Mopoliyaning iqtisodiy asoslari
180
Monopolistlar mahsulotlarning sun’iy taqchilligini
vujudga keltirish
maqsadida o‘z tovarlarining sotish hajmini ataylab qisqartiradilar. Bozorda
tovarlarning etishmasligi monopol yuqori narxlarning o‘sishiga olib keladi.
Monopoliyalar narxni oshirishning har bir yangi jarayonida tovarlarni ishlab
chiqarish va sotish hajmini qisqartirishdan ko‘rilgan zararni hisobga oladi.
Daromaddan bunday yo‘qotishlarning oldini olish maqsadida ular
yangi narxlarni
yanada yuqori darajada belgilaydilar. SHu bilan bir vaqtda monopoliyalar
mahsulotlarning qisqargan hajmini sotishdan olingan tushum yo‘l qo‘yilgan
yo‘qotishni qoplashi hamda daromad miqdorining o‘sishini ta’minlashini
nazorat
qilib turadilar.
Monopolist meyyoriy harakat bilan meyyoriy daromadni tengligini
ta’minlaydigan hajmda mahsulot ishlab chiqarsagina
maksimal foyda olishi
mumkin (
1-rasm). Rasmda monopolistning meyoriy daromad chizig‘i bozor talabi
chizig‘ini beradi. Mahsulot narxi shu mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq
funksiya. Sof monopoliya sharoitida MC=MR bo‘lganda foyda maksimal bo’ladi.
1-rasm
8
Sof monopoliya sharoitida foyda maksimallashtirish
Monopsonist o‘zi uchun zarur bo‘lgan tovarni, masalan qishloq xo‘jaligi
xomashyosini oldindan past narxlarda sotib olib, uning katta miqdordagi zaxirasini
tayyorlab qo‘yadi. Bu esa unga yangi hosilning yig‘im-terimi davrida o‘zi sotib
olayotgan xomashyoga monopol past narxlarni o‘rnatish imkonini beradi. Bunday
past narxlarda monopsonist juda katta foyda oladi. Sun’iy
ravishda sotilayotgan
mahsulot ortiqchaligi hududining vujudga keltirilishi xarid narxlarining navbatdagi
pasayishiga olib kelib, natijada monopsonistning foydasi oshib boradi.
Bunga
g‘arb mamlakatlari monopsoniyalari tomonidan ancha vaqtdan buyon Osiyo,
Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari tadbirkorlari
va mayda tovar ishlab
chiqaruvchilaridan sotib olinayotgan arzon xomashyoni misol tariqasida keltirish
mumkin. Afrikadan an’anaviy tarzda eksport qilinuvchi bir qator tovarlar (choy,
kofe, kakao va hokazo) ga ham azaldan o‘ta past narxlar o‘rnatib kelinadi.
8
Economics Principles, Problems, and Policies. Campbell R. McConnell, Stanley L. Brue, Seventeenth Edition P.430.
Sof monopoliya
sharoitida MC=MR
bo‘lganda foyda
maksimal bo’ladi.