O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti amanova nigoraning


Tadqiqotning ilmiy-nazariy ahamiyati



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/15
tarix23.04.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#101676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
622d061c01b1886c4b4f051797decfe3 Maktabgacha ta’lim muassasalari o‘quv mashg‘ulotlarida Al Beruniy va Ibn Sinolarning bola tarbiyasiga doir qarashlaridan samarali foydalanish”

Tadqiqotning ilmiy-nazariy ahamiyati: «Pedagogika tarixi» kursi yangi 
materiallar bilan boyitilganligi; tadqiqot mohiyatini yorituvchi tarixiy manbalar va 
Sharq mutafakkirlarining pedagogik ta’limoti va asarlarida bayon etilgan ijtimoiy 
pedagogik g’oyalar, ularning tasnifi, mohiyatining yoritilganligi, va ilmiy-uslubiy 
tavsiyalarning ishlab chiqilganligi bilan tavsiflanadi. 
Tadqiqotning amaliy ahamiyati: Zamonaviy pedagogik va texnologik 
yondashuv asosida Al-Beruniy, Ibn Sinolarning pedagogik ta’limotlaridan 
maktabgacha ta’lim muassasalari o’quv mashg’ulotlarida bolalarning ma’naviy-
ahloqiy sifatlarini tarbiyalashga ta’sir etuvchi omillar aniqlandi. 
Tadqiqotning tarkibiy tuzulishi: Kirish, 2 bob, 7 bo‘lim, xulosa va 
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat


I.BOB. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARI O‘QUV 
MASHG’ULOTLARINI SAMARALI TASHKIL ETISHDA AL BERUNIY,
IBN SINOLARNING BOLA TARBIYASIGA DOIR FIKRLARINING 
ILMIY NAZARIY VA METODOLOGIK MANBALARI 
 
1.1. Maktabgacha ta’lim muassasalari o‘quv mashg’ulotlarini samarali 
tashkil etishda buyuk allomalarimizning g‘oya, fikrlarining tutgan o‘rni
Hamma zamonlarda ham o‘quv-biluv jarayonining pirovard maqsadi 
o‘quvchi-tarbiyalanuvchini o‘qish, o‘rganish, o‘zlashtirish, bilish va olgan 
bilimlarini kundalik hayotida foydalana bilishlari bilan baholangan va natijalangan. 
Ma’lumki, mamlakatimizda uch ming yillar avval ham bilim olish va mutolaa 
qilish oilada, jamoa muhitida ustoz-shogirdlik asosida olib borilgan. Buyuk 
allomalarimiz Mirzo Ulug‘bek, Ibn-Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad Farg‘oniy 
davrlarida 
ilohiy-dunyoviy 
bilimlarni 
o‘rganish maxsus madrasalar va 
Akademiyalarda amalga oshirilgan. 
Bilimlar, asosan, yakka tartibda va kichik jamoalarda, ustoz-shogird 
maktablarida mutolaa, mushoira, muzokara tariqasida amalga oshirilgan. O‘sha 
davrda ham tarbiyalanuvchilarni baholovchi mezonlar bo‘lgan. Jumladan, 
tarbiyalanuvchi berilgan vazifalarni bajarib, o‘z fikrini ongli ravishda bayon qila 
olsa, ustozi tarbiyalanuvchilar oldida unga “tashakkur” yoki “tasanno” deyish 
orqali baholagan. Agar tarbiyalanuvchi berilgan vazifalarni yuqori darajada bajarib, 
to‘la o‘zlashtirib, tarbiyalanuvchilar orasida yorqin, ravon bayon qilib ayta olsa, 
ustozi uni “barakallo” deb rag‘batlantirgan. Agar tarbiyalanuvchi berilgan vazifa 
va topshiriqlarni a’lo darajada bajarib, amaliyotda uni bemalol qo‘llay olsa, unga 
yuqori baho berib, “ofarin” deb rag‘batlantirgan. 
Sharqda buyuk allomalar — Muhammad Muso Al-Xorazmiy, Abu Nasr 
Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad al-Farg‘oniy, G‘arbda 


esa T.Mor, T.Kampanella, E.Rotterdamskiy, F.Rable, M.Monten va boshqalar 
tomonidan har tomonlama rivojlangan, ruhiy va jismoniy jihatdan sog‘lom, antik 
dunyo va burjuaziya davri yutuqlari asosida ilmiy bilimlarni o‘zlaShtira olgan 
Shaxsni tarbiyalaSh g‘oyasi ilgari surildi va puxta asoslab berildi. 
Savdo, hunarmandchilik va manufaktura negizida rivojlanib borayotgan 
iShlab chiqarishni yanada takomillaShtirish yo‘lidagi amaliy harakatlar bu 
boradagi muvaffaqiyat murakkab texnikani boshqara oladigan Shaxsni 
Shakllantirish evaziga hal etiliShini tasdiqladi. Mazkur davrda ilg‘or, progressiv 
pedagogik g‘oyalar ilgari surildi. Aksariyat g‘oyalar mazmunida bilim olishga 
nisbatan ijtimoiy tenglikni qaror toptirish borasidagi qaraSh o‘z ifodasini topdi. 
Xazrati Mir Alisher Navoiy, Abduraxmon Jomiy, Husayn Voiz Koshifiy 
tomonidan yaratilgan va xozirgi kunda xam ta’lim-tarbiya soxasida dasturi amal 
bo‘lib xizmat qilayotgan o‘nlab pandnoma tipidagi asarlar komil inson tarbiyasida 
muxim rol o‘ynab kelmoqda. Demak, Sharq uyg‘onish davri pedagogik ta’limotida, 
ta’limiy-axloqiy asarlarda komil inson tarbiyasi asosiy va muxim masalalardan 
sanalgan. 
Sharqning buyuk allomalari - Yusuf Xos Hojib, Imom Ismoil al-Buxoriy, 
Ahmad Yassaviy, Sa’diy Sheroziy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, AliSher 
Navoiy va boshqalar yuksak ahloqiylikni Shakllantirishga oid yirik asarlar, 
hikmatlar yaratganlar. Shu bilan birga hulq-odob tarbiyasiga oid “Axloqi 
Muhsiniy”, “Axloqi Jaloliy”, “Axloqi Nosiriy”, “Qobusnoma” kabi asarlar 
yaratilgan. 
O‘zida shaxs va uning tarbiyasini yo‘lga qo‘yish masalalarini aks ettiruvchi 
asarlarni yaratish an’anasi mavjud bo‘lgan davrda Muhammad Sodiq Qoshg‘ariy 
tomonidan turkiy tilda “Odob as-solihin” (“Yaxshi kishilar odobi”), “Zubdat as-
masoyil” (“Masalalarning qaymog‘i”) nomli asarlar yaratildi. “Odob as-solihin” 
asari 5 marta, 1889 hamda 1901 yillarda ToShkent Shahrida va 1891, 1892 hamda 
1986 yillarda Istambul shahrida qayta nashr etilgan. 


Mazkur asarning nomi va mazmunidan ham anglanib turganidek, unda ilgari 
surilgan g‘oyalar insonning hayoti davomida zarur ahamiyat kasb etuvchi hulq-
odob qoidalari xususida kishilar, Shu jumladan, yoshlarga muayyan darajada 
ma’lumotlar berishga xizmat qiladi. “Odob as-solihin” asarida ijtimoiy hayot 
hamda kundalik turmushda har bir inson tomonidan qat’iy amal qiliniShi zarur 
bo‘lgan zohiriy (tashqi) va botiniy (ichki) odob va ahloq qoidalari, ularning 
ijtimoiy ahamiyati, yoshlar tarbiyasini yo‘lga qo‘yiShdagi o‘rni va roli borasida 
batafsil so‘z yuritiladi.
Muhammad Sodiq QoShg‘ariy tomonidan yaratilgan “Odob as-solihin” asari 
muallifning o‘zi ta’kidlab o‘tganidek, muqaddima va 7 bobdan iborat bo‘lib, har bir 
bob o‘zida 4 faslni aks ettiradi. 
Muqaddimada asarning maqsadi ochib beriladi. Asarning yozilishidan ko‘zda 
tutilgan maqsad borasida so‘z yuritilar ekan, insonning ijobiy hulq-atvorga ega 
bo’lishini taqozo etuvchi ijtimoiy zaruriyat mohiyati batafsil ochib beriladi. Asarda 
ilgari surilgan asosiy g‘oya – insonlarning ijobiy xulq-atvorga ega bo’lishlari 
jamiyatda ruhiy xotirjamlik va moddiy farovonlikni qaror toptiruvchi asosiy omil 
ekanligini asoslashdan iboratdir. Alloma mazkur g‘oya mohiyatini Sharhlar ekan, 
inson odob-axloq qoidalarini egallay olmasa hamda ijobiy hulq-atvori bilan 
muaddab (odobli) va muzazzab (toza) bo‘lmasa, nafaqat o‘zi, balki butun dunyoga 
yomonlik tarqatadi degan qaraShni ilgari suradi 
Shunday ekan, har bir inson ichki hamda taShqi odob qoidalarining 
mohiyatini to‘laqonli raviShda anglab, ularga qat’iy amal qiliShi zarur. Inson odob-
axloq qoidalarining mohiyatidan qanday yo‘l va usullar orqali boxabar bo’lishi 
mumkin degan savolga javob berar ekan, alloma ular etuk mutafakkirlar tomonidan 
qimmatli, mo‘‘tabar kitoblarda jam etganligi, mazkur kitoblarning mazmuni bilan 
tanishiSh orqali odob-axloq qoidalari va ularga amal qilish shartlari xususida 
muayyan ma’lumotlarga ega bo’lish imkoniyati mavjudligini alohida ta’kidlab 
o‘tadi. Asarda komil inson bo‘lib etishishda kundalik hayot hamda amaliy 


turmushda o‘ziga xos ahamiyat kasb etuvchi botiniy (ichki) va zohiriy (taShqi) 
odob-axloq qoidalari: salomlaShiSh, ruxsat so‘rash, muloqot, uxlaSh, yo‘l yurish, 
mehmon kutish, ziyofat, ovqatlaniSh, shuningdek, er-xotin munosabatlarini yo‘lga 
qo‘yiSh odobi va ularga amal qilish shartlari borasida so‘z yuritiladi. Suhbat 
ahlining o‘zini tutishi, tozalik, ozodalik hamda safarga chiqiSh qoidalari ham asar 
mazmunining markaziy qismidan o‘rin olgan. 
Ahli suhbatga noloyiq hatti-harakatlardan qochiSh maqsadida suhbat 
iShtirokchilarining xotirjamligini buzgan kimsaga o‘z xatti-harakatlarining 
noo‘rinligini imo-ishora bilan tushuntirish, u o‘zini o‘nglab ololmasa zarur holatda 
uni davradan chetlatish, mazkur chora-tadbirni ortiqcha shov-shuvsiz amalga 
oshirish, suhbat chog‘ida pinakka ketmaslik, o‘zini o‘zgalardan yuqori tutmaslik, 
suhbatdoshning so‘zini bo‘lmaslik, sukut saqlaShda ham ma’lum me’yorlarga amal 
qiliSh, ortiqcha takallufga yo‘l qo‘ymaslik, hamsuhbati bilan bahs qilmaslik, ammo 
tortishish mumkinligi, g‘azab kelganda uni to‘xtata olish, ortiqcha qiziqchilik, 
hazil-mutoyiba, xuShomadgo‘ylik qilmaslik, bu borada me’yordan chetga 
chiqmaslik, o‘zgalarning Shaxsiyatini kamsituvchi laqablarni tilga olmaslik, davra 
ishtirokchilari orasida bir-biri bilan pinhona va boshqalar tuShunmaydigan tilda 
pichirmaslik, pinhona so‘zlashayotgan hamrohlarning so‘zlariga quloq solmaslik 
kabi qoidalarning mohiyati asar mazmuni orqali to‘laqonli yoritilib beriladiki, 
ulardan xabardor bo’lish har bir kiShi uchun o‘ta muhimdir. Asarda ilgari surilgan 
er va xotin o‘rtasida tashkil etiluvchi munosabatlar odobiga oid qaraShlar ham 
alohida diqqatga sazovordir. 
Buyuk allomalardan Abdurahmon Jomiy o‘z asarlarida tarbiyachi-muallim 
foaliyatiga quyidagicha ta’rif beradi: "muallim bilimli, aqlli, adolatli, o‘zida butun 
yuksak fazilatlarni mujassamlaShtirgan bo’lishi kerak. O‘zini nomunosib tutgan 
odam hech vaqt bolalarga bilim va odob bera olmaydi". 
Hozirgi zamon o‘qituvchisi qanday ijobiy sifatlarga ega bo’lishi lozim. 
Avvalo zamonaviy bilimlar, ilg‘or tajribalar hamda pedagogik mahoratni yuqori 


darajada egallaganligi, pedagogik izlaniSh vazifasiga mos tadqiqotlar metodlari 
majmuasini shakllantira olishi, nazariy tadqi-qot va amaliy tajriba-sinov ishlarini 
o‘tkazish malakasiga ega bo’lishi, o‘qitadigan o‘quv fanidan o‘quv dasturi, DTS, 
darsliklar va o‘quv-metodik qo‘llanmalar, lektron darsliklarni yarata olishi va 
amalda qo‘llay olishi lozim. O‘zining pedagogik faoliyatini doimiy takomillashtirib 
borishi, kasbiy sifatlarini rivojlantirishi, o‘z-o‘zini nazorat qilish va baholash 
malakasini egallashi, yangi pedagogik g‘oyalarni ishlab chiqa olish, zamonaviy 
axborot texnologiyalarini dars jarayonida qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo’lishi, 
o‘qitishning istiqbolli yo‘naliShlari talablari asosida metod, shakl va vositalarni 
yaratish va ularni ta’lim jarayonida uzviy qo‘llash malakalarini biliShi kerak. 
Tarbiyachi — odobli, adolatli hamda «bola qalbining injeneri»dir. Bolaning 
ijobiy va salbiy xususiyatlari ba’zan murabbiydan o‘tishini psixolog olimlar 
ta’kidlab o‘tishgan. Chunki o‘quvchi o‘qituvchining yurish-turishi, kiyinishiga, 
gapirishiga taqlid qiladilar. Bola garchi yosh bo‘lsa-da, uning inson ekanligini 
yoddan chiqarmaslik kerak, uni ko‘pchilik oldida obro‘sizlantirmaslik, g‘ururini 
toptamaslik kerak. 
Ushbu qadriyatlar ta’lim-tarbiya asosida yosh avlod ongiga singdiriladi. 
Mamlakatimiz ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilar va 
tarbiyachilarning pedagogik mahoratida umumbashariy qadriyatlar ularning 
ma’naviy 
dunyosini 
naqadar 
keng 
ekanligini 
namoyon 
etadi. 
Buyuk 
allomalarimizning ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarida umuminsoniy va ma’naviy 
qadriyatlarga bo‘lgan e’tibor asosiy o‘rinda turgan. Ota-bobolarimiz qadimdan 
bebaho boylik bo‘lmish ilmu-ma’rifat, ta’lim va tarbiyani inson kamoloti va millat 
ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan. Inson axloqi aqlga, xulqi va 
xatti-harakati esa ilm-fanni o‘rganishga hamda ma’rifatga asoslangandagina 
ma’naviy kamolotga erishadi. Allomalarning fikrlariga ko‘ra, insonparvarlik 
g‘oyalarining amalga oshishi, ma’naviy barkamollikka erishish, bilimli va 
ma’rifatli bo’lishga bog‘liq. Shuning uchun ham ular ilmlilikni umuminsoniy 


qadriyat darajasida ulug‘lab, jamivatning barcha a’zolarini ilm egallashga 
chaqirdilar, muallimlarning shijoatli mehnatini qadrlaydilar. 
Abu Rayhon Beruniy o‘z asarlarida bilim umuminsoniy qadriyatlarni 
o‘rganishning kaliti ekanligini alohida ta’kidlaydi. Ilm-ma’rifatli odam jamiyat 
taqdiri, insonlar taqdiri uchun kurashuvchan, barcha yomonliklardan uzoqdir.
Falsafiy talqinda qadriyatlar - inson va insoniyat uchun beqiyos ahamiyatga 
ega bo‘lgan erkinlik, tinchlik, ijtimoiy tenglik, haqiqat, ma’rifat, go‘zallik, 
yaxshilik kabi barkamol inson uchun ijobiy ahamiyat kasb etuvchi holatlar 
yig‘indisidir. 
Demak, 
qadriyatlarning 
mohiyatini 
pedagogik 
nuqtai 
nazardan 
izohlaganimizda, insonning ma’naviy ehtiyojlari asosida paydo bo‘lgan, amaliy 
faoliyatda davr sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan, o‘z shakl va mazmunida xalqning 
ma’naviy olamini mujassam etgan, asrlar davomida xalqning ma’naviy madani-
yatini shakllantirish manbai sifatida qadrlanib kelingan ma’naviy - ruhiy xatti-
harakatlar, narsa va hodisalar majmui
1
.
Barcha qadriyatlarning mohiyatini eng oliy tuyg‘u - insonparvarlik tashkil 
etadi. Insonparvarlik - insonning sharafi, vijdoni va iymonining mahsuli. 
Insonparvarlik xayrixohlik, g‘amxo‘rlik, moddiy-ma’naviy madadga intilish 
tuyg‘usi, iymon va vijdon doirasida mehr-muruvat ko‘rsatish.
2
Sharq mutafakkirlari o‘z asarlarida bilish hamda inson aqliy tafakkuri 
masalalariga alohida o‘rin bergan. Masalan, Abu Nasr Forobiy inson tomonidan 
borliqni anglanishi, tabiat sirlarini anglashida ilm-fanning rolini hal qiluvchi omil 
sifatida baholaydi. Allomaning fikricha, inson tanasi, miyasi, sezgi organlari u 
tug‘ilganda mavjud bo‘lgan bo‘lsa, aqliy bilimi, ma’naviyati, ruhiyati, intellektual 
1
(Мусурмонова О.: "Маънавий қадриятлар ва ёшлар тарбияси". 66-бeт). 
2
(Мусурмонова О.: "Маънавий қадриятлар ва ёшлар тарбияси". 58-бeт). 


va axloqiy sifatlari, xarakteri, dini, urf-odatlari, ma’lumoti tashqi olam, ijtimoiy 
muhit ta’sirida, ijtimoiy munosabatlar jarayonida shakllanadi. 
Abu Nasr Forobiyning e’tiroficha, inson bilimlarni o‘zlashtirar ekan, tirik 
mavjudotning yaratilish tarixigacha bo‘lgan ma’lumotlarni o‘zlashtira oladi, ularni 
yaratadi, ilmiy jihatdan asoslaydi. 
Abu Rayhon Beruniy quyidagilarni ilgari suradi: “Inson narsa va 
hodisalarning faqat tashqi sifati hamda xususiyatlari haqida bilim olmay, balki 
tafakkuri, aqli tufayli narsa va hodisalarni taqqoslaydi, bir-biri-bilan solishtirib 
ko‘radi, o‘z bilimlarining chinligini aniqlaydi”. Mutafakkir insonning bilimlarni 
o‘zlashtirishi yangi bilimlarning yaratilishiga olib keliShini aytadi: “Ilmlar ko‘pdir. 
Ular zamoni iqbolli bo‘lib, turli fikr va xotiralar ularga qo‘Shilib borsa, ko‘payadi. 
Odamlarning ilmlarga rag‘bat qilishi, ilmlarni va ilm ahllarini hurmatlashi o‘sha 
iqbolning belgisidir. (Ayniqsa) hukmron kishilarning ilm ahlini hurmat qilishi turli 
ilmlarning ko‘payishiga sabab bo‘ladi”


Abu Ali ibn Sino esa bilimni chuqur o‘zlashtirish donishmandlik ekanligini 
aytadi: “Ilm narsalarning inson aqli yordami bilan o‘rganilishidir. Bilim deb esa, 
narsalarni idrok qilishga aytiladi. Bu shundayki, inson aqli uni xato va yo‘ldan 
toymasdan turib unga erishishi kerak bo‘ladigan narsadir. Bordiyu, bu dalillar 
ochiq-oydin bo‘lsayu, isbotlar chinakamiga bo‘lsa, u holda bunga hikmat – 
donishmanlik deyildi”


Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” (“Saodatga boshlovchi bilim”) asari 
ta’bir joiz bo‘lsa, bilimning mohiyati, uning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati, inson 
kamolotini ta’minlaShdagi roli, yozuvliklarni bartaraf etuvchi vosita ekanligi 
to‘g‘risidagi qomus sanaladi. Allomaning fikricha, bilimli bo’lish ezgu ishlar 
tantanasini ta’minlovchi garov bo‘lib, uning yordamida hatto osmon sari yo‘l 
ochiladi: 

Беруний, Абу Райҳон. Танланган асарлар. II жилд. – Тошкент: Давлат нашриёти, 1965. – 125-бет

Ўзбек педагогикаси антологияси // Тузувчи-муаллифлар: К.Ҳошимов, С.Очил. – Тошкент: Ўқитувчи, 
1995. – 137-бет


Hamma ezguliklar bilim nafi tufaylidur, 
Bilim tufayli, go‘yo ko‘kka yo‘l topiladi. 
Ushbu fikrlarni ifoda etganda alloma naqadar haq edi. Zero, oradan to‘qqiz-
o‘n asr vaqt o‘tgach, inson nafaqat osmonga ucha oldi, balki koinotni ham zabt 
etishga muvaffaq bo‘ldi. 
Bahovuddin Naqshbandiy tariqatida avliyolik kuch-quvvatini ezgulikka, ilm-
ma’rifatni rivojlantirishga yo‘naltirish etakchi o‘rin tutadi. Binobarin, ilm-ma’rifat 
zulm va bid’atdan forig‘ bo’lish yo‘lidir. Alloma tomonidan ilgari surilgan “Xilvat 
dar anjuman”, “Safar dar vatan” g‘oyalari mavjud bilimlarni suhbat hamda 
amaliyot yordamida o‘zlashtirish maqsadga muvofiqligiga ishoradir. Zero, bahs-
munozaralarda, doimiy izlaniShlarda hosil bo‘lgan ilm puxta va mustahkam 
bo‘ladi. 
Alisher Navoiy bilimlarni izchil, uzluksiz o‘zlashtirish zarurligini uqtiradi. 
Shuningdek, ilm o‘rganish mashaqqatli yumush bo‘lib, uni o‘rganishda ayrim 
qiyinchiliklarni engib o‘tishga to‘g‘ri keliShi, bu yo‘lda chidamli, qanoatli, 
bardoShli bo’lish orqaligina mukammal bilimga ega bo’lish mumkinligini
ta’kidlaydi. 
Abdulla Avloniy ilmni afzalligini quyidagicha bayon etadi: “Ilm dunyoning 
izzati, oxiratning sharofatidir. Ilm inson uchun g‘oyat muqaddas bir fazilatdur
zeroki, ilm bizga o‘z ahvolimizni, harakatimizni oyna kabi ko‘rsatur, zehnimizni, 
fikrimizni qilich kabi o‘tkir qilur, ilmsiz odam mevasiz daraxt kabidur”. Alloma 
bilim insonni jaholatdan qutqarishning samarali vositasi ekanligiga ham urg‘u 
beradi: “Ilm bizni jaholat qorong‘usidan qutqarur, madaniyat, ma’rifat dunyosiga 
chiqarur, yomon fe’llardan, buzuq iShlardan qaytarur, yaxshi xulq, odob sohibi 
qilur. Bugun hayotimiz, salomatligimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maiShatimiz, 
himmatimiz, g‘ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilmga bog‘liqdur”



Авлоний, Абдулла. Одоб бўстони ва ахлоқ гулистони. – Тошкент:Ўқитувчи, 1994. – 10-бет



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin