Dukkakli ekinlar ikki urug’palla va urug’lik qobig’i bilan qoplangan o’simtadan
iborat. No’xat, loviya va yasmik eng ko’p tarqalgan dukkakli ekinlardir.
Pusti archilgan no’xat oziq no’xatdan, uning daral, to’yimliligi kam qobig’ini olib
tashlab tayyorlanadi. Ishlov berilish usuliga qarab, archilgan no’xat quyidagi turlarga
bo’linadi: pardozlanib butun archilgan no’xat, yanchilib va pardozlanib archilgan
no’xat.
Yuqorida qayd etilgan no’xat turlari sariq yoki yashil bo’lishi mumkin. Namligi
ko’pi bilan 15%.
Loviya qimmatbaho dukkakli ekinlardan bo’lib,
mamlokatimizning ayniqsa
janubiy rayonlarida keng tarqalgan. Loviya oqsili no’xatdagi oqsilga qaraganda ancha
yaxshi hazm bo’ladi. Loviya oq, bir hil tusli va olabula rangli bo’ladi. Oq loviya bir
necha turga: bombasimon, arpa yormasimon, ovalsimon, ilonchasimon, ko’raksimon,
qisqichbakasimonlarga bo’linadi. Bir hil tusli loviya yashil, jigar rang, pistoqi, qizil,
olabula.
Solod undirilgan javdar yoki arpa donini ivitib va yanchib olinadi. Rangli loviya
esa olabula va to’q olabula bo’ladi. Loviyaning barcha turlarida namlik 20% dan
oshmasligi lozim.
Yasmik—eng muhim dukkakli ekinlardan biri. Unda o’rta hisobda 30% ga yaqin
oqsil bo’lib, ta`mi hushhur, yaxshi pishadi. Uning barcha turlari ichida tarelkasimon
yasmik oziqlik ahamiyatiga ega. Ekilish joyiga qarab, u shimoliy va janubiy, rangiga
qarab, yashil, och yashil va hilma-hil (qoramtir) turlarga bo’linadi. Yashil va och yashil
yasmik sifat jihatidan eng yaxshi hisoblanadi.
3.Un mahsulotlari
KURBONOV M.T tomonidan 2004 yilda ximoya qilingan “Alohida bo’g’doy
navlaridan olingan unlarni non, makaron va unli qandolat mahsulotlarini tayorlashdagi
haraktiristikasi” nomli nomzodlik dissertasiyasida O’zbekistonda
etishrilgan don
mahsulotlaridan tayorlangan unlar sifat ko’rsatkichlari non, makaron va unli qandolat
mahsulotlarini tayorlashda mahsulotlarni tavarshunoslik xossalari bo’yicha Rossiya,
Ukraina, Qozoqiston davlatlaridan keltirilgan unlardan qolishmasliklarini ilmiy
tadqiqot va eksperemental ishlar orqali isbotlab berdi.
Un tortish sanoati korxonalarining geografik notekis joylashishning yo’qotilishi,
ularning yangi, ilg’or
texnika bilan jihozlanishi, texnologik prosesslarning
avtomatlashtirilishi, unning kat`iy
assortimenti belgilanganligi, unga standartlar
tasdiqlanganligi, un tortish texnologik sxemalarining har hilligi cheklanganligi hozirgi
zamon un tortish sanoatining katta yutuqlaridir.
Un, asosan, bo’g’doy va javdardan, ba`zan arpa, makkajo’hori, suli, no’xat, soya
va ba`zi boshqa ekinlardan tortiladi.
Oldin turli aralashmalardan tozalangan don tortiladi. Un asosan, ikki usul bilan:
dag’al yoki oddiy va mayin yoki navlab tortish usuli bilan olinadi. Dag’al tortilganda
don val`s yoki tegirmon toshida bir yo’la un qilinadi. Bunday usul bilan, asosan, javdar
uni olinadi.
Un tur, tip va navlarga bo’linadi. Unning turi
un olingan don ekini bilan
belgilanadi. Nima maqsadga mo’ljallanganligiga qarab unning turlari tiplarga (nonbop,
makaronbop va boshqalarga), uning tur va tiplari esa sifatiga qarab,
tovar navlariga
bo’linadi.
Dostları ilə paylaş: