15.3-chizma. Bevosita marketing uslublari
Axborotni tanlash. Siz, qanday maqsadda reklama qilishingizni aniqlab
olganingizdan keyin shunday reklama tekstini tayyorlashingiz kerakki, u maqsadli
auditoriyaga o‘z ta’sirini o‘tkazsin.
Axborotlashtirish vositalarini tanlash. Kommunikator ma’lumotni tayyorlagandan
keyin uni qaysi kanal orqali yetkazishni aniqlash kerak. Ma’lumotlarni yetkazishning ikki
asosiy turi farqlanadi: shaxsiy (individual) va umumiy.
- shaxsiy (individual) kanalga xaridor bilan alohida suhbat o‘tkazish, telefon orqali
aloqa qilish, pochta orqali murojaat qilish va boshqalar kiradi;
- umumiy kanalga ommaviy axborot vositalari, turli chora-tadbirlar, konferensiyalar
va boshqalar kiradi.
Zamonaviy kompyuter texnologiyalari bevosita marketingning ikki yangi uslubini:
bu buyurtmani elektron ko‘rinishda joylashtirish imkoniyati va Internet orqali oldi-sotdi
bitimini amalga oshirish imkoniyatini hayotga tatbiq etdi. Bunda mijoz buyurtmani
ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflamasdan olish imkoniga ega bo‘ladi. Buyurtmani elektron
joylashtirish tizimi sotuvchini tovar zahiralarini kamaytirish va xarajatlarni pasaytirish
imkonini beradi.
Электрон
тижорат
БЕВОСИТА
МАРКЕТИНГ
Телемаркетинг
Телевидение
Бевосита почта
орқали
тарқатиш
Каталоглар
тарқатиш
Радио, газета,
журнал
Dostları ilə paylaş: |