O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti amanova nigoraning


 Maktabgacha ta’lim muassasalari o‘quv mashg’ulotlarida



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/15
tarix23.04.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#101676
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
622d061c01b1886c4b4f051797decfe3 Maktabgacha ta’lim muassasalari o‘quv mashg‘ulotlarida Al Beruniy va Ibn Sinolarning bola tarbiyasiga doir qarashlaridan samarali foydalanish”

2.2. Maktabgacha ta’lim muassasalari o‘quv mashg’ulotlarida 
Beruniyning axloqiy va mehnat tarbiyasiga doir qaraShlaridan samarali 
foydalanishnig imkoniyatlari. 
Buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniy yoshlarni tarbiyalashda aqliy
axloqiy, mehnat tarbiyasi, nafosat tarbiyasi, oila tarbiyasi, insonning shaxsiy 
gigiyenasi, xalqlar o`rtasidagi do`stlik, hamkorlik haqidagi tushunchalar katta 
ahamiyatga egadir. Olim axloqlilikning belgilari sifatida yaxshilik, to`g`rilik, 
adolat, kamtarlik, sahovat, olijanoblik, do`stlik va hamkorlik, mehnat va hunar 
egallash, poklik, go`zallikka intiliSh kabilarni ilgari surgan. Bularning barchasini u 
yaratgan asarlaridagi ijtimoiy-falsafiy fikrlarga bog`lab tushuntirgan. 
Zero, mashhur Amrikolik tarixchi olim J.Sarton jahon fani tarixida XI-
asrning birinchi yarmini Beruniy davri deb atadi. Shuningdek, uni o`z davrining 
jahondagi birinchi donishmandi deb baholaydi. Beruniyning ham tabiiy, ham 
ijtimoiy fanlarni qamrab olgan 150 dan ortiq yirik ilmiy asarlar yaratganligi ham bu 
fikrning o`rinli ekanligini tasdiqlaydi. Olimning axloqiy qarashlari vositasida 
bolalarga tarbiya berilsa, ko’zlangan natijaga tez va sifatli erishiSh imkoniyati katta 
bo’ladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga axloqiy tarbiya berishda har xil 
metod va usullardan foydalaniladi. Axloqiy tarbiya metodlari - bolalarning axloqiy 
tasavvur va bilimlarini egallab olishi, ularda madaniy xulq va ijobiy 
munosabatlarni, shaxsning axloqiy his-tuyg‘ulari va sifatlarini tarbiyalashga 
qaratilgan faoliyat usulidir. Axloqiy tarbiya metodlari quyidagi guruhga bo‘linadi: 
– axloqiy tasavvur va bilimlarni, ularni bajarish xohishini shakllantirishga 
qaratilgan metodlar: 
– axloqiy his-tuyg‘ular va munosabatlarni rag‘batlantirishga qaratilgan 
yordamchi metodlar: 
Guruh metodlari axloqiy his-tuyg‘ular va shaxsiy sifatlarni tarbiyalashni 
ta’minlaydi. shuningdek, ko‘rsatmali, og‘zaki metodlar, tushuntirishni ko‘rsatish 


bilan qo‘Shib olib borish. Tarbiyachining hikoyasi, o‘qib berish, axloqiy 
mavzularda suhbatlar (rasmga qarab, tajribaga asoslanib, o‘qilganlar bo‘yicha), 
kuzatish, rasmlarni namoyish qilish, bolalar adabiyoti va hayotdagi ijobiy 
misollardan foydalanish asosida olib boriladi. 
Yuqorida keltirilgan metodlar orqali bolalarga axloqiy me’yor va qoidalar, 
ijtimoiy hayot voqealari o‘rgatiladi, ularda axloqiy tasavvur va tushunchalar 
shakllantiriladi. 
Bu metodlarga quyidagi asosiy talablar qo‘yiladi: bolalarning yaxshilik va 
yomonlik to‘g‘risidagi tasavvurlarini e’tiborga olish; aqliy, xulq-atvor meyorlarini 
muhokama qilish uchun maxsus yaratilgan vaziyatda bolalarning o‘zlarini faol 
qatnashtirish; har bir bolaning his-tuyg‘usiga ehtiyotlik bilan munosabatda bo’lish. 
Bolani noo‘rin tanqid qiliSh, uning ustidan kulish, unga nisbatan e’tiborsizlik qilish 
yaramaydi. Barcha metodlardan ma’lum izchillik bilan kompleks ravishda 
foydalaniladi. 
Har bir metod o‘ziga xos bo‘lib, ma’lum vazifani bajaradi. Buni bir qator 
misollar orqali ko‘rib chiqamiz. Tushuntirish ko‘pincha bolalarga yangi axloqiy 
tushuncha, me’yor, qoida bayon qilib borilayotganda ishlatiladi. Tushuntirish 
kattalarning jonli so‘zi va namunasiga asoslanadi. Masalan; ro‘paradan kelayotgan 
tanish kishiga xushmuomalalik bilan salom berish uchun avvalo, bir oz to‘xtab, u 
kishining yuziga qarab kulimsirab «Assalomu alaykum» deyish va yana yo‘lida 
davom etish kerak. Tushuntirish va ko‘rsatish tabiiy holda bo’lishi kerak. Axloqiy 
mavzulardagi suhbatni maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning hamma 
guruhlarida qo‘llash mumkin. Tushuntirish yorqin bo‘lib, bolalarning his-
hayajoniga yetarlicha ta’sir etishi kerak. Bu metodning asosiy vazifasiga 
quyidagilar kiradi: 
– bolalarda ijobiy-axloqiy hislarni uyg‘ota olish, ertak qahramonlariga 
hamdardlik bildirish hamda yutug‘idan quvonish va muvaffaqiyatsizligiga 
birgalashib achinish; 


– bolalarga tushunarsiz bo‘lgan ayrim axloq qoidalarining mazmunini ochib 
berish; 
– axloqiy mavzulardagi hikoyalardan mashg‘ulotlarda, sayrlarda, bolalarning 
o‘z hayoti bilan bog‘liq bo‘lgan joylarda foydalanish. Axloqiy mavzulardagi 
suhbatlar orqali bolalar axloq me’yorlari va qoidalarini, ijobiy xulq shakllarini 
egallabgina qolmay, Shu bilan bir qatorda ularda axloq qoidalari va meyorlariga 
nisbatan talab yuzaga keladi. 
Bolalarning axloqiy tajribalarini kengaytirib borish xulqning axloqiy 
sabablarini aniqlab borish kerak. Suhbat jarayonida bolalar o‘z fikr-mulohazalarini 
aytishlariga keng imkon beriladi. Shunda ular har bir xatti-harakatini ongli 
ravishda, axloq me’yorlari va qoidalari doirasida bajarishga urinadilar. Shuningdek, 
bolalarga badiiy adabiyotlarni o‘qib berish, san’at asarlari va amaliy san’at 
buyumlarini tomosha qilish, musiqa va ashula eshitish bolalarda estetik hisni 
uyg‘otadi hamda axloqiy qoida va meyorlarni singdirib boradi. 
Amaliy va o‘yin metodlari - o‘yin mashqlar, muammoli vaziyatlar, 
izlanuvchanlik faoliyati, pedagogik masalalarni yechish, didaktik va harakatli, 
sahnalashtirilgan o‘yinlar inssenirovka bolalarning hamma faoliyatiga rahbarlikni 
ham shu guruh metodlariga kiritish mumkin. 
Metodlar axloqiy tasavvur va tushunchalarni mustahkamlashga, bolalarda 
axloqiy tajribani to‘plashga, axloq meyorlari va qoidalarini ongli ravishda egallab 
olishga yordam beradi. O‘yin kichik bog‘cha yoshidagi bolalar uchun mashq 
hisoblanadi va axloqiy xulq va odatlarni tarbiyalashning eng ta’sirli usulidir. Unga 
qoidalarni mashq qildirish-foydali odatlarni qaytarish kabilar kiradi. 
Muammoli vaziyat o‘zining ahamiyati jihatidan mashqqa juda yaqin turadi, 
ammo uning o‘ziga xos tomoni bolada faollik, ijodkorlik, mustaqillik namoyon 
bo’lishi uchun sharoit yaratadi. Dastlab hikoya-vaziyat (tugallanmagan hikoya) 
tavsiya etiladi, masalan, birorta hikoya ma’lum yerida to‘xtatiladi. Tarbiyachi 
bolalarga hikoyadagi qahramonlar xulqini baholashni tavsiya etadi. Bolalarning 


javoblari muhokama etiladi va hikoyadagi ijobiy insoniy xulq haqida bir fikrga 
kelinadi. Axloqiy tarbiya metodlaridan tarbiyachi bolalarda ijobiy axloqiy sifatlarni 
mustahkamlaSh bola xulqidagi saibiy tomonlarni bartaraf etish maqsadida 
foydalaniladi. Bunda tushuntirish, ishontirish, suhbat shakllari qulay bo‘ladi. 
Rag‘batlantirish va jazolash axloqiy tarbiyaning qo‘shimcha metodi bo‘lib, u 
asosiy metodlarga ta’sir etishning o‘ziga xos vositasi bo‘lib xizmat qiladi. 
Tarbiyachi boladagi ijobiy xatti-harakatni faollashtirish yoki bo‘lmasa, bolani 
yomon qiliqlardan qaytarish uchun rag‘batlantirishdan foydalaniladi. 
Bolalar bog‘chasida rag‘batlantirish shakllari: maqtaSh, ma’qullaSh, bolaga 
o‘yinda boSh rolni berish. Jazo shakllariga esa tanbeh, ma’qullamaslik, yaxshi 
qurgan o‘yinchog‘ini bermaslik kiradi. Jismoniy jazo qat’iyan man etiladi. 
Jazoning bosh vazifasi yuzaga kelgan nizolarni bartaraf etish, yangisining yuzaga 
keliShiga yo‘l qo‘ymaslik. 
Axloqiy odatlarni tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari quyidagilardan 
iborat: 
1. Axloqiy tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish, ya’ni pedagog va 
bolalarning o‘zaro munosabatlari bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan 
qaraShga asoslaniShi kerak. 
2. Pedagogik jarayonni shunday tashkil etish kerakki, unda bolaning o‘zi 
ijobiy odatlarni egallab borsin, salbiy xususiyatlarni yo‘qotishga intilsin. 
3. Axloqiy tarbiya bolaning ijobiy xulqiga asoslanib amalga oshirilishi zarur. 
4. Bolani tarbiyalash uchun yaxshi hissiy muhit yaratish kerak. Jazolash va 
qo‘rqitish bilan ijobiy axloqiy sifatlarni tarbiyalab bo‘lmaydi. 
5. Bolada axloqiy odatlarni shakllantirish uchun undagi ma’lum odatlarga 
asoslaniSh kerak. 
6. Ijobiy odatlarni yuzaga keltirish uchun qiziqarli faoliyatlarni tashkil etish 
kerak. shunday qilib, bolalarning axloqiy tasavvur va tushunchalarni egallab olib, 
uni kundalik odatga aylantirishlari uchun bolalarning kattalar rahbarligidagi 


faoliyatni taShkil etish lozim. Demak, tarbiyachi bola shaxsida axloqiy his-
tuyg‘ularni tarbiyalaSh uchun hamma vosita va metodlarni qo‘llasa, yaxshi xulq 
namunalarini o‘rgatish ancha oson kechadi.
U o‘z asarlarida bolalarni kichik yoshidan mehnat qilishga o‘rgatib borish, 
kattalar mehnatini ezozlaydigan qilib tarbiyalash, bolani ilm va kasbga yo‘naltirish 
oilaning diqqat markazida bo’lishi kerakligi to‘g‘risida fikrlar bildirgan. Albatta, 
mehnat bilan o‘lg‘aygan farzand axloqiy jihatdan odobli va yaxshi xulqli bo‘lib 
o‘sadi. U oilada boshlangan mehnat tarbiyasini maktabda ta’lim bilan birga hunar 
o‘rgatishga bog‘lab davom ettirish lozimligini alohida ta’kidlagan. Ulug‘ 
mutafakkir mehnat va kasb-hunar vorislik asosida avloddan-avlodga meros bo‘lib 
o‘tishini sinchkovlik bilan o‘rgangan va insonlarning hunarmandchilik 
faoliyatlarini yuqori baholagan. Mehnat va kasb-kor bilan shug‘ullanib borgan 
bolaning tafakkur darajasi ham yuqori bo‘ladi. Negaki mehnat jarayonida bilishga 
intilish bola ongini ochib, u “Nega?” “Nimaga?” degan savollarga javob izlaydi. 
Serqirra faoliyat murakkab mehnatni, chuqur bilimni talab qiladi. O‘z-o‘zidan 
ayonki, biror foydali mashg‘ulot bilan band bo‘lgan bola tarbiyasiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatuvchi turli omillardan yiroqda bo‘ladi. 
Buyuk alloma shuni alohida uqtiradiki, barcha qimmatli narsalar inson 
mehnati bilan yaratiladi va inson qadr-qimmati uning avlod-ajdodining kim 
bo‘lganligi bilan emas, balki o‘zining halol mehnati bilan belgilanadi. Shuning 
uchun ham Beruniy oilada hammani o‘z kuchi va qobiliyatiga qarab ijtimoiy-
foydali mehnatning, kasb-hunarning biror turi bilan Shug‘ullaniShga chaqiradi. 
Biror kishi ham bekorchi bo‘lmasin. Bekorchilik jamiyatga moddiy, ma’naviy zarar 
keltiradi, deb ko‘rsatadi. 
Xususan, Beruniy o‘z bolalarini jismoniy mehnatga, kasb-hunarga 
o‘rgatmaydigan zodagon oilalarni qattiq tanqid qiladi va bu kishilardan 
nafratlanadi: 

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin