Hikoyada
qahramonning nima qilishi emas, nima uchun shunday qilganini bilish
muhimdir. Masalan, 4-sinfda berilgan «Qo’rqoq» hikoyasi orqali dovyuraklik,
mardlik, jasurlik kabi xislatlarni, jonivorlarga mehribonlik tuyg’ulari paydo bo’ladi.
Boshlang’ich sinf bolalari orasida huddi shunday «qo’rqoq»lar uchrashi tabiiydir. Shu
mavzudan
kelib chiqib, boladagi qo’rquvni aniqlash maqsadida psixolog Zebiniso
Ahmedovaning «Qo’rquv» ertak –testidan foydalanib, qo’rquvdan halos bo’lish
boyicha maslahatiga amal qilishlozimligini bilib olish mumkin.
«Qo’rquv» ertak-testi
Maqsad: Boladagi qo’rquvni aniqlash.
Bola o’ziga-o’zi sekin ovoz bilan «Qanday qo’rqinchli!»-deyayotgan ekan. U
nimadan qo’rqayotgan bo’lishi mumkin?
To’g’ri javob: «Hech narsadan qo’rqmadi», «O’zini yomon tutgani uchun
qo’rqqan», «Qorong’ulikdan qo’rqqan», «Qandaydir hayvondan qo’rqqan», «U
qo’rqmagan, faqat hazillashgan»
Muammoli javob: «O’g’ri kelib, pichoq tiqib olishidan qo’rqqan», «Mahluq uni
yeb qoyishidan qo’rqqan», «Hayvondan(kuchuk, bo’ri va hokozo) qo’rqqan».
Psixolog javobi: Boladagi muammoli javob qayerdan
kelayotganini oxirigacha
bilib olish zarur. Buning uchun qo’shimcha savollar bilan ertakni davom ettiring.
Xulosa o’rnida qorquvdan halos bolishi uchun nima keraklagini so’rang.
Bolaligingizda siz ham qo’rqqaningiz haqida hikoya qiling. Jonivorlardan
qo’rqmaslikning yomon oqibati haqida ayting. Bu aslida qo’rquv emas, ba’zida ularga
yaqin borish havfli ekanligini tushuntiring.
O’qish darslarida o’qilayotgan asarning ongli o’zlashtirilishini ta’minlashda
o’quvchilarning psixologik xususiyatlarini albatta inobatga olish zarur. Xulosa o’rnida
aytish joizki, bolalar bizning yurt kelajagi va ularga biz beradigan ta’lim buni
kafotlashi va oqlashi zarur.
Dostları ilə paylaş: