalari
tarixiga oid maxsus
tizimga solingan ma’lumotlar XX asr boshlarida paydo bo‘la boshladi. Mazkur
madrasalari haqidagi muhim va qimmatli ma’lumotlarni Abdurauf Fitrat, Muhammad
Sharif Sadri Ziyo,
Said Mansur Olimiy, Sadriddin Ayniy kabi mualliflarning
asarlaridan olishimiz mumkin.
XX asr boshlarida Buxoro Markaziy Osiyo, Kavkazorti, hozirgi
Tatariston va
Boshqirdiston hududlari uchun islom dinining markazlaridan biri sifatida muhim
ahamiyatga ega bo‘lgan.
Buxoro amirligida faoliyat yuritgan madrasalar soni manbalarda turlicha
keltirilgan. Xususan, o‘sha davrda yashab
ijod qilgan Abdurauf Fitrat, Sadriddin
Ayniylarning yozishicha 200 ta madrasa bo‘lgan. Turkiston general gubernatorligi
hisoboti bilan bog‘liq arxiv hujjatlarida 1914-yilda Buxoro amirligida 350 ta
madrasa faoliyat yuritgani qayt etilgan[1].
Buxoro amiri Said Olimxon (1910-1920)
hokimiyat tepasiga kelgach, barcha
sohalarda bo‘lgani kabi ta’lim tizimida xam qator islohotlarni amalga oshirdi. Maktab
va madrasalar faoliyatini takomillashtirishni davlat siyosati darajasiga ko‘tarib, bu
ishga bosh vazir (qushbegi) va bosh qozi (qozikalon)ni mas’ul qilib qo‘ydi. Amir
1911 yil mart oyida “Ta’lim to‘g‘risida” farmon chiqardi. Unga ko‘ra, madrasa
talabalariga turli hoshiyalar o‘qitilmasligi, tafsir va
hadis rasmiy dars sifatida
o‘qitilishi; davlat xazinasiga olingan vaqflardan yig‘ilgan pullarga shaharning turli
yerlarida maktablar qurish hamda ularga muallimlar tayinlash; muallim olim, xushxat
va xushqiroat bo‘lishi; ularga maktablarning vaqflaridan tashqari davlat xazinasidan
yillik 120 so‘m maosh tayinlash; tahsil uchun bolalardan pul olmaslik; maktablarga
bir nozir tayinlash va u xar oy maktabni taftish qilib amirga hisobot berishi belgilab
qo‘yildi [2].
Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida o‘sha yilning aprel
oyida shahardagi barcha maktablar muallimlari Registonga
chaqirilib, Nasrullo qushbegi tomonidan ularning xar biriga 15