|
Marketing kommunikasiyasi kompleksi15-мавзу
15.4. Marketing kommunikasiyasi kompleksi
Marketing kommunikasiyalarining mo‘ljaldagi auditoriyaga nisbatan qanchalik
“ish berishi”ni tushunish va qanday sharoitlarda axborotning kerakli reaksiya
bermasligini tushunish uchun odamlar xabarlarni qanday tushunishi, reaksiyasini
anglash lozim.
Tashkilotlarning o‘z auditoriyasiga ta’sir qilishining turli yo‘llari mavjud. Ularning
asosiylari
6
:
Xabardor qilish;
Eslatish;
Undash.
Umuman olganda, marketingda kommunikasiyaning eng foydali va samarali shakli bu
undashdir.
Marketing kommunikatori quyidagi masalalarni hal etishi lozim:
maqsadli
auditoriyani
aniqlash;
maqsadli
auditoriyani
aniqlash
bu
kommunikatorning eng asosiy vazifasi hisoblanadi. Siz kim uchun tovar ishlab chiqargan
bo‘lsangiz, o‘sha sizning maqsadli auditoriyangiz hisoblanadi. Masalan, aholining ma’lum
bir qatlami, ayollar, yoshlar, biznesmenlar va boshqalar.
reklama qilishdan asosiy maqsadni aniqlash. Siz turli maqsadlarda tovaringizni
reklama qilishingiz mumkin. Bu maqsadlarni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin:
a) tovar haqida ma’lumot berish – bunda xaridorlar shunday tovarlar borligi,
tovarning nomi, markasi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.
b) xaridorlarning tovar haqidagi bilimlarini oshirish – bunda xaridor tovar haqida
ma’lumotga ega bo‘lishi mumkin, lekin bu ma’lumotlar yetarli bo‘lmasligi mumkin.
O‘shanda tovar haqida to‘liq ma’lumot beriladi.
v) xaridorni tovarga bo‘lgan munosabatini ijobiy tomonga o‘zgartirish – bunda
asosan xaridorning tovar haqidagi fikri va tovarga bo‘lgan munosabati yaxshi bo‘lmagan
holda foydalaniladi. Ya’ni kommunikator xaridorlar tovarni yoqtirmasliklari sababini
aniqlab, reklama orqali o‘sha kamchiliklarni bartaraf etilganligini ko‘rsatib berishi kerak.
g) xaridorlarni ishontirish. Buning uchun ishontiruvchi reklamadan foydalaniladi.
Bunda sizning tovaringizning raqobatchilar tovarlaridan ustunliklari va uning foydaliligi
ko‘rsatiladi. Ishontirishning asosiy vositalaridan biri bu omma bilan aloqa hisoblanadi.
d) sotish hajmini oshirish maqsadida qilinadigan reklama. Bunda tovar haqida hamma
etarli ma’lumotga ega, lekin xaridorlarga tovarni eslatib turadi.
6
Scott McCabe. Marketing Communications in Tourism and Hospitality Concepts, Strategies and Cases.Copyright
© 2009 Elsevier Ltd. All rights reserved
|
|
|