4
MUTATSIYALAR HAQIDA MAʼLUMOT
Mutatsion o‘zgaruvchanlik deganda organizm genotipi —xromosomalar,
nuklein kislotalar, genlar o ‘zgarishi bilan bog’liq o‘zgarishlar tushuniladi.
Mutatsiya to‘g‘risidagi nazariya dastlab gollandiyalik olim Gugo de Friz tomonidan
ishlab chiqilgan. Uning qisqacha mazmuni: 1) M utatsiya to ‘satdan ro‘y beradigan
o‘zgaruvchanlik; 2) Sifat jihatdan farqlanuvchi o‘zgaruvchanlik; 3) Turg‘un, shu
bilan
birga
turli
yo‘nalishdagi
o‘zgamvchanlik;
4)
Mutatsion
o‘zgaruvchanlikfoydali va zararli boiadi; 5) 0 ‘xshash mutatsiyalar takrorlanishi
mumkin .Mutatsion o‘zgaruvchanlikni sinflashning bir necha xillari bor. Kelib
chiqishiga ko‘ra mutatsiyalar spontan va indusirlangan xillarga bo’linadi.Spontan
mutatsiya tabiatda to‘satdan paydo bo’ladigan, indusirlangan mutatsiya esa sun’iy
sharoitda turli fizikaviy yoki kimyoviy omillar ta’sirida hosil qilinadigan
mutatsiyadir. Paydo bo‘lgan joyiga ко‘га mutatsiya generativ va somatik
mutatsiyaga ajratiladi. Generativ mutatsiya jinsiy hujayralarda, somatik mutatsiya
esa tana hujayralarida ro‘yobga chiqadi.Somatik hujayralardagi mutatsiya jinsiy yo‘l
bilan ko‘payadigan hayvonlarning kelgusi avlodlariga berilmaydi. Bunga asosiy
sabab mutatsiyaga uchragan hujayra, to ‘qim a, organdan kelgusi avlod
rivojlanmaydi. Lekin somatik mutatsiya sodir boigan o‘simlik o‘zgargan organlari
vegetativ yoki parxish y o ii bilan ko‘paytirilganda kelgusi avlodlaiga o‘tadi. Jinsiy
hujayralardagi го‘у bergan mutatsiyalar kelgusi avlodlarda namoyon
bo‘ladi.Fenotipda namoyon bo‘lishiga ко‘га mutatsiya morfologik, fiziologik,
biokimyoviy xillarga bo’linadi. M utatsiya hayotchanhkka ko‘rsatgan ta’siriga qarab
letal, yarim letal, neytral va foydali xillarga bolinadi.
Dostları ilə paylaş: