O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti amanova nigoraning


Al beruniy va uning komil inson tarbiyasi bobidagi ta’limotlari



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/15
tarix23.04.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#101676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
622d061c01b1886c4b4f051797decfe3 Maktabgacha ta’lim muassasalari o‘quv mashg‘ulotlarida Al Beruniy va Ibn Sinolarning bola tarbiyasiga doir qarashlaridan samarali foydalanish”

1.2. Al beruniy va uning komil inson tarbiyasi bobidagi ta’limotlari 
Qomusiy olim Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy X asrning 
ikkinchi yarmi va XI asrning boShlarida, g‘oyat murakkab tarixiy davrda yaShadi 
va ijod etdi. Abu Rayhon Beruniy 362 yil 3-zulhijjada (milodiy 973 yil 4-sentyabr) 
Xorazmning Qiyod (Kot) Shahrida dunyoga keldi. Berun yoki birun so‘zi 
«taShqari» degan ma’noni anglatadi.
XIII-asr boshlarida Xorazmda bo‘lgan mashhur sayoxatchi va geograf Yoqut 
Hamaviyning aytishicha, Vatanidan tashqariga ketgan har bir kishini 
xorazmiyliklar «Beruniy» laqabi bilan ataganlar. Keyinchalik bu laqab shu 
an’anaga ko‘ra uning nomiga qo‘shilib qolgan bo‘lsa ehtimol. Chunonchi, olimni 
shaxsan bilgan mashhur tarixchi Abul Fazil Bayhaqiy unga nisbatan «Beruniy 
laqabini qo‘llamay, faqat «Abu Rayhon» deb ataydi. «Abu Rayhon» esa 
«marhamatli», «rahmatli», «rahmdil» ma’nolarini bildiradi», - degan fikrlarni 
aytadilar.
Abu Rayhon Beruniy boshlang‘ich ta’limni olgach, o‘sha davrda fan-
madaniyat taraqqiy etgan Xorazmning peshqadam olimlaridan saboq oladi.
Beruniy Xorzam tili bilan birga sug‘diy, forsiy, suryoniy, Yunon, qadimgi 
yahudiy tillarini, hatto qadimgi hind tili sanskritni ham o‘rgangan. U Yunon klassik 
ilmi, astronomiya, geografiya, botanika, matematika, geologiya, tarix, etnografiya, 
falsafa va filologiyadan ham chuqur bilim oladi. 
Beruniy yirik olim Abu Nasr Ibn Iroqdan Evklid geometriyasi, Ptolemeyning 
astronomik ta’limotlaridan dars olgan.
Bundan taShqari O‘zidan oldin o‘tgan matematik, munajjim va geografiya 
olimi Muhammad Xorazmiy, geografiya olimi Abul Abbos, Ahmad Farg‘oniy (IX 
asr), Marvaziy (IX asr), Javhariy (IX asr), faylasuf va tabiatShunos Abu Nasr 
Forobiy, Abul Vafo Juzjoniy (940-998), seyistonlik Abu Said as-Sijiy (951-1024), 
Abu Muhammad Hamid xo‘jandiy va boshqalarning asarlarini mustaqil o‘rganadi.


995 yilgacha Beruniy astronomiya, geografiya, geodeziyaning amaliy 
masalalrini hal etish bilan birga, sharqda birinchi bo‘lib Er va Osmon globusini 
yasadi va astronomiyaga oid bir necha kitob yozdi («Kartografiya», «Globus 
yasaSh kitobi», «Erdagi joylarning uzunlama va kenglamalarini aniqlaSh haqida 
maqola» va boshqalar).
Beruniy hali juda yosh olim bo’lishiga qaramay, Kot Shahrida 994-995 
yillarda astronomik kuzatishlar o‘tkazgan. Bu kuzatishlar uchun o‘zi astronomik 
asboblar ixtiro etgan.
994-995 yillarda Qoraxoniylar samoniylar davlatiga qarShi hujum qiladilar. 
Urganch amiri Ma’mun I tomonidan Beruniy ijod etayotgan Kot Shahri zabt etilib 
(bu Shahar Janubiy Xorzamning poytaxti bo‘lgan), yagona Xorazm davlati taShkil 
topadi. Amir Abu Abdullo Muhammad xizmatida bo‘lgan Beruniy ham boshqa 
olimlar kabi Kot-Qiyotni tark etib, Jurjon (Kaspiy dengizining janubi-Sharqi)da, 
so‘ng Rayda (Tehron yaqinida) yaShaydi, Raydan yana Jurjonga qaytib, olim va 
kelajakdagi ustozi Abu Sahl Iso Masihiy bilan tanishadi va undan ta’lim oladi.
O‘sha davrda Xorazmda va Kaspiy oldi viloyatlarida Qobus ibn Vushmagir 
yosh olimga xayrixohlik ko‘rsatadi. «Shams al-Maoliy» («Oliy martabalar 
quyoshi») laqabi bilan mashhur bo‘lgan bu podshohga bag‘ishlab Beruniy 
«Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarini yozadi va unga taqdim etadi. Bu 
asar Beruniy nomini yaqin va o‘rta sharqqa mashhur qildi.
1004 yilda Beruniy Ma’mun II Ibn Ma’mun tomonidan Xorazmga chaqirib 
olinadi va uning yaqin maslahatchisi bo‘lib qoladi.
Ma’mun davrida Urganchda «Ma’mun akademiyasi» nomli ilmiy markaz 
tashkil etiladi va u erda musulmon sharqining yirik olimlari faoliyat ko‘rsatadi.
Beruniy bir necha yil kamyob metallar va qimmatbaho toshlar ustida 
kuzatishlar va tajribalar olib boradi va keyinchalik ana shu tadqiqotlari asosida 
«Mineralogiya» asarini yaratadi.


1017-1018 yillarda yana taxt va hokimiyat uchun kurash boshlanib, 
Movarounnahrda qoraxoniylar davlati barpo etiladi. Xuroson va Avg‘onistonda 
Mahmud G‘aznaviy (998-1030) xukmronligi o‘rnatilib, qoraxoniylar bilan tuzilgan 
shartnomaga muvofiq Xorazm Mahmud davlatiga tobe bo‘lib qoladi.
Ma’mun akademiyasidagi ko‘plab olimlar qatori Beruniy ham g‘aznaga olib 
ketiladi va u erda ko‘p qiyinchiliklar bilan o‘z ijodini davom ettiradi.
Beruniy bu erda o‘zining «Xorazmning mashhur kishilari», «Tahdid nihoyot 
al-amokin li tashih masofot al – masokin», («Turar joylar orasidagi masofani 
tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarini aniqlaSh», ya’ni «Giodeziya») 
asarini yaratdi. Bu asarda geografiya va astronomiya fanlari bilan bir qatorda 
paleontologik kuzatishlar natijalari ham bayon qilingan.
Beruniyning yana bir muhim asari «Munajjimlik san’atidan boshlang‘ich 
tushunchalar»dir. Bu asarda ham u bir qancha fanlar yuzasidan dastlabki 
tuShunchalar, ma’lumotlar bergan.
Ma’lumki, Mahmud G‘aznaviy Hindistonga qarshi bosqinchilik urushlarini 
olib borgan. Mana shu yurishlarning birida Beruniy ham Mahmud G‘aznaviyga 
hamroh bo‘lib bordi. U sanskrit (eski hind tili)ni bilganligi uchun hind xalqi 
madaniyati, adabiyoti va san’ati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi 
va bu mehnatlari natijasida 1030 yilda O‘zining sharq va G‘arbda keng e’tirof 
qilingan mashhur «Hindiston» asarini yaratadi.
Kitobning to‘liq nomi «Kitobu fi taxqiqi molil Hind min maqulatin fil aqli av 
marzulatin», ya’ni «Hindlarning aqlga sig‘adigan va sig‘maydigan ta’limotlarini 
aniqlash kitobi» bo‘lib, aytishga qulay bo’lishligi uchun qisqacha «Tahqiqu mo - 
mil hind» - («Hindistonga oid tadqiqlar» yoki «Hindiston») deb yuritiladi.
Uning bu Shoh asari G‘arb va Sharq olimlari, shu jumladan, hozirgi zamon 
hind olimlari tomonidan yuksak baholangan. Akademik V.R.Rozen «Sharq va 
G‘arbning qadimgi va O‘rta asrdagi butun ilmiy adabiyoti orasida bunga teng 
keladigan asar yo‘q», - deb baholasa, Hindiston olimi Hamid Rizo olim haqida 


gapirib, «Hind madaniyatining chigal muammolarini biron-bir o‘rta asr yoki 
hozirgi zamon muallifi Abu Rayhon Beruniydek muvaffaqiyatli ravishda tushunib 
etmagan. Uning «Hindiston» asari qadimgi Hind madaniyati va fanining klassik 
namunasi bo‘lib qoladi».
Asarda Beruniyning Hindiston haqidagi barcha qarashlari o‘z ifodasini 
topgan.
O‘Sha yili (1030) Mahmud G‘aznaviy vafot etadi. Uning kichik o‘g‘li 
Muhammad voris sifatida taxtga o‘tirgan bo‘lsa-da, ko‘p o‘tmay Mahmudning 
katta o‘g‘li Mas’ud (1030-1041) ukasini taxtdan ag‘darib, o‘zi xokimiyatni qo‘lga 
oladi. Bilimdon va zukko, ilm ahlini qadrlovchi Mas’ud Beruniyni o‘z himoyasiga 
olib, uning ijod qiliShiga Sharoit yaratib beradi.
Beruniy astronomiyaga oid «al – Qonun al-Mas’udiy» («Mas’ud qoununi») 
nomli yirik asarini Shox Mas’udga bag‘iShlaydi. Olimlar bu asarni matematika va 
astronomiyaga oid ungacha yozilgan barcha asarlardan yuqori qo‘yadilar. O‘sha asr 
olimlaridan biri yoqutning yozishicha: «Mas’ud qonuni» kitobi matematika va 
astronomiya bo‘yicha ungacha yozilgan hamma kitoblar izini o‘yachirib yuborgan 
deydi.
Beruniy yana «qimmatbaho toshlarni bilib olish bo‘yicha ma’lumotlar 
to‘plami» («Mineralogiya»), «Dorivor o‘simliklar haqida Kitob», «Kitob as 
Saydona fi – t-tibb» kabi asarlarni ham yozdi. «Mineralogiya» 94
Sharqdagina emas, Evropada ham qimmatbaho toShlarni izlash usullari va 
ular bilan savdo qiliSh, konlarni o‘rganiSh, er osti boyliklarini tekshirish haqida 
ma’lumot bersa, «Saidona» nomi bilan mashhur bo‘lgan keyingi asarda sharqdagi 
dorivor o‘simliklarning tavsifi bayon qilingan.
Beruniy «Saidona» kitobida o‘zining 80 yoshdan oshganligini yozadi
Shunga ko‘ra uni 1050-1051 yillarda vafot etgan deb taxmin etish mumkin. Ba’zi 
manbaalarda esa, 1048 yil 13 dekabrda G‘azna shahrida vafot etgan deb 
ko‘rsatiladi.


Olim ilm toliblariga qalbni yomon illatlardan, inson o‘zi seziShi mumkin 
bo‘lmagan holatlardan, qotib qolgan urf-odatlardan, hirsdan, behuda raqobatdan, 
ochko‘zlikdan, shon-shuhratdan saqlanishi zarurligini uqtirgan.
U barcha illatlarning asosiy sababi ilmsizlikda deb biladi. Ilmlarni egallaShda 
esa Shaxsda intiliSh va qiziqiSh, muhitni alohida ta’kidlaydi. 
Bilim olishda tushunib o‘rganish, ilmiy tadqiqotchining poklikka rioya 
etishiga alohida e’tibor beradi. Jamiyatning ravnaqi, ma’rifatning rivojiga bog‘liq 
degan g‘oyani ilgari so‘radi. Beruniy bilim olishni axloqiy tarbiya bilan bog‘laydi. 
Zero, insonda komillikning muhim mezoni yuksak axloqlilikdir. Beruniyning inson 
kamolotida axloqiy tarbiyaning muhim o‘rnini ta’kidlaShini uning yuqorida qayd 
etilgan “O‘tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “Mineralogiya”, 
“Kitob as-Saydona”, “al-Qonuni al-Mas’udiy”, “Geodeziya” va boshqa asarlarida 
ko‘ramiz.
Beruniy fikricha, axloqiylik insonning eng asosiy sifati bo’lishi kerak. Bu 
xislat birdaniga tarkib topmaydi. U kishilarning o‘zaro muloqoti, ijtimoiy muhit – 
jamiyat taraqqiyoti jarayonida tarkib topadi.
Beruniy ham axloqiy tarbiyaga musulmon dini talablaridan kelib chiqqan 
holda ta’rif beradi. Axloqiylik yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi kurash 
natijasida namoyon bo‘ladi va tarkib topadi, – deydi u. yaxshilik va yomonlik 
insonning xulq-atvorini belgilaydigan mezon sifatida qo‘llaniladi. 
U yaxshi xislatlarga to‘g‘rilik, odillik, o‘zini vazmin tutish, insof, kamtarlik, 
lutf, sobitqadamlik, ehtiyotkorlik, sahiylik, shirinsuxanlik, rahbarlikda adolatlilik, 
tadbirkorlik kabilarni kiritadi. yomon illatlarga esa hasadgo‘ylik, bahillik, 
nosog‘lom raqobat, o‘z manfaatini ko‘zlash, mansabparastlik va hokazolarni 
kiritadi.
Beruniy fahrlanishni yaxshi xulq ma’nosida ishlatib, “Yodgorliklar”da 
shunday deydi: “Fahrlanish – haqiqatda yaxshi xulqlar va oliy fe’llarda oldin 
ketish, ilmu-hikmatni egallash va imkoniyat boricha mavjud nopokliklardan 


tozalanishdir. Kimda shunday sifatlar topilsa, hukm uning foydasiga va kimda 
bular etishmasa, hukm uning zarariga bo‘ladi”. Demak, Beruniy insonning 
ma’naviy qiyofasidagi barcha axloqiy xislatlarni yaxshilik va yomonlik kabi ikki 
turga bo‘ladi. Bu insoniyat yaratgan pedagogik fikr taraqqiyotida “qizil ip” bo‘lib 
o‘tganidek, shu an’anaga muvofiq Beruniyda ham axloqiy tushunchalar axloqiy 
barkamollikning muhim tomonlaridir. 
Beruniy sahovat (o‘zaro yordam, bir-biriga foyda keltirish uchun hamkorlik), 
muruvvat (odamlarga xayrixoh bo’lish, halollik va haqgo‘ylik, o‘z mehnati bilan 
kun ko’rish v.b.)ni insonning axloqiy kamolotini ko‘rsatuvchi xislatlar deb biladi.
Insonning axloqiy kamolga etishi muammosi butun ta’lim-tarbiya tizimida 
markaziy masala bo‘lib kelgan. 
Abu Rayhon Beruniy ezgu tilakka etishga to‘sqinlik qiluvchi ziqnalik, 
yolg‘onchilik, munofiqlik, manmanlik, takkabburlik kabi nuqsonlarni qoralaydi, 
boylikka ruju qo‘yish va ta’magirlik, g‘azab va johillik inson uchun eng ashaddiy 
dushman deb qaraydi. 
Beruniy rostgo‘ylik kabi axloqiy fazilatga ham e'tibor berib, uni oqilona 
tavsiflab, unga zid bo‘lgan yolg‘onchilikni qattiq qoralagan: “Hammaning tabiatida 
(mohiyatida demoqchi) adolat bevosita sevikli va hamma uning yaxshiligini bilgani 
kabi rostgo‘ylik ham Shunday”, “Rostgo‘ylik lazzatini totmagan yoki lazzatini 
bilsa ham totishni istamagan kishi uni sevmaydi. Yolg‘onchilik kishini adolatdan 
yuz o‘girtiradi u zulm, yolg‘on guvohlik, omonatga xiyonat, boshqalar mulkini 
hiyla bilan o‘zlaShtirish, o‘g‘rilik va xalqlarning buziliShiga sabab bo‘ladigan 
boshqa yomon xulqlarni kishiga yaxshi qilib ko‘rsatadi”. 
Muhtasar qilib aytganda, komil inson bo’lish, halollik va adolat bilan hayot 
kechirish kabi olijanob fazilatlarning ma'no-mazmunini nafaqat chuqur anglash, 
balki ana shunday xususiyatlarga ega bo’lish, ularga amal qilib yashash – 
odamzotning ma'naviy boyligini belgilab beradigan asosiy mezondir. Halollik 


haqida gap ketganida uning yonida hamisha rostgo‘ylik gavdalanib turadi. Bizning 
nazarimizda, rostgo‘ylik halollikning ajralmas qismiga o‘xshaydi.
Mutafakkir ilgari surgan axloqiy hislatlardan yana biri adolatdir. U jamiyatda 
adolat o‘rnatish, uni yovuzliklardan xalos etish uchun dono, adolatli hukmdor 
bo’lishi kerak, deydi. Beruniy kundalik turmush masalalariga ham katta e’tibor 
bergan. Har bir axloqan barkamol inson o‘zining turmush tarzini ham uyg‘un, 
go‘zal eta oladi. Uyg‘unlik, go‘zallik va nafosatning asosi sanaladi. Beruniy 
insoniy xislatlardan muhimi – ozodlik, tarbiyalilik bo‘lsa, insonga eng yaqin narsa 
uning tabiati, ruhi deydi. Shuning uchun inson o‘z tabiatiga yoqadigan ishlarni 
bajarishi zarur, deb ko‘rsatadi. Bunda insonning ichki dunyosi bilan tashqi 
go‘zalligi, turmush tarzidagi go‘zallikning uyg‘un bo’lishini talab etgan. Bunga 
inson kiyadigan kiyimidan tortib, kundalik turmushidagi yurish-turushi, so‘zi, 
qalbi, qilgan ishi hammasining go‘zal bo’lishi ta’kidlangan. 
Beruniy insonni kamolotga etaklovchi xislatlardan yana biri olijanoblik deb 
ko‘rsatadi. Olijanoblikning mazmunini yaxshilik tashkil etadi. Bunda olim insonga 
inson sifatida muomala qiliShni nazarda tutadi. Eng muhimi, mutafakkir, inson 
kamolotida, mehnat va mehnat tarbiyasi haqida muhim fikrlarni bayon etadi.
Beruniy inson har tomonlama kamolga etishi uchun u ilmli bo’lishi bilan 
birga mehnatsevar va hunar egasi bo’lishi ham kerak deydi. Yuqoridagilardan 
ko‘rinib turibdiki, Beruniyning komil insonni shakllantirishga oid bu fikrlari faqat 
o‘z zamonasi uchun emas, hozirgi davr ta’lim-tarbiya ishlarini takomillashtirishda 
ham katta ahamiyatga ega. 
Beruniy inson kamolotida uch narsa muhimligini ta’kidlaydi. Bu hozirgi davr 
pedagogikasi ham e’tirof qiluvchi irsiyat, muhit, tarbiyadir.
Ma’lum bir davrda olimlar inson kamolotiga irsiyat, muhitning ta’sirini inkor 
etib, faqat tarbiyani tan oldilar. Lekin Beruniy o‘z zamondoshlari – buyuk 
mutafakkirlar Forobiy, ibn Sinolar kabi inson kamolotida har uchalasini ham 
muhim deb hisoblaydi. ya’ni u insonning kamolotga etishida ilmu ma’rifat, san’at 


va amaliyot asosiy rol o‘ynasa-da, nasl-nasab, ijtimoiy muhit va ijtimoiy turmush 
qonuniyatlari ham katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi.
Abu Rayhon Beruniy nazarida inson kamolga etishining eng muhim omillari 
ilm-ma’rifatli bo’lish va yuksak axloqlilikdir. Beruniy ilmiy bilishga oid, ta’lim 
metodlari haqidagi qarashlari bilan ta’lim nazariyasida o‘ziga xos maktab yaratdi.
Yoshlarni tarbiyalaShda esa axloqiy mehnat tarbiyasi, nafosat tarbiyasi, oila 
tarbiyasi, insonning Shaxsiy gigienasi, xalqlar O‘rtasidagi do‘stlik, hamkorlik 
haqidagi tuShunchalar katta ahamiyatga egadir. Olim axloqlilikning belgilari 
sifatida yaxshilik, to‘g‘rilik, adolat, kamtarlik,saxovat, olijanoblik, do‘stlik va 
hamkorlik, mehnat va hunar egallaSh, poklik, go‘zallikka intiliSh kabilarni ilgari 
surgan. Bularning barchasini u yaratgan asarlaridagi ijtimoiy-falsafiy fikrlarga 
bog‘lab tushuntirgan.
Yuqoridagilardan 
ko‘rinib 
turibdiki, 
Beruniyning 
komil 
insonni 
shakllantirishga oid bu fikrlari faqat o‘z zamonasi uchun emas, hozirgi davr ta’lim-
tarbiya ishlarini takomillashtirishda ham katta ahamiyatga ega.
Zero, uning o‘zi ham haqiqiy komil insonga xos xislatlarga ega ekanligini
hayoti va ijodiy faoliyati, yozgan asarlari bilan isbotlab, kelajak avlodlarga katta 
ma’naviy me’ros qoldirdi.
Beruniy «Sharq Renessansi» davri qomusiy olimlaridan biri sifatida nom 
qozondi.
MaShhur Amriqolik tarixchi olim J.Sarton jahon fani tarixida XI asrning 
birinchi yarmini Beruniy davri deb atadi. SHuningdek, uni o‘z davrining jahondagi 
birinchi doniShmandi deb baholaydi.
Beruniyning ham tabiiy, ham ijtimoiy fanlarni qamrab olgan 150 dan ortiq 
yirik ilmiy asarlar yaratganligi ham bu fikrning o‘rinli ekanligini tasdiqlaydi. 
Sharqona tarbiyaga ko‘ra, azal-azaldan xalqimizda xalqimizda bola qalbi va 
ongiga barcha yaxshi insoniy xislatlar yoshligidan singdirib boriladi. Kattalarga 
hurmat saqlash, kichiklarning izzatini joyiga qo‘yiSh lozimligi o‘rgatiladi. o‘zbek 


xalqining turmush tarziga singib ketgan urf-odatlarimizning aksariyati kishini 
jismonan sog‘lom, aqlan etuk, e’tiqodli shaxs bo‘lib etishiShiga xizmat qiladi. 
Farzand dunyoga kelsa, yaxshi niyat bilan unga ism qo‘yish, shu kundan boshlab 
uning kelajagi va baxtini o‘ylaSh, bolani axloq-odobga o‘rgatish, o‘qitish, katta 
bo‘lganda biror kasb-hunar egasi bo’lishiga ko‘maklashish ota-onaning 
zimmasidagi burchidir. Axloq kishining ichki olami, e’tiqodi, fazilatlari sifatida 
mavjud bo‘lsa, odob shaxsning ko‘zga taShlanadigan mulozamati, xulq-atvori, 
muomala munosabati tarzida namoyon bo‘ladi. Bugunimiz va kelajagimiz yosh 
avlodning qay darajada o‘nib-o‘sib tarbiya topiShiga bog‘liq ekan, bizning 
vazifamiz ularning ongiga milliy, ma’naviy va moddiy qadriyatlarimizni yanada 
chuqurroq singdirishdan iboratdir. Bunda buyuk mutafakkirlarimizning falsafiy, 
axloqiy-tarbiyaviy qaraShlarini keng tatbiq etish yaxshi samara beradi.
Sharq pedagogikasida o‘zining ilg‘or fikrlari, g‘oyalari bilan bolani qanday
qay tarzda tarbiyalash, uni komil inson qilib o‘stirishda nimalarga ko‘proq e’tibor 
berish lozimligini, ta’lim va tarbiyaning o‘zaro chambarchas bog‘liqlikda bolaga 
tushuntirib borishni asoslab bergan Abu Rayhon Beruniydir. Olimning 
“Mineralogiya”, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Munajjimlik 
san’atidan boshlang‘ich tushunchalar”, “Hindiston” va boshqa asarlarida 
pedagogika, ta’lim-tarbiya, odob-axloq masalalariga oid qimmatli fikr-
mulohazalari mavjuddir. Beruniy insonning qiyofasi uning hayot tarzi, ta’lim-
tarbiyasi bilan aniqlanadi, deydi 
Beruniy ham axloqiy tarbiyaga musulmon dini talablaridan kelib chiqqan 
xolda ta’rif beradi. Axloqiylik yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi kurash 
natijasida namoyon bo‘ladi va tarkib topadi deydi, u. Yaxshilik va yomonlik 
insonning xulq-atvorini belgilaydigan mezon sifatida qo‘llaniladi.
U yaxshi xislatlarga to‘g‘rilik, odillik, o‘zini vazmin tutish, insof, kamtarlik, 
lutf, sobitqadamlik, ehtiyotkorlik, saxiylik, shirinsuxanlik, rahbarlikda adolatlilik, 
tadbirkorlik kabilarni kiritadi.


Yomon illatlarga esa xasadgo‘ylik, baxillik, nosog‘lom raqobat, o‘z 
manfaatini ko‘zlash, mansabparastlik va hokazolarni kiritadi.
Beruniy faxrlaniShni yaxshi xulq ma’nosida ishlatib, «Yodgorliklar»da 
Shunday deydi: «Faxrlanish - haqiqatda yaxshi xulqlar va oliy fe’llarda oldin 
ketish, ilmu xikmatni egallaSh va imkoniyat boricha mavjud nopokliklardan 
tozalaniShdir. Kimda shunday sifatlar topilsa, hukm uning foydasiga va kimda 
bular etishmasa, hukm uning zarariga bo’ladi»
Demak, Beruniy insonning ma’naviy qiyofasidagi barcha axloqiy xislatlarni 
yaxshilik va yomonlik kabi ikki turga bo‘ladi. Bu insoniyat yaratgan pedagogik fikr 
taraqqiyotida «qizil ip» bo‘lib o‘tganidek, shu an’anaga muvofiq Beruniyda ham 
axloqiy tushunchalar axloqiy barkamollikning muhim tomonlaridir.
Beruniy saxovat (O‘zaro yordam, bir-biriga foyda keltirish uchun hamkorlik), 
muruvvat (odamlarga xayrixoh bo’lish, halollik va haqgo‘ylik, o‘z mehnati bilan 
kun ko’rish v.b.)ni insonning axloqiy kamolotini ko‘rsatuvchi xislatlar deb biladi.
Abu Rayhon Beruniy ezgu tilakka etishga to‘sqinlik qiluvchi ziqnalik, 
yolg‘onchilik, munofiqlik, manmanlik, takkaburlik kabi nuqsonlarni qorlaydi, 
boylikka ruju qo’yish va ta’magirlik, g‘azab va johillik inson uchun eng ashaddiy 
dushman deb qaraydi.
Mutafakkir ilgari surgan axloqiy hislatlardan yana biri adolatdir. U jamiyatda 
adolat o‘rnatish, uni yovuzliklardan xalos etish uchun dono, adolatli xukmdor 
bo’lishi kerak, deydi. 
Abu Rayhon Beruniy ta’lim va tarbiyani amalga oshirishda bolaning 
moyilligi, qobiliyatini hisobga olish zarurligining tub mohiyatini pedagogika-
psixologiya fanlari tarixida ilk bor ko‘rsatib bergan. Alloma shaxsni kamolga 
etkazishdagi o‘rni va roli muhim bo‘lgan ta’lim jarayonida berilayotgan 
ma’lumotning tushunarliligiga, tanish bo‘lgan obe’ktlar yordamida tanish 
bo‘lmagan obe’ktlarning mohiyatini yoritib berish, ma’lum bilimlar negizida 
noma’lum tushunchalarning asoslanishi, ilmiy asoslar bilan qurollantirish kabilarga 


e’tibor berish lozimligini ahamiyatini aytib o‘tadi. Beruniy ta’lim jarayonida 
amaliyotda sinalgan, ishonchli dalillar bilan yosh avlodni qurollantirishni 
ta’limning muhim masalasi, deb hisoblaydi. Uning fikricha, har qanday ta’lim 
jarayoni ta’lim oluvchining ongli faoliyatini, uning mantiqiy mushohada yuritishini 
faollashtirishga yo‘naltirilgandir. Beruniyning fikricha, yoshlarning ijtimoiy 
kamoloti ilm-fan yordami bilan tarbiyalanadigan yuksak intellektual va axloqiy 
qoidalarni hamma joyda joriy qilish jarayonida amalga oShiriladi. U insonning 
yurish-turish va hayot kechirishda axloq-odobli bo’lishi lozimligini ta’kidlaydi. 
Beruniy ilmiy-pedagogik faoliyatida o‘sha davrda ma’lum va mashhur barcha fan 
yutuqlariga asoslanib, tarbiya, inson ruhiyati bo‘yicha ilg‘or fikrlarni o‘rtaga 
tashlaydi. Mutafakkir o‘zining ma’rifiy-pedagogik qarashlarida ta’lim-tarbiya 
birligi va axloq masalalariga tarbiyashunos olim sifatida yondashadi. 
Beruniy o‘z davrida didaktik qarashlari, ta’lim berish usullari va metodlari 
ayrim jihatlarning soddaligiga qaramasdan, katta kashfiyotligi va ilmiyligi bilan 
qimmatlidir. U ilm va bilimning foydasi haqida shunday deydi: “...bilimlilik orqali 
nodonlik ko‘tariladi, azob-uqubat bo‘lgan shak-shubha o‘rniga ilm natijasida 
aniqlik kiradi”. Uning fikricha, barkamol shaxsni tarbiyalab etishtirish ta’lim va 
tarbiya birligi tufayligina amalga oshishi mumkin. Beruniy ta’lim berishicha, mard 
odam bo’lish – faqt so‘zdagina emas, balki amalda ham haqqoniy bo’lish 
demakdir. Mard kishi haqiqat uchun kurashib, hech qanday ta’qib va havf-xatarga 
qaramay yolg‘onga qarshi kurashishi lozim. U bunday deb yozadi: “Yolg‘ondan 
qochib haqiqatga amal qiladigan kishigina tahsin va maqtovga sazovordir... Agar 
haqiqat, hatto sizning o‘zingizga qarshi bo‘lsa ham, haqiqatni ayting”.
Allomaning ma’rifiy-pedagogik qarashlarida ta’lim-tarbiya birligi masalalari, 
inson ilmli bo’lish uchun qanchadan-qancha mashaqqatlar chekishi kerakligi, 
yaxshi inson bo‘lib etishish oson emasligi, buning uchun ham katta chidam va 
matonat zarurligi kabilar o‘z aksini topgan. 
Abu Rayhon Beruniy ilm olishda takrorlashni ustun qo‘yadi, shu bilan birga, 


bilim berish xilma-xil yo‘l bilan, eng muhimi, bolani toliqtirmasdan, 
charchatmasdan turli vositalar bilan uning xotirasini kuchaytirish, tafakkurini 
boyitish va bilimini chuqurlata borish orqali amalga oshirilishi zarurligini uqtiradi. 
U haqiqiy maqsadga erishish uchun yo‘lini to‘sib turgan hamma noaniqliklar va 
shubhalarni bartaraf qiliSh, bunda juda ehtiyotkorlik bilan harakatlanish lozimligi, 
o‘zlashtirilgan bilimlar hayotda tajriba qilib olinmasa, bundan hech naf bo‘lmasligi 
haqida gapiradi.
Qomusiy olim ong, idrok jarayoni va uning kechishini puxta o‘rganishga 
harakat qilgan. Idrok etish faoliyatini faollashtiruvchi o‘qitish shakl va usullarini 
ilmiy jihatdan asoslab bergan. 
Beruniy kundalik turmush masalalariga ham katta e’tibor bergan. Har bir 
axloqan barkamol inson o‘zining turmush tarzini ham uyg‘un, go‘zal eta oladi. 
uyg‘unlik, go‘zallik va nafosatning asosi sanaladi. Beruniy insoniy xislatlardan 
muhimi – ozodalik, tarbiyalilik bo‘lsa, insonga eng yaqin narsa uning tabiati, ruhi 
deydi. Shuning uchun inson o‘z tabiatiga yoqadigan ishlarni bajarishi zarur, deb 
ko‘rsatadi. Bunda insonning ichki dunyosi bilan tashqi go‘zalligi, turmush tarzidagi 
go‘zallikning uyg‘un bo’lishini talab etgan. Bunga inson kiyadigan kiyimidan 
tortib, kundalik turmushidagi yurish-turushi, so‘zi, qalbi, qilgan ishi - hammasining 
go‘zal bo’lishi ta’kidlangan. 
Eng muhimi, mutafakkir, inson kamolotida, mehnat va mehnat tarbiyasi 
haqida ham muhim fikrlarni bayon etadi. Mehnat va kasb-kor bilan shug‘ullanib 
borgan bolaning tafakkur darajasi ham yuqori bo‘ladi. Negaki mehnat jarayonida 
bilishga intilish bola ongini ochib, u “Nega?” “Nimaga?” degan savollarga javob 
izlaydi. Serqirra faoliyat murakkab mehnatni, chuqur bilimni talab qiladi. O‘z-
o‘zidan ayonki, biror foydali mashg‘ulot bilan band bo‘lgan bola tarbiyasiga salbiy 
ta’sir ko‘rsatuvchi turli omillardan yiroqda bo‘ladi.
U har bir hunar egasining mehnatiga qarab turlarga bo‘ladi. Og‘ir mehnat 
sifatida binokor, ko‘mir qazuvchi, hunarmand, fan sohiblari mehnatini keltiradi. 


Ayniqsa ilm ahli – olimlar mehnatiga alohida e’tibor berish, hayrixoh bo’lishga 
chaqiradi, ularni ma’rifat tarqatuvchilar, jamiyat ravnaqiga hissa qo‘shuvchilar deb, 
biladi: Shu bilan birga, og‘ir mehnat qiluvchi konchilar, er ostida gavhar 
izlovchilar, dehqonlar haqida gapirib, ularning mehnatini rag‘batlantirib turish 
kerak, deydi. Ayniqsa, podshoxlar bunday mehnat ahliga g‘amho‘r bo’lishi 
kerakligini alohida eslatadi. Chunki, ana shu mehnat ahli ular hukmronligining 
tayanchi, deb ta’kidlaydi.
Olim bolalarni mehnatga o‘rgatish metodlari, yo‘llari haqida ham fikr 
yuritadi. Masalan, bolalarni eng kichik yoshidan mehnatga o‘rgatish kerak deydi.
Zero, qadimdan har bir etuk inson u shohmi, oddiy fuqaromi, hunarning bir 
yoki bir necha turini biliShi zarur sanalgan. Shunga ko‘ra buyuk shoxlar ham, 
beklar ham, mol-mulk egalari bo‘lgan boylar ham, oddiy fuqaro ham o‘z farzandini 
bilimli bo’lishi bilan birga, hunarli bo’lishiga ham e’tibor bergan va bu yozilmagan 
qonunga barcha birdek amal qilgan. Chunki, kishilik jamiyati paydo bo‘lgandan 
boshlab, kishilar o‘z mehnati va hunari bilan kun kechirishga majbur bo‘lgan va bu 
hayot taqozosi sifatida qabul qilingan.
Shuning uchun ham Beruniy inson har tomonlama kamolga etishi uchun u 
ilmli bo’lishi bilan birga mehnatsevar va hunar egasi bo’lishi ham kerak deydi.
Abu Rayhon Beruniyning jamiyat taraqqiyoti va unda insonning tutgan o‘rni 
barkamol inson ta’lim-tarbiyasi bilan bog‘liq axloqiy-huquqiy qarashlari hech 
qachon o‘z qimmatini yo‘qotmaydi va hozirgi davrda ham unga rioya qilish juda 
muhim tarbiyaviy ahamiyatga egadir.



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin