15-mavzu. Marketingda kommunikasiya siyosati


 Talabni shakllantirish va sotuvni ragbatlantirish mohiyati, maqsadi hamda



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix27.04.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#103399
1   2   3   4   5   6   7
15-мавзу

 
15.3. Talabni shakllantirish va sotuvni ragbatlantirish mohiyati, maqsadi hamda 
uslublari (FOSSTIS) tizimi 
Tovarni sotib olishda insonlar ma’lum ehtiyojlarini qondirishni nazarda to‘tadi. Shu 


sababli tovarning sifat ko‘rsatkichlari to‘g‘risida axborot zarur. Bozorga kirish firma uchun 
mas’uliyatli davr, uning tovarlari haqida hali ma’lumotlar berilmagan. Bo‘lajak iste’molchi 
quyidagi axborotlarni olishi shart: 

tovarning borligi va sotilish joyi; 

qaysi ehtiyojlarni qondirishga qaratilganligi

iste’mol qiymatining asosiy ko‘rsatkichlari; 

xaridorlarni ko‘niktirmay qolgan holda ularning ximoya qilish kafolatlari. 
Bo‘lg‘usi xaridorlarga axborotlar yetkazish uslublari quyidagi chizmada aks 
ettirilgan. Talabni shakllantirish va sotishni rag‘batlantirishda to‘g‘ri marketingning 
ahamiyati kattadir. 
To‘g‘ri marketing – bu marketingning dialogik tizimidir, ya’ni sotuvchi xaridor bilan 
suhbatlashib, oxiri xaridorni buyurtma borligiga ishontiradi. To‘g‘ri marketingning 
afzallik tomoni shundaki, siz o‘z xizmatingiz natijasini o‘z ko‘zingiz bilan qurishingiz 
mumkin. 
15.2-chizma. Bo‘lg‘usi xaridorlarga axborotlar yetkazish uslublari 
Telemarketing – bu to‘g‘ri marketingning bir shakli bo‘lib, bunda mijoz bilan telefon 
orqali muloqot qilish tushuniladi. Telemarketingdan foydalanganda telefon qilish vaqtini 
to‘g‘ri tanlash kerak. Mutaxassislarning fikricha eng optimal vaqt kunduzi soat 10 dan 
keyin va tushdan keyin soat 14-17 hisoblanadi. 
Sotishni rag‘batlantirish – bu ma’lum bir muddatda sotish hajmini oshirish maqsadida 
turli rag‘batlantirish vositalaridan foydalanish hisoblanadi. Bu rag‘batlantirish 
vositalariga: mukofotlar, chegirmalar, ketma-ket tovarni sotib olgani uchun sovg‘alar, 
lotereya va uyinlar o‘tkazish, tovar bilan qo‘shimcha narsalar qo‘shib berish, bepul 
yetkazib berish va o‘rnatish, ma’lum muddatda sotilgan tovarga bepul xizmat ko‘rsatish va 
boshqalar kiradi. 
Sotishni rag‘batlantirishda tovar to‘g‘risida ma’lum darajada axborotga ega 
bo‘lmagan iste’molchilarga murojat qilinadi. Shuning uchun rag‘batlantirish siyosatining 
vazifasi - ularda firma tovarlarini keyingi vaqtda sotib olishga ishtiyoq tug‘dirish hamda 
doimo aloqada bo‘lishga chiqarishdan iborat. Odatda talabni shakllantirish tadbirlari 
iste’molchilarga va sotuvchilarga qaratilgan bo‘ladi. Iste’molchilarni rag‘batlantirish 
ularga sezilarli tijorat imtiyozlari berishni ko‘zda tutadi: 

tovarni sotib olish hajmiga va doimiy aloqada bo‘lib turishga beriladigan imtiyoz; 

har xil shakldagi qarzlarga tovar sotish

tovarning ko‘p hajmda xarid qilinishini ko‘zlab namunalarni bepul tarqatish; 

tovarlarni vaqtincha ishlatish uchun bepul berish; 



ishlatilgan tovarni ma’lum shartlar bilan qabul qilish

yangi tovarlarni bo‘lajak xaridorlarga ko‘rsatish; 

tovar ishlab chiqaruvchi korxonalarda sayoxat uyushtirish; 

yangi tovarlarning bozorga kiritilishiga bag‘ishlangan matbuot konferensiyalari 
o‘tkazish; 

tovar narxini keskin tushirish to‘g‘risidagi radio, televideniye va matbuot orqali 
e’lonlar. 
Bozorga kirish davrida agar firma birinchi marotaba bozorga kirib borayotgan bo‘lsa, 
unda alohida strategiya ishlab chiqiladi. Odatda, quyidagi 4 xil marketing strategiyasidan 
foydalaniladi: 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin