6.Teshkulcha mahsulotlari.
Bunday mahsulotlar oshmagan qattiq hamirdan halqa shaklida tayyorlanadi.
Hamir bug’lanmaydigan usul bilan qo’yiladi. Mahsulot formaga solingach, kraxmalni
elim va shakarlash uchun qaynok suvga solib olinadi. Shuning uchun ham mahsulot
sirti yaltiroq va qip-qizil bo’lib pishadi.
Teshkulcha mahsulotlariga mayda va yirik teshkulchalar, baranka (sushki,
bubliki) kiradi.
Baranka (teshkulcha) tarkibiga qarab oddiy, shakarli, sutli-yog’li, gorchisali,
vanilli, limonli, za`faroli, rozoviy, bodomli va boshqa turlarga bo’linadi.
Bo’g’doy non. Oddiy bo’g’doy noni (tortib va donalab sotiladigan), yaxshilangan
bo’g’doy non (tortib va donalab sotiladigan), baton, bulka, turli bulochkalar va yog’
sutga qorilgan hamirdan tayyorlangan mahsulotlardir.
Bo’g’doy nonining oddiy hili 1- va 2-nav va jaydari undan tayyorlanadi.
/- nav undan tayyorlangan bo’g’doy non ham pechda va ham formali qilib, ham
tortilib va ham donalab sotiladigan qilib pishirilgan, g’ovak-g’ovaq chuchuk
(kislotaliligi kam) bo’ladi.
2- nav bo’g’doy unidan tayyorlangan non formali yoki pechda yopilgan 3 kg gacha og’irlikdagi katta yumaloq nondir. U tortilib va donalab sotiladiran bo’lib, o’ta
g’ovak-g’ovakligi va kislotasi kamligi bilan farq qiladi.
Bulochka mahsulotlari. Batonlar nonning yaxshilangan turiga kiradi, chunki
ularning tarkibiga har hil miqdorda shakar solinadi, ayrim turlariga esa shakardan
tashqari, margarin, sut, tuxum va boshqa mahsulotlar qo’shiladi. Oddiy baton tarkibida
un, suv, tuz va hamirturush bo’ladi. Barcha turdagi batonlar uzunchoq ovalsimon
shaklda, tumtoq yoki uchli bo’lib, sirti kiyshiqroq qilib kesib-kesib qo’yiladi, u o’ta
g’ovak-g’ovak va kislotasi kam bo’ladi. Oddiy, kesilgan, mayizli, gorodskoy, sutli,
xonaki, stolichniy va boshqa batonlar eng ko’p tayyorlanadi.