Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi



Yüklə 257,66 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix26.04.2023
ölçüsü257,66 Kb.
#103016
1   2   3
maktab-yoshidagi-bolalar-jismoniy-tarbiyasi

Bolalarni oilada jismoniy tarbiyalashning tashkiliy shakllari quyidagilar bo’lishi 
mumkin:
- kun tartibidagi sog’lomlashtirish badantarbiya muolajalari (aerobik 
badantarbiya, badantarbiya daqiqalari, chiniqish protseduralari);
- mustaqil jismoniy mashq mashg’ulotlari, jismoniy tarbiya bo’yicha uy 
topshiriqlarini bajarish;
"Science and Education" Scientific Journal
June 2021 / Volume 2 Issue 6
www.openscience.uz
521


- o’z xohishiga ko’ra o’yinlar, sayrlar, safarlar, sport ko’ngil ochishlari, 
shuningdek, kattalar ishtirokida dam olish va ta’til kunlari; 
- yashash joylarida o’tkaziladigan musobaqalarda oilaviy qatnashish.
Bu barcha shakllar, belgilariga ko’ra ko’ngilli va majburiyga ajratiladi. 
Majburiysiga faqat jismoniy tarbiya darslari kiradi (mashg’ulotning sinf-dars tizimi). 
Ta’limiy va tarbiyaviy tashkil qilish belgilari bo’yicha qayd qilingan shakllar dars yoki 
darsdan tashqari bo’lishi mumkin. Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni jismoniy 
tarbiyalash vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda mazkur ishni to’g’ri 
rejalashtirish muhim ahamiyatga ega. To’g’ri va oqilona reja barcha o’quv ishlarini, 
maktabning ommaviy, jismoniy tarbiya va sport ishlarini aniq tashkil etishga yordam 
beradi.
Maktabda quyidagi rejalar tuziladi:
• 
maktabning bir o’quv yiliga mo’ljallangan jismoniy tarbiya va sport ishlari 
umumiy rejasi;
• 
har bir sinf uchun jismoniy tarbiya bo’yicha o’quv ishi rejasi.
Bir yilga mo’ljallangan umumiy reja jismoniy tarbiya o’qituvchilari tomonidan 
tuziladi. Reja pedagogik kengashda muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. Umumiy yillik 
reja maktabdagi jismoniy tarbiya va sport ishlari bilan bog’liq bo’lgan barcha 
masalalarni qamrab oladi: o’quv ishlari, klub kun rejimidagi sog’lomlashtirish 
badantarbiya tadbirlari, sinfdan tashqari ishlar, ommaviy jismoniy tarbiya va sport 
tadbirlari, tibbiy nazorat, moddiy-o’quv bazani ta’minlash, jismoniy tarbiya va sportni 
targ’ib qilish.
Umumiy yillik rejada o’quv ishlari masalalari faqat umumiy tarzda aks etadi: joy 
va jihozlardan foydalanish jadvali, mashg’ulotlarni tashkil etish tartibi, mashg’ulotlar 
uchun kiyim-boshlar va boshqalar. O’quv ishi dars olib boruvchi o’qituvchi tomonidan 
har bir sinf uchun alohida tuzilganda batafsil rejalashtiriladi. Maktabning umumiy 
yillik rejasida o’quv kuni rejimidagi sog’lomlashtirish-badantarbiya tadbirlari aks 
ettiriladi. Masalan, mashg’ulotgacha o’tkaziladigan badantarbiya bo’lsa, uning 
o’tkazilish joyi, davom etish vaqti, o’tkazish tartibi, mashg’ulotni boshqarish, majmua 
tuzuvchi shaxs, bu tadbirda maktab pedagogika jamoasining ishtiroki ko’zda tutiladi. 
Tanaffuslarni tashkil etishda dam olish, bolalarning ovqatlanish tartibi, ommaviy 
jismoniy tarbiya va sport tadbirlari belgilanadi, tanaffuslarni tashkil etish va 
o’tkazishga javobgar shaxslar tayinlanadi. Rejada, shuningdek, darslarda badantarbiya 
daqiqalarini tashkil etish va o’tkazish tartibi ko’zda tutiladi hamda namunali mashqlar 
majmuasini kim tayyorlashi ko’rsatiladi. Sinfdan tashqari ish bo’iicha rejada avvalo 
to’garak yoki jismoniy tarbiya jamoasiga aloqador bo’lgan barcha narsa: sinflarda 
badantarbiya tashkilotchisi va maktab kengashi qachon saylanishi, badantarbiya 
to’garagini kim boshqarishi, qanday sport sho’’balari tashkil etilishi, sho’’ba 
mashg’ulotlari qaerda va qachon bo’lishi aks etadi. Rejada sport musobaqalari, sayrlar, 
"Science and Education" Scientific Journal
June 2021 / Volume 2 Issue 6
www.openscience.uz
522


safarlar, o’yinlar ko’zda tutiladi. Ularni o’tkazish muddati va bu tadbirlarni o’tkazishga 
javobgar shaxslar ko’rsatiladi. Rejada sayyohlik yurishlarining marshrutlari va 
muddati, ularga tayyorgarlik ishlari ham ifodalangan bo’ladi.
TIBBIY NAZORAT
Maktabning jismoniy tarbiyaga oid yillik ish rejasida o’quvchilarni tibbiy 
ko’riqdan o’tkazish muddati va tartibi belgilab qo’yiladi. Ko’rikdan dastlab birinchi 
sinf o’quvchilari, so’ng esa o’tgan o’quv yilida jismoniy zaif deb topilgan bolalar 
(hamma sinflardan) o’tadilar. Keyin ikkinchi va uchinchi sinf o’quvchilari tekshiriladi. 
Mazkur rejada sog’lig’ining yomonligi tufayli maxsus tibbiy guruhga o’tkazilgan 
bolalarni qayta ko’rikdan o’tkazish muddatlari belgilangan bo’lishi kerak. Maktab 
vrachi tibbiy ko’rik natijalari haqida maktab pedagogika kengashi va ota-onalar 
yig’ilishida ma’ruza qiladi. 
Maktabdagi to’laqonli jismoniy tarbiya ishi mashg’ulot o’rnining yaxshi 
jihozlanishini, zarur asbob va jihozlarni sotib olish hamda tayyorlashini talab qiladi. 
SHuning uchun ish rejasida byudjet mablag’i hisobiga sport asboblari va jihozlari sotib 
olish, ularni o’quvchilar, ota-onalar va otaliqqa oluvchilar kuchi bilan tayyorlash 
ko’zda tutiladi. Maktabning yillik umumiy rejasida jismoniy tarbiya va sportni targ’ib-
tashviq qilish ham aks etadi. Maktabning yangi o’quv yili uchun jismoniy tarbiya va 
sport bo’yicha umumiy ish rejasi o’quv yili tugashi arafasida ishlab chinqiladi. Yozgi 
ta’til paytida maktabning ishlab chiqilgan rejasiga muvofiq, yangi o’quv yiliga 
tayyorlash ishlari amalga oshiriladi.

Yüklə 257,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin