Mavzu. Marketing va uning rivojlanishini asosiy bosqichlari


Marketing elementlari tarkibi va marketing–miks tushunchasi



Yüklə 254 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix29.04.2023
ölçüsü254 Kb.
#104560
1   2   3   4
1-mavzu Marketing

1.4. Marketing elementlari tarkibi va marketing–miks tushunchasi. 
 
Marketing tizimida qo’yilgan maqsadga erishish uchun xaridorlar va boshqa 
sub’ektlarga ta’sir etish uchun marketing vositalari, ya’ni marketing usullari 
yig’indisi, uslublari zarurdir. SHunday vositalardan marketing-miks, marketing 
kompleksi bo’lib hisoblanadi. Bularni marketing nazariyasiga 1964 yilda birinchi 
bo’lib Garvard biznes maktabi professori N. Borden kiritgan. Marketologlar 
tayyorlash tizimida marketing kompleksi 4 «P» deb nomlanib, Makkarti tomonidan 
1960 yilda bu model taklif etilgan. Ushbu modelda marketingning to’rtta asosiy 
elementlari ajratib ko’rsatilgan: tovar (product), narx (price), joy (place), siljitish 
(promotion). 
Marketing kompleksi – bozorga ta’sir etish choralari va amaliy qurollar sifatida 
yig’indisi bozor holatiga firmani moslashuvidir. Yaxshi marketing kompleksi 
firmani bozorda yaxshi pozitsiyani egallashga olib keladi. marketing kompleksi 
kontseptsiyasi Neyl Borden tomonidan 1964 yilda taklif etilgan. 
Klassik marketing kompleksi 4 ta elementni o’z ichiga oladi va 4P modeli nomi 
bilan yuradi. 

tovar (product); 

narx (price); 



sotish yoki tovar harakati (place); 

siljitish yoki kommunikatsiyalar (promotion). 
Biroq firmaning marketing faoliyatiga bunday qarash ma’lum darajada 
cheklangan hisoblanadi: u ko’proq iste’molchiga nisbatan tovarga mo’ljallangan.
Nazorat va mulohaza uchun savollar. 
 
1. Marketing deganda nimani tushunasiz? 
2. Marketingni asosiy rivojlanish bosqichlari nimadan iborat? 
3. Marketing nazariyasi kontseptsiyasi va uning evolyutsiyasi qanday? 
4. Marketing – miks tushunchasi qanday izohlaysiz? 
5. Marketing nima? 
a) iste’molchiga nima kerak bo’lsa o’shani ishlab chiqarash va sotish 
b) ehtiyojni hisobga olmagan holda ishlab chiqarilgan mahsulotni sotish 
v) U talabni qondirishga qaratilgan faoliyatdir 
g) u iste’molchilar va raqobatchilar haqida axborot to’plashdir 
d) u bozorda mahsulotni sotishdir 
6. Marketing kompleksi o’z ichiga oladi? 
a) korxonani boshqarish 
b) instrumentlar yig’indisini (tovar, narx, sotish, siljitish) 
v) tovarni sotish sharoitini tanlash 
g) hamma javoblar to’g’ri 
d) to’g’ri javob yo’q 
7. Marketing - miksga ko’rsatilgan faoliyat turlaridan qaysi biri kirmaydi ? 
a) iste’molchilarni surov qilish 
b) reklama kompaniyasi 
v) tovar sotish usulini aniqlash 
g) hamma javoblar to’g’ri 
d) to’g’ri javob yo’q 
8. Ko’rsatilgan harakatlardan qaysi biri marketing faoliyatiga kirmaydi? 
a) marketing tadqiqoti 
b) reklama byudjetini shakllantirish 
v) ishlab chiqarish texnologiyasini tanlash 
g) hamma javoblar to’g’ri 
d) to’g’ri javob yo’q 

Yüklə 254 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin