Xorijiy investitsiyalar fanidan


Xorijiy investitsiyalarni mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilish uchun amalga



Yüklə 414,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/42
tarix24.04.2023
ölçüsü414,96 Kb.
#101914
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   42
Хорижий инвес

7.1.Xorijiy investitsiyalarni mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilish uchun amalga 
oshirilayotgan ishlar 
Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikning muntazam ravishda kengaytirib 
borilishi, uzoq muddatli investitsiyaviy qarzlarning va to’g’ridan-to’g’ri xorijiy 
investitsiyalarning jalb etilishi O’zbekistondagi Inqirozga qarshi choralar dasturida 
yetakchi o’rin tutadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan 2009 
yilning 12 martida tasdiqlangan dastur doirasidagi investitsiyaviy loyihalarni amalga 
oshirish uchun xalqaro moliyaviy tashkilotlar, ikki tomonlama shartnomalar va 
yetakchi xorijiy kompaniyalarning kreditlari va investitsiyalarni jalb etish ko’zda 
tutilgan edi. Hozirgi kunda umumiy qiymati 19 milliard dollardan ortiqroq bo’lgan 80 
dan ziyod loyihalarni investitsiyalash va moliyalash bo’yicha aniq manbalar 
belgilanib, xorijiy sheriklar bilan shartnomalar imzolandi. 
Bugungi kunda ichki investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish 
bo’yicha: 
- tijorat tuzilmalarini kafolatga bo’lgan talabini ta’minlash maqsadida kafolat-
garov jamg’armalari tizimini shakllantirish
- aholi bo’sh pul mablag’larini investitsion jarayonlarga jalb qilish maqsadida 
qimmatli qog’ozlar bozorini yanada rivojlantirish, turli qimmatli qog’ozlarni 
muomalaga chiqarish (uy-joy sertifikatlari va uy-joy obligatsiyalari); 
- ishlab chiqarishni tuzilmaviy-texnologik qayta qurishni jadallashtirish 
maqsadida markazlashgan kredit resurslarning bir qismini tez qoplaydigan 


26 
investitsion loyihalarni moliyalashtirishga qaratish, shu jumladan kichik biznes 
ob’ektlariga yo’naltirish; 
- investitsion loyihalarni moliyalashtirishning nokredit usullaridan bo’lgan 
lizing, franchayzing, faktoring kabilardan foydalanishni kengaytirish
- investitsion loyihalarni sifatini oshirish, loyihalarni kapital qo’yilmalar 
samaradorligi talablariga mos kelishi maqsadida tijorat asosida doimiy ravishda 
faoliyat yuritadigan investitsion loyihalar ko’rgazmasini tashkil qilish ishlari amalga 
oshirilib kelinmoqda. 
Respublikamizga xorijiy investitsiya va kreditlarni jalb qilish sxemasi 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 24 iyuldagi 927-sonli 
Qaroriga mufoviq amalga oshiriladi (7.1.2-rasm). 

Yüklə 414,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin