34. 60 ta imtihon savollaridan talaba 50 tasini biladi. Talabaning
unga berilgan uchta
savolga javob berish ehtimolini toping.
35. O‘qishni bilmaydigan bola alifbening kesilgan “A”, “A”, “A”, “N”, “N”, “S”
harflarini ixtiyoriy ravishda terib chiqdi. Bunda “ANANAS” so‘zining hosil bo‘lish
ehtimoli
qanday?
36. Alohida kartochkalarga 1,2,3,4,5,6,7,8,9 raqamlar yozilgan.
Kartochkalar yaxshilab
aralashtirilgach, tavakkaliga to‘rttasi olinadi va ketma-ket qator qilib teriladi. Hosil bo‘lgan son
1,2,3,4 bo‘lishi ehti-molini toping.
37. Buyumlar partiyasini sinashda yaroqli buyumlar nisbiy chastotasi 0,9 ga teng bo‘ldi.
Agar hammasi bo‘lib, 200 ta buyum tekshirilgan bo‘lsa, yaroqli buyumlar sonini toping.
38. Nishonga qarata 40 ta o‘q uzilgan, shundan 36 ta o‘qning
nishonga tekkani qayd
qilingan. Nishonga tegishlar nisbiy chastotasini toping.
39. O‘qning nishonga tegish nisbiy chastotasi 0,6 ga teng. Agar 12 ta o‘q
nishonga
tegmagan bo‘lsa, hammasi bo‘lib nechta o‘q otilgan?
40. Yashikda 3 ta oq va 7 ta qora shar bor. Yashikdan tavakkaliga 2 ta shar olinadi. Olingan 2 ta
sharning ham qora bo‘lish ehtimolini toping.