1-topshiriq. Ehtimolning klassik va statistik ta’riflari


Qutida m ta oq va n ta qora sharlar bor. Qutidan tavakkaliga bitta shar olinadi.  Olingan sharning oq bo‘lishi ehtimolini toping.  23



Yüklə 356,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix25.04.2023
ölçüsü356,35 Kb.
#102509
1   2   3   4   5
1-topshiriq.

22. Qutida m ta oq va n ta qora sharlar bor. Qutidan tavakkaliga bitta shar olinadi. 
Olingan sharning oq bo‘lishi ehtimolini toping. 
23. Bitta shashqoltosh (kubik, o‘yin soqqasi) tashlangan. Quyidagi ehtimollarni toping. 
a) juft ochko tushishi
b) 5 ochkodan kam bo‘lmagan ochko tushishi. 


24. Ikkita tanga tashlangan. Agar A – tangalar bir xil tomonlar bilan tushishi hodisasi, B 
– turli tomonlar bilan tushishi hodisasi bo‘lsa, qaysi hodisaning ehtimoli kattaroq? 
25. Uchta tanga tashlangan. Ikki marta “gerb” tomoni bilan tushishi ehtimolini toping. 
26. 52 talik kartalar dastasidan tavakkaliga uchtasi olinadi. Ularning “3”, “7” va “tuz” 
karta bo‘lishi ehtimoli qanday? 
27. Telefon raqami 6 ta raqamdan iborat. Telefon nomerining: a) raqamlari turli xil 
bo‘lishi; b) raqamlari 3 ga karrali bo‘lishi ehtimol-larini toping. 
28. Qutida faqat ranglari bilan farqlanuvchi 22 ta shar bor: 9 ta ko‘k, 5 ta sariq va 8 ta 
oq. Qaysi hodisaning ehtimoli kattaroq: qutidan sariq sharning chiqishimi yoki shashqoltosh 
tashlanganda 5 ochko tushishimi? 
29. O‘nta biletdan ikkitasi yutuqli. Tavakkaliga olingan 5 ta bilet orasida bittasi yutuqli 
bo‘lish ehtimolini toping. 
30. 100 ta detal orasida 10 tasi yaroqsiz. Shu partiyadan tanlangan 5 ta detal orasida 
kamida bittasi yaroqsiz bo‘lish ehtimolini toping. 
31. 25 kishidan, jumladan, ular orasida 5 ta ayoldan iborat yig‘ilish 3 kishilik 
delegatsiyani saylaydi. Agar yig‘ilishning har bir a’zosi bir xil ehtimollik bilan saylanishi 
mumkin bo‘lsa, delegatsiyaga ikkita ayol va bir erkak saylanishi ehtimolini toping. 
32. Uchta shashqoltosh tashlangan. Quyidagi hodisalar ehtimollarini toping. 
a) ixtiyoriy ikkita toshda bir ochko, uchinchisida esa bir bo‘lmagan ochko 
tushishi; 
b) ixtiyoriy ikkita toshda bir xildagi ochko tushishi, uchin-chisida esa boshqa 
ochko; 
c) barcha toshlarda turli sondagi ochko tushishi. 
33. “B”, “O”, “K”, “I”, “T” harflarining har biri 5 ta kartoch-kalardan biriga yozilgan. 
Kartochkalar tasodifan bir qatorga teriladi. “KITOB” so‘zining hosil bo‘lishi ehtimoli qanday?

Yüklə 356,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin