O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti amanova nigoraning


Abu Ali Ibn Sino va uning ta’lim tarbiya usullari



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/15
tarix23.04.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#101676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
622d061c01b1886c4b4f051797decfe3 Maktabgacha ta’lim muassasalari o‘quv mashg‘ulotlarida Al Beruniy va Ibn Sinolarning bola tarbiyasiga doir qarashlaridan samarali foydalanish”

1.3. Abu Ali Ibn Sino va uning ta’lim tarbiya usullari. 
 
Sharq va Ovropada ma’rifat, madaniyat taraqqiyotiga katta hissa 
qo‘Shganligi tufayli, «Shayx – Ur - Rais» Sharqda «Olimlar boshlig‘i», Ovropada 
«Olimlar podshosi» nomi bilan mashhur bo‘lgan allomalardan biri o‘rta asr buyuk 
mutafakkiri Abu Ali ibn Sinodir. Ibn Sino ham boshqa zamondosh qomusiy olimlar 
qatori matematika, astronomiya, fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, dorishunoslik, 
ruhShunoslik, fiziologiya, falsafa, filologiya, ta’lim – tarbiya sohalarida ijod etgan 
va dunyoga maShhur yirik asarlar meros qoldirgan olim.
Abu Ali ibn Sino 980 yilda Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida kichik 
amaldor oilasida tug‘iladi. Uning to‘la ismi Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh ibn 
al-Hasan ibn Ali ibn Sinodir. Abu Ali uning kuniyasidir. Oti Husan, otasining ismi 
Abdulloh edi. Keyinroq uning oilasi Buxoroga ko‘chib o‘tgach, u boshlang‘ich 
maktabda O‘qiy boshlaydi. Ibn Sinoning mutolasi zo‘r, mehnatsevar edi. Undagi 
tug‘ma qobiliyat, O‘tkir zehn, kuchli xotira o‘zaro birikib ketgan edi. Ibn Sinoning 
otasi Abdulloh hamda uning do‘stlari bilimdon kishilar bo‘lib, ularning ilmiy 
munozaralari o‘tadigan oilaviy muhit yosh ibn Sinoga ham ta’sir etadi. Shu bilan 
birga uning bolalik va o‘smirlik yillari o‘tgan Buxoro shahri somoniylar davrining 
yirik madaniy markazi bo‘lib hisoblanar edi. Buxoroda ko‘plab maktab, madrasa, 
kasalxona va nodir kitoblar saqlanadigan kutubxona bo‘lgan. Jahonning turli 
mamlakatlaridan kelgan olimlarning ilmiy munozaralarida yosh ibn Sino ham 
qatnashib, turli fanlarga oid bilimlarini chuqurlashtirib borgan. U ustozlaridan hind 
hisobi, fiqhdan bilim olgan. Keyin esa faylasuf Abu Abdulloh Notiliydan falsafa
mantiq, handasa va boshqa fanlardan ta’lim oladi. Shundan so‘ng ibn Sino O‘zi 
mustaqil holda barcha fanlar bilan shug‘ullana boshlaydi. U ayniqsa tib ilmini 
chuqur egallab oladi, bu sohada unga ta’lim bergan kiShi buxorolik Abu Mansur 
Kamariy bo‘ldi. Ibn Sino so‘ngra falsafani o‘rganiShga kirishadi. Ayniqsa, 


Aristotel falsafasini, uning «Metafizika» asari mohiyatini buyuk mutafakkir Abu 
Nasr Forobiyning yozgan sharhi tufayli to‘liq o‘zlashtirib oladi.
IX-asr oxiri – X-asr boshlariga kelib, o‘lkada siyosiy-ijtimoiy vaziyat 
murakkablaShdi. Shu tufayli ibn Sino Xorazmga – Urganchga ko‘chib o‘tadi. 
Xorazmda u bir qator olimlar bilan hamkorlikda Abu Rayhon Beruniy 
boshqarayotgan «Ma’mun akademiyasi»da ilmiy iSh bilan shug‘ullana boshlaydi. 
Xorazmda o‘zining yirik asarlari – «Tib qonunlari», «Ash-Shifo» kitoblari ustida 
ish olib boradi.
Mahmud G‘aznaviy 1017-yilda Xorazmni o‘ziga qaram qilib olgach, nufuzli 
olimlarni ham o‘z saroyiga chaqirib ola boshlaydi. Ibn Sino Mahmud G‘aznaviy 
saroyiga bormay, boshqa yurtlarga ketishga majbur bo‘ladi. Gurganjda, Rayda, 
keyin esa Hamadonda va umrining so‘nggi yillari isfaxonda yashaydi. Ibn Sino 
1037-yilda vafot etdi.
Ibn Sino haqiqiy qomusiy olim sifatida o‘z davridagi fanlarning hammasi 
bilan muvaffaqiyatli shug‘ullangan va ularga oid ilmiy asarlar yaratgan. Turli 
manbalarda uning 450 dan ortiq asarlari qayd etilgan.
Shu 242 dan 80 tasi falsafa, ilohiyot va tasavvufga tegiShli, 43 tasi tabobatga 
oid, 19 tasi mantiqqa, 26 tasi psixologiyaga, 23 tasi tibbiyot ilmiga, 7 tasi 
astronomiyaga, 1 tasi matematika, 1 tasi muzikaga, 2 tasi kimyoga, 9 tasi etikaga, 4 
tasi adabiyotga va 8 tasi boshqa olimlar bilan bo‘lgan ilmiy yozishmalarga 
bag‘ishlangan. Allomadan keyingi avlodlar uning ilmiy asarlari boy meros bo‘lib 
qoldi.
Abu Ali ibn Sinoning «Al-Qonun», «Hayy ibn Yaqzon», «Risolat at-tayr», 
«Risolat fi-l-iShq» («Ishq haqida risola»), «Risolat fi mohiyat as-salot» 
(«Nomozning mohiyati haqida risola»), «Kitob fi ma’no ziyorat» («Ziyorat 
qilishning ma’nosi haqida»), «Risolat fi - daf al – g‘am min al mivt» («O‘limdan 
keladigan g‘amni daf qilish haqida risola»), «risolat al-qadr», «An-Najot», «Ash 


Shifo», «DoniShnoma», «Kitob ash - ishorat» va at tanbihot asarlari shular 
jumlasidandir.
Ma’lumki, Ibn Sino ham boshqa mutafakkirlar kabi o‘zining ta’lim-tarbiyaga 
oid qarashlarini ijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan bog‘liq holda ifodalagan, maxsus 
risolalarda talqin etgan. Shuningdek, fanlarni tasnif etadi. Bunda u birinchi o‘ringa 
tibbiyot fanlarini qo‘yadi. Falsafani esa ikki guruhga, ya’ni nazariy va amaliy 
guruhlarga bo‘ladi. Nazariy guruh kishilarni o‘zidan tashqaridagi borliq holati 
haqidagi bilimlarni egallashga yo‘llasa, amaliy qism bizga bu dunyoda nimalar 
qilishimiz kerakligini o‘rgatadi deydi.
U birinchi guruhga etika, iqtisod, siyosatni kiritadi. Ikkinchi guruhga fizika, 
matematika, metafizika, dunyo qonuniyatlarini o‘rganuvchi barcha fanlarni kiritadi.
Ibn Sino insonning kamolga etishida uning axloqiy kamoloti muhim 
ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi.
Tadqiqotchilar uning falsafiy asarlarida axloqqa oid fikr yuritganlari o‘n 
ikkita deb qayd etadilar.
Ibn Sino axloqqa oid asarlarini «Amaliy hikmat» (Donishmandlik amaliyoti) 
deb ataydi. Olimning fikricha, axloq fani kishilarning o‘ziga va boshqalarga 
nisabatan xatti - harakati me’yorlari va qoidalarini O‘rganadi.
Ibn Sino axloqlilikning asosini yaxshilik va yomonlik kabi ikki tushuncha 
bilan ta’riflaydi:
Dunyoda mavjud bo‘lgan jami narsalar tabiatiga ko‘ra kamolot sari intiladi. 
kamolot sari intilishning o‘zi esa mohiyat e’tibori bilan yaxshilikdir...»
Ibn Sino inson kamolotining muhim axloqiy jihatlarini ham taxlil etadi va har 
biriga ta’rif beradi: masalan, adolatni ruhiy lazzatning bosh mezoni sanaydi. Inson 
qanoat, jasurlik, donolik bilan adolatga ega bo‘ladi, yomon illatlardan o‘zini tiyib, 
yaxshilikni mustahkamlaydi, haqiqiy ruhiy lazzat oladi, deydi olim. Insondagi 
ijobiy, axloqiy hislatlarga saxiylik, chidamlilik, kamtarlik, sevgi – muhabbat, 


mo‘‘tadillik, aqlilik, ehtiyotkorlik, qat’iyatlilik, sadoqat, intiliSh, uyatchanlik, 
ijrochilik va boshqalarni kiritadi.
Qanoat va mo‘‘tadillikni insonning hissiy quvvatiga kiritadi, chidamlilik, 
aqllilikni g‘azab quvvatiga, donolik, ehtiyotkorlikni ziyraklikka, sadoqat, 
uyatchanlik ijrochilik, achiniSh, sofdillikni tafovut quvvatiga kiritadi.
Olim qanoatni hissiy fazilatlardan sanaydi va inson o‘zini ta’magirlikdan 
tiysa, mo’tadillikka rioya qilsa, o‘zida xirsning namoyon bo’lishini engadi, inson 
yomon iilatlarni engishda o‘z imkoniyatlarini ongli sarf etishi lozim, deydi.
Ibn Sino har bir axloqiy hislatning ta’rifini beradi: mo’tadillik – tan uchun 
zaruriy oziq va xulq ma’yorlariga to‘g‘ri kelmaydigan ishlarni qilmaslik;
sahiylik – yordamga muxtoj kishilarga ko‘maklashuvchi insoniy quvvat;
g‘azab – biror ishni bajarishda jasurlik; chidamlilik – inson o‘z boshiga 
tushgan yomonliklarga bardosh beruvchi quvvat;
aqillilik – biror ishni bajarishda shoshma – shosharlikdan saqlovchi quvvat 
deydi. ziyraklikni narsalar va hatto harakatlarning haqiqiy ma’nosini tezlik bilan 
tushunishga yordam beruvchi quvvat, achinish, kishilar baxtsizlik, azob – uqibatga 
duchor bo‘lganda, ular bilan xushmuomalada bo‘luvchi insoniy quvvat; 
kamtarlikka xudbin ishlar bilan shug‘ullanishdan to‘xtatuvchi kuch sifatida ta’rif 
beradi.
Ibn Sino insonning kamolga etishida to‘siqlik qiluvchi nuqsonlar sifatida 
johillik, nodonlik, shafqatsizlik, takabburlik, nafratni ko‘rsatib o‘tadi. Johillikni – 
ilmga, nodonlikni – zehni o‘tkirlikka, shafqatsizlik, takabburlikni adolatga, nafratni 
– sevgi-muhabbatga qarama-qarshi illat sifatida ta’riflaydi.
Ibn Sino yuksak axloqiy xislatlarga yana kishilarning bir-birlariga do‘st 
bo‘lib yashashi, hamkorlik qilishini ham kiritadi. Chunki har bir kishi jamiyatda, 
odamlar bilan birga yashar ekan, ular bilan do‘stona yashashga intiladi.
Modomiki, inson aloqaga muhtoj ekan, boshqa birov bilan qo‘shinchilik 
qilish uchun uning uyi yoniga uy soladi, o‘zining ehtiyojini qondirish uchun esa 


ishlab chiqarish mahsulotlarini almashtiradi, dushmanlardan saqlanish uchun 
o‘zgalar bilan birlashadi. Mana shu tariqa kishilarda birlik hissi, boshqalarga 
nisbatan sevgi-muhabbat va umumiy axloqiy negizlar ishlab chiqila boshlaydi. U 
insonda yaxshi xulqning shakllanishida xushxulq, ilmli do‘st muhim rol o‘ynaydi, 
deydi. Olim do‘stlikni shunday ta’riflaydi:
har qanday qiyinchiliklarga qaramay o‘z do‘stini xavf-xatarda yolg‘iz 
qoldirmaydigan do‘stlik;
manfaatlari o‘xshash va g‘oyaviy yaqin do‘stlik;
o‘z shaxsiy manfaati va ehtiyojini qondirishga qaratilgan do‘stlik. Ibn Sino 
birinchi va ikkinchi xil do‘stlikni haqiqiy do‘stlik deb e’tirof etadi.
Olim haqiqiy do‘stlik natijasida sevgi-muhabbat paydo bo’lishi mumkinligini 
aytadi. U «Risolai ishq» asarida sevgi-muhabbatning asl mohiyatini ham ijtimoiy, 
ham fiziologik jihatdan yoritib beradi. Insonlarga ularning tashqi ko‘rinishiga qarab 
emas, balki ularning ichki, ma’naviy dunyosiga qarab baho berish kerakligini 
uqtiradi. Har bir kishi tabiatan sevgi tuyg‘usiga ega, u tabiiy zarurat sifatida 
namoyon bo‘ladi, lekin inson o‘z tuyg‘ularini boshqara olishi, aql va farosat bilan 
haqiqiy sevgini hirs tuyg‘usidan, ehtiros kuchidan ajrata oladi. Chunki haqiqiy 
sevgi, olimning fikricha, inson zimmasiga axloqiy, huquqiy burch yuklaydi. Bu esa 
olimning sevgiga ijtimoiy omil sifatida ham qaraganligini ko‘rsatadi.
Tadqiqotchilar Ibn Sino musiqaga oid ham asarlar yaratganligi, lekin ularning 
faqat bir qismigina bizgacha etib kelgani haqida ma’lumot beradilar.
Shulardan biri «Musiqa bilimiga oid to‘plam» bo‘lib, bunda tovushning sezgi 
a’zolariga ta’siri, uning yoqimli va yoqimsizligi, tovushni eshitganda lazzatlanish 
yo nafratlanish hissining paydo bo’lishi kabi masalalarga to‘xtaydi. Unda 
musiqaning kishi hayotida qanchalik zarurligi haqida ham fikrlar bayon etiladi. 
olimning fikricha, inson tabiatan yoqimli narsalar orqali engil tortsa, uning aksida 
oromi yo‘qolib, nafrati paydo bo’ladi. Ibn Sino musiqa ovozlarining kishi ruhiga 
ta’siri haqida ham o‘z fikrlarini bayon etadi.


Ibn Sinoning musiqaga oid asarlari u yashagan davr musiqa ilmidan juda 
muhim ma’lumotlar berishi bilan ham qimmatlidir. Abu Ali Ibn Sino kamolotga 
erishishning birinchi mezoni sanalgan ma’rifatni egallashga da’vat etadi. Chunki 
ilm-fan insonga xizmat qilib, tabiat qonunlarini ochib avlodlarga etkazishi kerak. 
Bu maqsadga etishish uchun inson qiyinchiliklardan qo‘rqmasligi zarur, deydi. «Ey 
birodarlar! Odamlarning botiri mushkulotdan qo‘rqmaydi. Kamolot hosil qilishdan 
bosh tortgan kishi odamlarning eng qo‘rqog‘idir».
Zero, ma’rifatli kishi jasur, o‘limdan ham qo‘rqmaydigan, faqat haqiqatni 
bilish uchun harakat qiladigan bo‘ladi, deydi u fikrini davom ettirib.
Bilimsiz kishilar johil bo‘ladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, deb ularni etuk 
bo‘lmagan kishilar qatoriga qushadi. Bunday kishilardan ilmiy fikrlarni sir tutish 
kerakligini ta’kidlaydi.
U haqiqatni bilish uchun bilimga ega bo’lish kerakligi, lekin har qanday bilim 
ham haqiqatga olib kelmasligi, inson o‘z bilimining haqiqiyligini bilishi uchun 
mantiqni ham bilishi zarurligini uqtiradi. Ibn Sinoning ta’lim metodlari haqidagi 
ta’limoti asosida ham bilimlarni egallashda mantiqiy tafakkurga, shaxsiy kuzatish 
va tajribalarga tayanish kerak degan g‘oya yotadi.
U haqiqatni bilish uchun bilimga ega bo’lish kerakligi, lekin har qanday bilim 
ham haqiqatga olib kelmasligi, inson o‘z bilimining haqiqiyligini bilishi uchun 
mantiqni ham biliShi zarurligini uqtiradi. Ibn Sinoning ta’lim metodlari haqidagi 
ta’limoti asosida ham bilimlarni egallashda mantiqiy tafakkurga, shaxsiy kuzatish 
va tajribalarga tayanish kerak degan g‘oya yotadi.
Ibn Sino bolani maktabda o‘qitish va tarbiyalash zaraurligini qayd etib, 
maktabga barcha kishilarning bolalari tortilishi va birga o‘qitilishi va tarbiyalanishi 
lozim deb, bolani uy sharoitida yakka o‘qitishga qarshi bo‘lgan. Bolani maktabda 
jamoa bo‘lib o‘qishini foydasi quyidagicha ifodalangan:


Agar o‘quvchi birga o‘qisa u zerikmaydi, fanni egallashga qiziqish yuzaga 
keladi, bir-biridan qolmaslik uchun harakat, musobaqalashish istagi rivojlanadi. 
Bularning hammasi o‘qishning yaxshilanishiga yordam beradi.
O‘zaro suhbatda o‘quvchilar bir-biriga kitobdan o‘qib olganlari, kattalardan 
eshitganlarini hikoya qiladilar.
Bolalar birga to‘planganlarida bir-birini hurmat qila boshlaydilar, 
do‘stlashadilar, O‘quv materiallarini o‘zlashtirishda bir-biriga yordamlashadilar, 
bir-biridan yaxshi odatlarni qabul qiladilar.
Bilim olishda bolalarni maktabda o‘qitish zarurligini qayd etar ekan, ta’limda 
quyidagi tomonlarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi:
bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo‘ymaslik;
ta’limda engildan og‘irga borish orqali bilim berish;
olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo’lishi;
o‘qitishda jamoa bo‘lib maktabda o’qitishga e’tibor berish;
bilim berishda bolalarning mayli, qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish;
o‘qitishni jismoniy mashqlar bilan qo‘shib olib borish.
Bu talablar hozirgi davr ta’lim tamoyillariga ham mos kelishi bilan 
qimmatlidir. 
Ibn Sino ta’limotida bilishda qaysi metodlardan foydalanilmasin – u og‘zaki 
ifodami, bilimlarni tushuntirishmi, turli ko‘rinishdagi suhbatmi, tajribalarmi, 
baribir tarbiyalanuvchida haqiqiy bilim hosil qilish mustaqil, mantiqiy fikrlash 
qobiliyatini rivojlantirish, olgan bilimlarini amaliyotga tadbiq eta olish qobiliyatini 
tarkib toptirish asosiy maqsad bo‘lgan.
Shu jihatdan olimning «Hay ibn Yaqzon» asari kishilarning did – farosatini 
o’stirishi, fikr doirasini kengaytirishi bilan ta’lim – tarbiyada katta ahamiyatga ega. 
Uning nomi ham Shunga iShor qiladi: «Hay ibn Yaqzon» (Uyg‘oq o‘g‘li Tirik). Bu 
asar farosat ilmi haqida ekanligini Ibn Sinonining o‘zi ham ta’kidalaydi.


Mazkur asarni ibn Sino 1023-yilda Hamadonga yaqin bo‘lgan Faradjon 
qal’asi qamoqxonasida yozga deyishadi.
Ibn Sino bu asarida ilm – ma’rifatni o‘rganishga kirishishi natijasida ko‘zi 
ochilgani, uning natijasida aql (Hay ibn Yaqzon) ko‘ziga ko‘ringani va ilm ham 
unga o‘z jamolini namoyon qilganini hikoya qilar ekan, ilm-aqlni O’lim 
bilmaydigan uyg‘oq, qarimaydigan, yosh, beli bukilmaydigan – barvasta, nuroniy 
sifatida tasvirlaydi. Tafakkur qilib zarur bo‘lgan va bilishi mumkin bo‘lgan 
narsalarni o‘qiShga kirishgani, bu yo‘lda aqlni iShga solib, o‘zini yomonliklardan 
chetlaShtiradigan turli xususiyatlarini bilib olganligini qayd etadi.
Demak, «Hay ibn Yaqzon» mantiq ilmiga bag‘ishlangani bilan ham aqliy 
tarbiyada katta ahamiyatga ega. Shuningdek, insondagi yomon illatlarni ham 
bartaraf etishda ilmu fan, ziyoning ahamiyati, insondagi aql – tafakkur quvvatining 
yomon illatlardan qutiliShi, o‘zligini anglash vositasi ekanligi bilan adabiy-falsafiy 
asargini bo‘lib qolmay, tarbiyaviy asar sifatida ham qimmatlidir.



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin