Shuningdek, ko‘rgazma va yarmarkalar marketing va reklamaning samarali vositalari
sanaladi.
Ko‘rgazma va yarmarkalarning eng yaxshi tomoni - xaridorlarga tovarni uning
haqiqiy kiyofasida taqdim etish imkoniyati borligidadir. Ko‘rgazma ham, yarmarka ham
tijorat-tomosha tadbirlari hisoblanadi. Ularning o‘rtasidagi
farq shundan iboratki,
ko‘rgazma istalgan shaharda har xil sabablar bilan, hatto tovarsiz tashkil etish mumkin.
Yarmarka esa kat’iy sur’atda va muntazam ravishda bir joyda o‘tkaziladi. Bundan tashqari,
ko‘rgazma garchi unda bitishuvlar o‘tkazilgan bo‘lsa ham o‘z ruhiga ko‘ra asosan ma’rifiy-
targ‘ibot yo‘nalishiga ega, ko‘p hollarda unda «kelajak tovarlari» ham namoyish qilinadi.
Yarmarka esa birinchi navbatda tijorat yo‘nalishi bilan ajralib turadi, unda hali talabdan
qolmagan «yeski» tovarlar ham bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: