2
REJA:
Kirish
Asosiy qism:
1. Mutatsiyalar haqida ma’lumot
2. Mutatsiya turlari va ular
natijasida yuzaga keladigan
kasalliklar
haqida
3. Mutatiya mexanizmi haqida
4. Mutatsiyalarni tuzatuvchi sistema
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
3
KIRISH
Mutatsiya (lotincha: mutare — “oʻzgarish, almashish”)
organizmlar genetik
moddasining asos juftlaridagi oʻzgarishdir. Mutatsiyaga hujayra boʻlinishi paytidagi
genetik modda koʻchirilishi xatosi, ultrabinafsha
yoki ionlashtiruvchi nurlanish,
kimyoviy mutagenlar, viruslar yoki hujayra nazorati ostida roʻy beruvchi jarayonlar
(masalan, gipermutatsiya) sabab boʻlishi mumkin. Mutatsiy aslida genetik mutatsiya
materialning oʻzgarishlari hisoblanadi. Organizmlarda kuzatiladigan ayrim hollarda
zararli boʻlib organizmning qaysidir funksiyasining buzilishi bilan xarakterlanadi;
xamirturush bilan oʻtkazilgan tadqiqotlar zararli mutatsiyalar jami (zararli, neytral
va foydali) mutatsiyalarning 7-12% ini tashkil etishini koʻrsatdi.
Mutatsiyalar
qayerda hosil boʻlishiga koʻra bir necha guruhlarga boʻlinadi.
Asosan gen,
xromosoma, genom va sitoplazmatik mutatsiyalar kuzatiladi.
Mutatsiyalar hosil
boʻlishida yuqorida aytilganidek bir qancha tashqi
va ichki omillar sababchi
boʻladilar. Tabiatda mutatsiyalar doimo yuz beradi va ular evolutsiyaning birlamchi
asosiy omili deb qaraladi.