Maktab yoshidagi bolalar jismoniy tarbiyasi
Shaxrux Uktamovich Uktamov
uktamovsahruh110@gmail.com
Xorazm viloyati, Urganch shahri, 30-IDUM
Annotatsiya: Ushbu maqolada maktab yoshidagi bolalalarda jismoniy tarbiya
dasrlari, ularni tashkil erish mexanizmlar, darslar davomida birinchi tibbiy yordam
ko’rsatish va boshqa eng muhim mexanizmlar haqida so’z boradi.
Kalit so’zlar: Jismoniy tarbiya, jismoniy barkamollik, ta’lim-tarbiya, tibbiy
salomatlik, sog’lomlashtirish, badantarbiya.
Physical education of school-age children
Shaxrux Uktamovich Uktamov
uktamovsahruh110@gmail.com
Khorezm region, Urgench city, 30-SSGS
Abstract: This article discusses physical education classes for school-age
children, the mechanisms for organizing them, first aid during classes, and other most
important mechanisms.
Keywords: Physical education, physical fitness, education, medical health,
wellness, physical education.
Kichik maktab yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi bola
shaxsining shakllanish va jismoniy tarbiyalashning umumiy qonuniyatlarini o’rganadi.
Bu fan umumiy jismoniy tarbiya nazariyasining g’oyaviy va metodologik asoslaridan
kelib chiqadi va uning muhim tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Jismoniy tarbiya
nazariyasi o’quvchilarda jismoniy barkamollikni, har tomonlama taraqqiy etgan
yuksak madaniyat va axloqni tarbiyalash bo’yicha ta’lim-tarbiya jarayonlarini ilmiy
asosda qurishni belgilaydi. Bu amaliy fan o’qituvchisini boshlang’ich sinf o’quvchilari
jismoniy barkamolligining vositalari, shakllari va usullari to’g’risidagi bilimlar bilan
qurollantiradi, unda maxsus va tegishli harakat ko’nikmasi hamda malakalarini
shakllantiradi. Shunday qilib, jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy tarbiyaning
umumiy nazariyasi bilan yagona mazmunga ega bo’lib, jismoniy tarbiyalash
qonuniyatlarini hamda shunga muvofiq bolaning ta’lim va tarbiya jarayonida
rivojlantirishni boshqarishning umumiy qonuniyatlarini maxsus o’rganadi.
"Science and Education" Scientific Journal
June 2021 / Volume 2 Issue 6
www.openscience.uz
517
Shuningdek, umumiy ma’lumotlar, amaliy va ilg’or tajribalarni umumlashtiradi,
tegishli jismoniy tarbiya vazifalarini belgilaydi, jismoniy tarbiya jarayonini
uyushtirishning samarali vositalari va uslublarining maqsadga muvofiq shakllarini
majmuali ravishda ochib beradi. Jismoniy tarbiya nazariyasi doimo jismoniy tarbiya
amaliyotiga tayangan holda taraqqiy qiladi va takomillashadi. Uning metodologik
asosi ana shu amaliy ilmiy tadqiqot natijalarini o’zlashtirish orqali hamisha boyib
boradi. Shuning uchun ham jismoniy tarbiya predmeti qotib qolishi mumkin emas, u
rivojlanib va mukammallashib boradi. Yosh avlodni ongli, milliy g’ururli, yuksak
madaniyatli qilib, ya’ni sog’lom, baquvvat, chiniqqan, tadbirkor, o’z xarakatlarini
yaxshi boshqara oladigan, badantarbiya va sport mashg’ulotlarini sevadigan, har
qanday vaziyatda ham o’zini tuta biladigan va mustaqil xarakat qila oladigan, xayotda
faol, ijodiy faoliyatga nisbatan qobiliyatli qilib tarbiyalash jismoniy tarbiyaning muhim
vazifasi hisoblanadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi boshlang’ich sinflarda har bir yosh
bosqichidagi bolaning yashirin imkoniyatlari qonuniyatlarini o’rganib va hisobga ola
borib, jismoniy tarbiyaning butun ta’lim-tarbiya majmuasi, ilmiy asoslangan dasturi
talablarini (harakat, ko’nikma va malakalar, jismoniy sifatlar, ba’zi sodda bilimlarni)
ko’zda tutadi.
Ularni o’zlashtirish bolalarning kelajakdagi zaruriy harakat faoliyatlarini tez
egallash imkoniyatlarini ta’minlaydi. Shu bilan birga, dasturning bolalar tomonidan
o’zlashtirilishida qatiy izchillikka rioya qilinadi. Bunda bolaning yoshiga nisbatan
rivojlanish xususiyatlari va hayotining har bir bosqichidagi imkoniyatlari,
organizmning butun tizimlari (suyak-muskul, yuraktomir, nafas olish va boshqalar) va
organlari (boshqarish, eshitish, ko’rish, nutq va boshqalar) hisobga olinadi. Jismoniy
tarbiya shaxsni har tomonlama tarbiyalashda muxim komponent hisoblanadi, ayni
paytda u shu jarayonda aqliy va axloqiy, estetik, mehnat tarbiyasi vazifalarini
kompleks tarzda hal etadi.
O’quvchilar jismoniy tarbiyasini uyushtirishning turli shakllari mavjud
1. darslar
2. sinfdan va maktabdan tashqari ishlar
3. sog’lomlashtirish va badantarbiya tadbirlari
4. mustaqil xarakat faoliyati va boshqalar
O’qituvchining e’tibori ana shu shakllar orqali, o’z yosh imkoniyatlariga ko’ra
ongli va faol harakat qiluvchi, o’zini erkin tuta oladigan, o’ziga bo’lgan ishonchni
namoyon etuvchi, harakat ko’nikmalarini muvaffaqiyat bilan o’zlashtiradigan, hayotda
uchraydigan qiyinchiliklardan cho’chimay, ularni bartaraf qila oladigan, doimo ijodiy
izlanishdagi bolani tarbiyalashga yo’naltirilgandir. Jismoniy tarbiya nazariyasi
jismoniy tarbiya tizimining maqsadi, vazifalari va prinsiplarini o’rganadi hamda
tarbiyaning boshqa turlari (aqliy, axloqiy, estetik va mehnat) bilan jismoniy
tarbiyaning qonuniy aloqasini ochib boradi. Jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy
"Science and Education" Scientific Journal
June 2021 / Volume 2 Issue 6
www.openscience.uz
518
tarbiya vositalari va ulardan foydalanish shakllarini o’rganishga alohida e’tibor beradi.
Binobarin, har bir harakatni o’rganish va bolaning asosiy harakat sifatlarini tarbiyalash
printsiplari hamda uslublarini o’rganishga jiddiy e’tibor jismoniy tarbiya
nazariyasining muhim qismini tashkil etadi.
JISMONIY TARBIYA TIZIMI
Quyidagi asosiy tushunchalar
jismonny tarbiya tizimining
tarkibini hosil qiladi:
Jismoniy tarbiya tizimi umumiy tarbiya
tizimining tarkibiy qismidir. Uning g’oyaviy,
ilmiy, uslubiy dastur-normativ asoslari,
shuningdek, fuqarolar jismoniy tarbiyasini
amalga oshiradigan va nazorat qiladigan tashkilot
hamda muassasalari mavjud. Jismoniy tarbiyaga
belgilangan bir tizim asosida yondashilsagina
undan ko’zlangan maqsadlarga, mo’ljallangan
natijalarga erishish mumkin. Jismoniy tarbiya
tizimi deganda, jismoniy tarbiya vositalari,
uslublari, jismoniy tarbiyani tashkil etish va
o’tkazish shakllari, shu vositalarning jamiyat
kishisini har tomonlama rivojlantirishdagi
maqsadlariga mos kelishi tushuniladi. Jismoniy
tarbiya tizimining paydo bo’lishi va rivojlanishini
jamiyatning ehtiyoji, moddiy ishlab chiqarish
darajasining rivojlanishi, jismoniy tarbiyani
uyushtirish shakllari hamda ilg’or amaliy
tajribani umumlashtirish kabi tushunchalar
belgilaydi.
1. Maqsadga qaratilganlik, ya’ni
jismoniy tarbiyaning maqsad va
vazifalari tarbiya prinsiplarini
belgilaydi.
2. Jismoniy tarbiya vositalari:
jismoniy mashqlar, o’yinlar, sport,
sayohat va boshqalar jismoniy
tarbiya tizimining muhim
unsurlaridir.
3. Pedagogik jarayonda
qo’llaniladigan vositalar va darsni
uyushtirish yo’llari (darslarni
o’tkazish uslublari, jismoniy
mashqlar, mashg’ulot), mustaqil
mashg’ulotlar va boshqalar.
4. Jismoniy tarbiyalash maqsadida
kishilarni uyushtirish.
5. Jamiyat va davlatning jismoniy
tarbiya mazmuni hamda natijasiga
bo’lgan talablarini aks ettiradigan
darslik va me’yorlar.
JISMONIY TARBIYA TIZIMINING MAQSAD VA VAZIFALARI.
o
Respublikamizda jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari O’zbekiston
Respublikasi qabul qilgan "Jismoniy tarbiya va sport haqida"gi Qonun talablaridan
kelib chiqadi. Mazkur hujjatda insonni har tomonlama kamol toptirish o’zining aniq
ifodasini topgan. Jismoniy tarbiya inson jismoniy va ma’naviy kamolotining muhim
vositasidir, deb belgilab qo’yilgan. Jismoniy tarbiya tizimining asosiy maqsadi ta’lim-
tarbiya jarayonini mukammallash-tirish orqali yosh avlodni jismoniy barkamol,
e’tiqodli, ma’naviy go’zal, o’z sog’ligi haqida g’amxo’rlik qilishni ijtimoiy burch deb
biladigan kishi qilib tarbiyalashdan iborat.
Jismoniy tarbiya jarayonida quyidagi muhim vazifalar hal etiladi:
1. Sog’lomlashtirish
"Science and Education" Scientific Journal
June 2021 / Volume 2 Issue 6
www.openscience.uz
519
2. Ta’lim vazifalari
3. Tarbiyaviy vazifalar
JISMONIY TARBIYA TIZIMNING UMUMIY PRINSIPLARI
o
jismoniy tarbiyaning sog’lomlashtirishga yo’naltirilganlik printsipi, shaxsni
har tomonlama rivojlantirish printsipi, jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy amaliyot
bilan aloqadorligi printsipi. Printsip- lotincha atama bo’lib, boshlanish ma’nosini
anglatadi. Nazariya, ta’limot va h.k.ning asosiy poydevori, qonun-qoidasi, ya’ni
jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanining ham qonun-qoidalarini ifodalaydi.
Jismoniy tarbiyaning so’g’lomlashtirishga yo’naltirilganlik prinsipi
Jismoniy tarbiya mutaxassislarining bolalar sog’ligini saqlash va mustahkamlash
ishlaridagi mas’uliyati hamda burchlari sog’lomlashtirishga yo’naltirilganlik
prinsipidan kelib chiqadi. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlari uchun mashqlarni to’g’ri
tanlash, milliy va zamonaviy o’yinlar hamda mashqlardan samarali foydalana bilish
bolalarning salomatligiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Sog’lomlashtirishga
yo’naltirilganlik prinsipi doimiy tibbiy pedagogik nazoratni, shug’ullanuvchilarning
o’z-o’zini nazorat qilishini ko’zda tutadi.
UMUMTA’LIM MAKTABLARI I-IV SINF O’QUVCHILARINI JISMONIY
TARBIYALASH DASTURINING TAHLILI.
Umumiy o’rta ta’lim uchun jismoniy tarbiya bo’yicha davlat ta’lim standarti
(UO’TJTDTS) ta’lim jarayonining sifatiga, ta’lim mazmuniga doir talablarni:
o’quvchilar tayyorgarligining zarur va yetarli darajasi hamda bitiruvchilarga
qo’yiladigan talablarni, ta’lim muassasalari faoliyati va jismoniy ta’lim hamda tarbiya
sifatiga baho berish tartibi va mexanizmlarini belgilab beradi.
Jismoniy tarbiya va ta’lim" kursi umumiy o’rta ta’limda quyidagilardan tarkib
topadi.
1. Jismoniy tarbiya darslari- maktabda jismoniy tarbiya va ta’limning asosiy
shakli. Ularning miqdori Tayanch o’quv rejasida haftasiga 2 o’quv soati hisobidan
belgilangan
2. Harakat faoliyatining darsdan tashqari shakllari darsdan oldin o’tkaziladigan
gimnastika, umumiy o’rta ta’lim darslarida jismoniy tarbiya daqiqalari va pauzalari,
uzaytirilgan tanaffuslardagi dinamik pauzalar, ko’ngil ochar o’yinlar.
3. Jismoniy mashq mashg’ulotlarning sinfdan tashqari shakllari: sport
sektsiyalari, fakultativlar, o’quvchilar qiziqishiga qarab ochilgan to’garaklar va
boshqalar.
4. Umum maktab tadbirlari: bayramlar, sport turlari bo’yicha musobaqalar,
spartakiadalar, viktorinalar va boshqalar.
5. Mustaqillik mashg’ulotlari: ko’pincha uy vazifalarini bajarish tarzida, BO’SM
sho’balaridagi mashg’ulotlar, safarlar, o’yinlar va boshqalar.
"Science and Education" Scientific Journal
June 2021 / Volume 2 Issue 6
www.openscience.uz
520
6. Mashg’ulotlarning barcha shakllari va turlari haftasiga boshlang’ich sinf
o’quvchilari uchun 8-10 soat.
7. 5-9 sinf o’quvchilari uchun 10-12 soat harakat rejimini ta’minlab berishi kerak
8. Belgilangan hajm o’quvchilarning ko’rsatilgan guruhlari uchun yetarli darajada
zarur va minimal darajada majburiydir.
9. Nosog’lom, jismoniy rivojlanish va tayyorgarligi past darajali o’quvchilar
uchun maxsus (individual-differentsial) rejim o’rnatiladi.
10. Jismoniy tarbiyaning barcha vazifalarini muvaffaqiyatli etish uchun maktab
o’qituvchilar jamoasini, maktabdan tashqari muassasalar xodimlari va ota-onalar
kuchlarini birlashtirish talab qilinadi.
Kichik maktab yoshidagi o’quvchilar jismoniy tarbiyasining tashkiliy tizimi
bo’g’inlari quyidagilar hisoblanadi:
- haftasiga har bir sinfda 3 marta badantarbiya darsi sifatida o’tkaziladigan
mashg’ulot - dars tizimi;
- o’quv kun tartibidagi sog’lomlashtirish-badantarbiya tadbirlari
- kuni uzaytirilgan guruhlardagi har kunlik jismoniy mashq mashg’ulotlari;
- o’quv mashg’ulotlarigacha o’tkaziladigan badantarbiya;
- badantarbiya daqiqalari;
- uzaytirilgan tanaffuslardagi jismoniy mashqlar;
- sinfdan tashqari ishlar: badantarbiya to’garaklaridagi mashg’ulotlar, UJT
guruhlari, sport turlari bo’yicha sho’’balar, sport musobaqalari, ommaviy o’yinlar,
safar va sayohatlar.
- bolalar va o’smirlar sport maktablari (BO’MS o’quvchilar uylari va saroylari
maktablardan tashqari muassasalarda badantarbiyani tashkil qilish shakllari;
- ko’ngilli jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari (KSJ) sport sho’balarida
o’tkaziladigan muntazam o’quv-trenirovka mashg’ulotlari va sport musobaqalari;
- yashash joylarida, har xil tipdagi yozgi dam olish oromgohlari;
- ommaviy sog’lomlashtirish- badantarbiya tadbirlari, bolalarning yozgi dam
olish oromgohlari kun tartibida ko’zda tutilgan tadbirlar (ertalabki badantarbiya, har
kunlik cho’milish, joylardagi o’yinlar, safarlar va boshqalar);
- istirohat va dam olish bog’lari bolalar sektori, sport va turistik bazalarda tashkil
qilinadigan ommaviy o’yinlar, tanlovlar, sport-ko’ngil ochishlar, sayr va safarlar.
Dostları ilə paylaş: |