International Islamic Academy of Uzbekistan Volume 3


International Islamic Academy of Uzbekistan



Yüklə 0,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix20.04.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#101256
1   2   3
buxoro-amirligining-ta-lim-tizimi

International Islamic Academy of Uzbekistan 
Volume 3 | IIAU Conference 1 | 2022
Google Scholar indexed 
Scientific-Theoretical and Practical Issues of 
Psychology of Religion in Uzbekistan 
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-252-253 
 
 
 
 
 
253
 
May 21 
https://ares.uz/ Republican Scientific and Practical Conference 
so‘mdan maosh berilgan. Oylik tarqatilgach, qushbegi muallimlarga bolalar ta’lim-
tarbiyasiga jiddiy qarab, sifatli darslar tashkil etishlari bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan 
[3]. 1913 yil sentyabr oyining boshida Buxoro shaxrida yangi tipdagi 3 bo‘limli: 
yozish va hisob xonasi, qiroatxonadan iborat maktab binosining qurilishi boshlanib, 
unga birinchi gishtini qozikalon qo‘ygan [4]. 
Amir Olimxon buyrug‘iga binoan, 1913 yilda Buxoro shahrida yangi madrasa 
qurilib, unda tafsir, hadis, kalom, usuli fiqh, hisob, tajvid, tarix fanlarini o‘qitish 
yo‘lga qo‘yilgan. “Vaqt” gazetasida chop etilgan Imom Sobirjon Mustofiyning 
“Buxoroda madrasa ta’sis etiluv munosabatila” nomli maqolasida madrasaning bosh 
mudarrisi etib toshkentlik Xolmurod afandi tayinlangani, mudarris Sadriddin 
maxdum hisob, handasa, faroiz, mudarris Ibodulla Maxdum fatvo fanlaridan dars 
bergani haqida ma’lumot berilgan. Amir Olimxon bu madrasani tashkil etish haqida 
qushbegi nomiga buyruq chiqarganida mulla Qamariddinning ta’siri ostida bir necha 
mufti va beklar madrasani tashkil etilishiga qarshilik qiladilar. Ular madrasada 
dunyoviy fanlarning o‘qitilishiga keng o‘rin ajratilganidan norozi bo‘lib, bu masalada 
Burxoniddin qozikalonga murojaat kilishgan. Qozikalon bu ishning boshida shaxsan 
amirning o‘zi turganini aytib, ularning noroziligiga chek qo‘ygan[5]. 1913 yil 
oktyabrda Amir Olimxon topshirigiga binoan Nasrullo qushbegi va Burxoniddin 
qozikalon shahardagi barcha madrasa mudarrislari faoliyati o‘rganib, axloqiy yetuk 
va bilimli mudarrislarni tahsil berishga loyiq deb topganlar va noloyiqlari ishdan 
chetlashtirganlar[6].
Xulosa qilib aytganda, Amir Olimxon ma’rifatparvar xukmdor sifatida maktab 
va madrasalardagi ta’lim tizimini islox kilish va rivojlantirish mamlakat tarakkiyoti 
uchun nechogli axamiyatli ekanligini anglab, bu borada sezilarli uzgarishlarni amalga 
oshirdi. 

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin