Sutli-yog’li mahsulotlar. Oliy va 1-nav unga ko’proq miqdor shakar (7—30%),
yor (3,5—24%), tuxum va boshqa mahsulotlar qo’shib tayyorlanadi. Sutli mahsulotlar
assortimentiga: Yog’li
shirin bulka, urama bulka, vatrushka, o’rilma, baliqsimon,
sumkasimon, oqqushsimon bulkalar kiradi.
Parxezbop nonlar. Bunday mahsulotlarga mahsus resept bo’yicha tayyorlangan
va turli kasalliklarga mubtalo bo’lgan kishilarga mo’ljallangan non mahsulotlari kiradi.
Nonning parxezbop navlariga:
oqsilli-kepakli va pishkoq bo’g’doy
unidan
tayyorlangan
nonlar kiradi, ularda hazm bo’ladigan uglevodlar
juda kak miqdorda
bo’lib, qand kasaliga uchragan kishilarga mo’ljallanadi.
Axlorid non bo’g’doy unidan, hamiri zardobga qorilib pishiriladigan tuzsiz non
bo’lib, qon bosimi baland va nefrit bilan og’rigan bemorlarga mo’ljallanadi.
Tuxum po’choqli teshkulcha raxit va me`dasida kislota ortib ketgan kasallarga
mo’ljallanadi.
MAVZU BO’YICHA SAVOLLAR:
1. Non maxsulotlari turlarini keltiring?
2. Yormabop donlarning tavsifini keltiring.
3.Don maxsulotlari turlari va klassifikatsiyasini ko’rsatib o’ting.
Adabiyotlar ro‘yxati
Asosiy
1. Normaxmatov R. va boshqalar. Tovarshunoslik. Toshkent, 2014.
2. Normaxmatov R. Oziq-ovqat mahsulotlari tovarshunosligi. Toshkent, «SHarq»
nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh taxririyati, 2012.
3.
John W. Brady. Introductory Food Chemistry 07 June 2013
Normaxmatov R. va boshqalar. Tovarshunoslik. Toshkent, 2014.
4. Николаева М.А. Теоретические основы товароведения. М.: Издательство
Норма, 2016.
5
. internet materiallari:
www. Standart.uz
www. Eventum.ru
www. Quality21.ru